Aprel 2003
MAShShOQLAR
Bolakaylar Marsning qaysi puchmoqlariga yetib kelishmagan edi, deysiz. Ular uydan o‘zlari bilan
xushbo‘y hidli paketchalarni olib olgan edilar va yo‘lda dam-badam unga burunlarini tiqar edilar —
cho‘chqa go‘shtining va mayonezli pishiriqlarning yoqimli hididan to‘yib-to‘yib hidlar, iliq shishalardagi
po‘rtahol sharbatining yoqimli qulqullashlariga quloq solar edilar. Yam-yashil barra piyozli, xushbo‘y
hidli jigar solingan qizil ketchup va oq noni bor sumkalarini har tomonga silkitgancha ular bir-birilarini
turtib-surtib, qattiqqo‘l onalarining ta’qibidan uzoqroq qochishga harakat qilar edilar. Ular kimo‘zarga
chopib borishar ekan, qichqirishardi:
— Kim birinchi yetib borsa, boshqalarga bir chertkidan chertib chiqadi!
Ular yozda, kuzda, qishda uzoq-uzoq sayllarga chiqishardi. Kuzda — hammadan zo‘ri bo‘lardi:
shunday tasavvur qilasanki, go‘yo Yerda to‘kilgan barglar ustidan chopib ketayotgandeksan.
Bolakaylar bir bog‘ quruq qamishdek shovullab marmar qirg‘oqli kanal bo‘yiga yopirilib tushishdi —
ularning yuzlari cho‘g‘dek qizargan, ko‘zlari munchoq donalaridek yiltillar va hansiragancha bir-
birlariga qichqirar edilar, kirish taqiqlangan o‘lik shahar devorlari yonida endi hech kim: “Oxirgisi
qizaloq bo‘ladi!” yoki “Birinchisi mashshoq bo‘ladi!” deb chuvvos solmas edi. Mana u, hayotsiz shahar,
ammo barcha eshiklar ochiq... Go‘yo uylarda bamisoli kuzgi yaproqlar kabi nimadir shitirlayotgandek
edi. Ular hammalari bir bo‘lib yelkama-elka huv to‘rga yashirinib olishadi, qo‘llarida esa tayoq
tutamlab olishgan, miyalarida ota-onalarining qattiq tayinlagan so‘zlari aylangani-aylangan; “U yoqqa
izingni bosma! Eski shaharlarga qadam izini qilma! Agar gapga kirmasang, otang shunaqangi
adabingni beradiki, umr bo‘yi esingdan chiqmaydi!.. Bizlar botinkalaringdan bilamiz!” Nihoyat ular, bir
gala bolakaylar, o‘lik shaharda, yo‘lga olgan oziqlarining yarmini allaqachon tushirib bo‘lishgan va ular
bir-birlariga hushtakli shivirlash bilan qutqu soladi:
— Qani, bo‘l!
To‘satdan bittasi joyidan irg‘ib turadi, eng yaqindagi uyga yugurib boradi, oshxona orqali
yotoqxonaga uchib kiradi. Orqasiga qaramay, o‘ynab sakraydi va havoga yupqa, nozik, xuddi yarim
tungi osmon jismidek tim-qora yaproqlar havoda charx urib ucha boshlaydi. Birinchisidan keyin yana
ikkitasi, uchtasi, barcha oltovloni yugurib ketadi. Mashshoq birinchi bo‘ladi, faqat ugina qora mato
tortilgan suyak ksilofonini chaladi. Kattakon kalla suyagi yumaloqlangan qordek otiladi, bolakaylar
Marsga hujum (roman). Rey Bredberi
Do'stlaringiz bilan baham: |