Microsoft Word marsga hujum ziyouz com doc



Download 467,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet68/140
Sana31.12.2021
Hajmi467,56 Kb.
#244897
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   140
Bog'liq
Marsga hujum (roman)

 
 
Oktyabr 2002 
 
SOHIL 
 
Mars bamisoli okeanning uzoq qirg‘og‘i edi, odamlar to‘lqinlar kabi uning sathi bo‘ylab har tomonga 
yoyilib ketdi. Har bir to‘lqin undan oldingisiga o‘xshamas, biri ikkinchisidan kuchliroq edi. Birinchi 
to‘lqin kengliklarga, sovuqlarga, yolg‘izlikka o‘rgangan odamlarni, qurib qoqshol bo‘lgan chiranchoq  
cho‘ponlarni keltirdi, yillar va noqulay ob-havolar ularning yuzlarini quritib yuborgan, ko‘zlari xuddi 
mix qalpoqchasiga o‘xshar, eski qo‘lqopga o‘xshagan qavariqli toshdek qo‘llar to‘g‘ri kelgan narsani 
changallashga tayyor edi. Ular Marsni nazar-pisand qilmas, ular pasttekisliklarda va xuddi mana shu 
poyonsiz, Mars dalalaridek oxiri yo‘q dashtu biyobonlarda o‘sgan edilar. Ular kimsasiz joyni obod 
qilganlar, shu bois boshqalarga ancha oson bo‘lar edi. Ular oynasiz romlarga oyna solar, uylarda o‘tin 
qalab, o‘t yoqar edilar. 
Ular Marsdagi dastlabki erkaklar edilar. 
Birinchi ayollar qanaqa bo‘lishini hamma bilardi. 
Ikkinchi to‘lqin bilan boshqa mamlakatlardan, o‘zlarining tili, o‘zlarining g‘oyalari bilan odamlarni 
olib kelish kerak bo‘lardi. Biroq, raketalar Amerikaniki bo‘lib, ularda faqat amerikaliklar uchib kelar 
edilar. Yevropa va Osiyo, Janubiy Amerika, Avstraliya va Okeaniyalar osmonga otilgan rim 
shamchalari qanday g‘oyib bo‘lishini tomosha qilar edilar, xolos. Dunyo urush yoki urush haqidagi 
fikrlar girdobida qolib ketgan edi. 
Shunday qilib, ikkinchilari ham amerikaliklar bo‘ldi. Yerosti yo‘lidagi ko‘p qavatli vagonlar olamini 
tashlab kelib, ular jonu tanlari bilan sukunat qadrini biluvchi cho‘l shtatlardan kelgan to‘pori erkaklar 
so‘kishlariga to‘lib-toshgan xasislar jamiyatida dam olar edilar: bu sukunat Nyu-York kulbalaridagi, 
kapalaridagi, tunellaridagi uzoq yillar davom etgan urho-ur, surho-surlardan keyin ruhiy hordiq 
olishga yordam berar edi. 
Ikkinchilar orasida ko‘zlariga qarab aytadigan bo‘lsak, bamisoli arshi a’loga noil bo‘lgan xudo 
yarlaqagan banda ekanliklari shundoq ko‘rinib turgan odamlar bor edi... 

Download 467,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish