Microsoft Word marsga hujum ziyouz com doc



Download 467,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet137/140
Sana31.12.2021
Hajmi467,56 Kb.
#244897
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   140
Bog'liq
Marsga hujum (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
123
yashiringan joyini bildirib qo‘yishi mumkin bo‘lgan qayiqning suvdagi izi qolmadimikan deb kanaldan 
ko‘zini uzmasdi. Kanal sathidan uzun to‘lqinchalar yoyilib ketdi; toshqirg‘oqdan bo‘sa olib, ular orqaga 
qaytishdi, qaytishda orqadan yugurib kelayotganlarni tutib olishdi-da, quyoshning jimjimador nurlari 
ostida bari aralash-quralash bo‘lib ketdi, so‘ng mavjlar g‘oyib bo‘ldi. 
Dada quloq tutdi. Ular barchasi quloq tutishdi.  
Otaning nafasi bostirma tagida bo‘g‘iq aks sado berardi, go‘yo muzdek, nam tosh qirg‘oqqa birov 
musht tushirayotgandek. Endi nima bo‘larkin deya oyi mushukday ko‘zlarini dadaga tikkan. 
Ota chuqur, yengil xo‘rsinib qo‘ydi-da, o‘zining ustidan qah-qah urib kuldi. 
— Axir bu bizning raketamiz-ku! Nimagadir vahmachi bo‘lib qolibman. Ha-da, bu raketa. 
— Bu nima edi o‘zi , dadajon, — so‘radi Maykl, — nima edi o‘zi bu? 
— Raketamizni portlatib yuboribmiz, bor-yo‘q gap shu . — Timoti ishchan ruhda gapirishga urindi. 
— Raketalar qanday portlashini hech eshitmaganmisan? Biznikini ham portlatishdi... 
— Nega biz raketamizni portlatamiz?  — Tinib-tinchimasdi Maykl. — Nimaga, dadajon? 
— O’yinda shunaqa bo‘ladi, kallavaram! — javob berdi Timoti. 
— O’yinda?! — Maykl bilan Robert bu so‘zni jonlaridan yaxshi ko‘rishardi. 
— U portlashi uchun dadam ataylab shunday qilganlar, qaerga kelib qo‘nganimizni va qayoqqa 
gumdon bo‘lganimizni hech kim bilmasligi uchun! Bordi-yu, birov bizni topib olmoqchi bo‘lsa, 
bildingmi? 
— Voy-bo‘y, sir-ku! 
— O’z raketamizdan qo‘rqib yuribmiz, — iqror bo‘ldi ota onaga. — Asablar! Bu yerda boshqa 
raketalar paydo bo‘lib qolishi mumkinligini o‘ylash ham kulgili. Yana bitta raketa uchib kelishi hech 
gap emas: agar Edvards xotini bilan yetib kelolsa. 
— U yana mitti priyomnikni qulog‘iga tutdi. Ikki daqiqadan keyin uning qo‘llari lattaday osilib 
tushdi.  
— Bo‘ldi, tamom, — dedi onaga. — Atom nuridagi stantsiya hozirgina ishini tugalladi. Yerning 
boshqa stantsiyalari allaqachondan beri miq etmaydi. So‘nggi yillarda ular bor-yo‘g‘i ikki-uchtagina 
edi. Endi efirda o‘lik sukunat. Bu uzoqqa cho‘zilishi aniq. 
— Qanchaga? — so‘radi Robert. 
— Ehtimol... sizning chevaralaringiz radio tinglashsa kerak, — javob berdi ota. U boshini quyi solib 
o‘tirar va bolalar uning ichidan nimalar o‘tayotganini bilib turishardi: taqdirga tan berish, afsus-
nadomat, itoatkorlik. 
So‘ng u yana qayiqni katta kanalga olib chiqdi va ular yo‘llarida davom etishdi. 
Kech kirib borardi. Quyosh ufqqa bosh qo‘ya boshlagan; oldinda birin-ketin o‘lik shaharlar yastlanib 
yotardi. 
Ota o‘g‘illari bilan quvnoq, bir maromda gap sotar edi. Ilgarilari u ko‘pincha kamgap, kamsuqum, 
qo‘pol bo‘lardi, endi esa — bular buni his qilib turishardi — dada so‘zlar bilan bamisoli ularning 
boshidan silamoqda edi. 
— Maykl, shahar tanla. 
— Nima, dadajon? 
Shahar tanla, toychog‘im. Yo‘limizda duch kelgan har qanday shaharni tanla. 
— Bo‘pti, — dedi Maykl. — Qanday tanlayman? 
— O’zingga eng ko‘proq yoqqanini. Robert, sen ham, Tim, sen ham tanla. Ko‘nglingizga mosini 
tanlayveringlar. 
— Men marsliklari bo‘lgan shaharni tanlayman, — dedi Maykl. 
— Marsliklar bo‘ladi, — javob berdi ota. — Va’da beraman. — Uning lablari o‘g‘illariga murojaat 
qilsa-da, ko‘zlari onada edi. 
— Yigirma daqiqa ichida ular olti shaharni yoqalab o‘tishdi. Ota endi portlashlar haqida gap 
ochmay qo‘ygandi; endi go‘yo o‘g‘illarining ko‘nglini ovlash, ularning dilini xushlash dunyodagi eng 
muhim ishlardan biri bo‘lib qolgandi. 


Marsga hujum (roman). Rey Bredberi 
 
 

Download 467,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish