Microsoft Word marsga hujum ziyouz com doc



Download 467,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/140
Sana31.12.2021
Hajmi467,56 Kb.
#244897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
Bog'liq
Marsga hujum (roman)

Fevral 1999 
 
 ILLA 
 
Ular Mars sayyorasida, billur ustunli uyda qurib qolgan dengiz sohilida yashar edilar va har kuni 
erta bilan missis K.ning billur devorlardan yetilib chiqqan oltin mevalarni yeyayotganini yoki qaynoq 
shamol axlatlar bilan birgalikda uchirib kelgan ohanrabo changini hovuchlab sochgancha o‘sha 
yerlarni tozalayotganini ko‘rish mumkin edi. Kechga yaqin qadimiy dengiz harakatsiz va qaynoq holga 
kelgan bir paytda hovlidagi anjir daraxtlari qilt etmay qolar edi va ko‘hna Mars shaharchasi yop-yolg‘iz 
so‘ppayib turar edi, hech kim  ko‘chaga chiqmas, mister K.ni esa o‘z xonasida bo‘rtiq ierogliflarni arfa 
torlari kabi barmoqlari bilan chertgancha ma’dan kitobni o‘qiyotganini ko‘rish mumkin edi. Uning qo‘l 
ostida kitob qo‘shiq kuylardi, kuylovchi qadimiy tovush dengiz o‘zining qirmizi tumani bilan sohillarni 
qoplab olgan va qadimiy odamlar ma’dan nayza va elektr to‘rlari bilan qurollanib, jangga ketayotgan 
odamlar haqida rivoyat qilardi. 
Mister va missis K. yigirma yil o‘lik dengiz sohilida yashashdi va ularning otalari va bobolari ham
mana, o‘n asrdirki, gulga o‘xshab quyosh tomonga yuz burib aylanib turgan mana shu uyda istiqomat 
qilib kelgan edilar. 
Mister va missis K. hali unchalik keksa emas edilar. Ularning yuzlari chinakam marsliklardek toza
qorachadan kelgan edi. Ko‘zlari oltin tangalardek sap-sariq, ovozlari mayin va yoqimli. Ilgari ular 
kimyoviy olov bilan suratlar chizishni yaxshi ko‘rar edilar, sharob daraxtlari limmo-lim to‘lib oqqan 
anhorlarda suzishni yoqtirishardi, keyin esa tonggacha xilvatgina xonada moviy nur taratib turgan 
portretlar tagida suhbat qurar edilar. 
Endi ular unchalik baxtli emas edilar. 
O’sha kuni ertalab missis K. xuddi sariq mumdan chaplab yasalgandek, hosilsiz qumlarning uzoq-
uzoqlarga taralayotgan jazirama hovuriga quloq tutgancha ustunlar o‘rtasida tik turar edi. 
Nimadir sodir bo‘lishi kerak edi. 
Ayol kutar edi. 
U ana-mana qum ustiga chaqnovchi mo‘‘jizani keltirib bosmoqchi, siqmoqchi va ezib yanchmoqchi 
bo‘lgan moviy Mars osmonidan ko‘z uzmay qarab turardi. 
Ammo hamma narsa o‘sha-o‘sha edi. 
Kutaverish joniga tekkach, ayol tumanli ustunlar oralig‘ida u yoqdan-bu yoqqa yura boshladi. 
Bo‘g‘otdagi tarnovlardan yomg‘ir jilg‘alanib oqardi, bundan tandirdek qizigan havo biroz salqin 
tortgandek, uning badanini silagandek bo‘lardi. Jazirama kunlarda bu daryoga tushib cho‘milish bilan 
baravar edi. Salqin jilg‘alar yerni ho‘l qildi. Erining kitobni tinmay chalayotgani qulog‘iga chalinib 
turardi; qadimgi ohanglar uning barmoqlariga zarracha ta’sir qilmayotgandek edi. 
Ayol xayajonsiz o‘ylardi: qachonlardir xuddi anavi o‘zining kishi aqli yetmas kitoblariga mo‘‘jaz 
arfaga yopishgandek mahkam yopishib olgan, xuddi ilgari bo‘lganidek, vaqt-soati kelib eri uni ham 


Marsga hujum (roman). Rey Bredberi 
 
 

Download 467,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish