www.ziyouz.com kutubxonasi
61
— Yo‘q!
— Men esa, — davom etdi marslik, — siz tasvirlayotgan narsani ko‘rmayapman. Nega bundoq
ekan-a?..
Ular yana sovqotgandek asta junjikib qo‘yishdi, xuddi ularning badanlariga muzdek ninalar kelib
sanchilgandek bo‘ldi.
— Balki?...
— Nima?
— Siz “osmondan” dedingizmi?
— Yerdan.
— Yer — nom, quruq tovush... — dedi marslik. — Ammo... bir soat burun men dovondan o‘tib
kelayotganimda... — U ensasiga qo‘lini tekkazdi. — Bir narsani sezdim.
— Sovuqnimi?
— Ha.
— Hozir hammi?
— Ha, yana sovuq. Chiroqqa, tog‘larga, yo‘lga bir narsa bo‘lgandek edi, qandaydir g‘alati narsa.
Chiroq ham, yo‘l ham go‘yo undek emasdek, shunda vujudimda bir lahza shunday tuyg‘u paydo
bo‘ldiki, go‘yo men koinotdagi eng so‘nggi tirik jonman...
— Menda ham shunday bo‘lgan edi! — dedi Tomas hayajon ichida; u go‘yo yuragidagi sirni
ishonib, qiyomatlik do‘sti bilan suhbatlashayotgandek edi.
Marslik ko‘zlarini yumdi va yana ochdi.
— Buni faqat bir narsa bilan izohlash mumkin. Hamma gap Vaqtda. Ha, ha. Siz O’tmishning
xilqatisiz!
— Yo‘q, siz O’tmishning xilqatisiz, — dedi yerlik biroz o‘ylanib turib.
— Juda dangal gapirasiz-a! Hali kim O’tmishdan-u, kim Kelajakdan ekanligini isbotlab ham
berarsiz? Hozir qaysi yil?
— Ikki ming ikkinchi yil!
— Buni qanday tushunsam bo‘ladi? — Tomas o‘ylanib turdi-da, yelka uchirib qo‘ydi.
— Hech qanday.
— Baribir, men sizga aytsam, bizning yilnomamizga ko‘ra hozir 4 462 853 yil. So‘zlar cho‘t emas,
cho‘t emasga ham arzimaydigan darajada! Bizlar yulduzlar holatini aniqlaydigan soat qani?
— Xarobalarning o‘zi tayyor isbot-ku! Ular mening Kelajak ekanimni aytib turibdi. Men tirikman. Siz
esa o‘liksiz!
— Mening butun borlig‘im bunday imkoniyatni rad etadi. Mening yuragim urib turibdi, oshqozonim
ovqat ber deyapti, chanqoqdan tilim qaqrab ketayapti. Yo‘q, bizlardan hech birimiz na o‘likmiz, na
tirik. Darvoqe, o‘likdan ko‘ra ko‘proq tirikmiz. Yana ham to‘g‘rirog‘i, biz o‘rtada qolgandekmiz. Mana:
tunda yo‘lda bir-biriga duch kelib qolgan ikkita musofir, har biri o‘z yo‘lidan ketayotgan ikki notanish
odam. Siz xarobalar dedingizmi?
— Ha. Qo‘rqib ketdingizmi? Mayli.
— Kelajakni kim ko‘rishni istaydi? Uni qachondir, kimdir ko‘radimi? Odam O’tmishni ko‘ra olishi
mumkin, biroq agar... Siz ustunlar qulab tushdi dedingizmi? Dengiz qurib qolgan, kanallar bo‘m-bo‘sh,
qizlar o‘lgan, gullar so‘lgan dedingizmi? — Marslik jim bo‘lib qoldi, biroq keyin yana shahar tomonga
qaradi. — Lekin ana ular! Men ularni ko‘rayapman. Menga shuning o‘zi yetarli. Siz nima desangiz
deng-u, ular meni kutishayapti.
Xuddi shundayin uzoqda Tomasni raketalar, manzilgohlar, Yerdan kelgan ayollar — barchalari
kutar edilar.
— Biz ikkimizning hech qachon moshimiz ochilmaydi, — dedi u.
— Moshimiz ochilmasligiga kelishdik bo‘lmasa, — taklif qildi marslik. — O’tmish, Kelajak — baribir
emasmi, faqat biz yashab qolsak bo‘ldi, bizdan keyin bo‘ladigan narsalar, baribir bo‘ladi. — Ertagami,
yoki o‘n ming yil keyinmi. Mana bu ehromlar — yuz asrdan keyingi sizning tamadduningiz qoldiqlari
Marsga hujum (roman). Rey Bredberi
Do'stlaringiz bilan baham: |