Microsoft Word mantiqut-tayr ziyouz com doc


MAHMUD VA O’TINCHI CHHOL HIKOYATI



Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/297
Sana26.08.2021
Hajmi0,72 Mb.
#156174
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   297
Bog'liq
mantiqut-tayr. farididdin attor

MAHMUD VA O’TINCHI CHHOL HIKOYATI 
 
Sulton Mahmud lashkari bilan ovga chiqdi. Bir muddat u lashkaridan ajralib chetga 
chiqdi va atrofni kuzatdi. Bir o‘tinchi cholni ko‘rdiki, eshagiga o‘tin ortib, haydab borardi. 
Birdaniga o‘tinlari eshakdan tushib ketdi va chol nima kilishini bilmay, boshini qashladi. 
Mahmud o‘tinlari ag‘anab ketgan, o‘zi bu noilojlikda qolgan bechora odamni ko‘rib, unga 
yaqinlashdi va dedi: 
- Ey, beqaror odam, yordamlashib yuboraymi?  
Chol xursand bo‘lib, rozi bo‘ldi:  
- Ey, otliq mard, menga yordam bersang, Alloh senga yordam beradi, bundan men 
foyda ko‘raman, ammo senga ziyon yetmaydi. Yuzingdan yaxshiliging ko‘rinib turibdi, 
yuzi yoqimlilardan lutfu karam kelsa ajablanmas-lik kerak.  


Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
62
Shohning qalbida karam jo‘sh urib, otdan tushib, sochilib ketgan tikanli o‘tinlarni 
nozik qo‘llari bilan qayta bog‘lab, eshakka ortdi va mahkam qilib bog‘ladi. 
Keyin uchqur otiga minib lashkari oldiga kelib dedi:  
- O’tinchi cholni ikki tomondan shunday o‘rab olingki, toki menga yuzlanmaguncha 
boshqa yo‘l topmasin, - dedi. Lashkarlar cholning orqa-atrofini o‘rab oldilar va u shoh 
o‘tovi tomon yurishga majbur bo‘ldi.  
Chol o‘ziga-o‘zi:  
- Bu zolim lashkar menga boshqa yo‘llarni to‘sdi, nima qilsam ekan, shohga ro‘baro‘ 
bo‘lishdan boshqa chora yo‘q endi, - derdi. Chol eshagini haydab podshoga yaqinlashdi, 
shohni ko‘rib tanidi va xijolatda qoldi. Soyabon ostida o‘ziga tanish yuzni ko‘rib, uyatdan 
qiynalib, boshin yerga qo‘ydi. Ichida dedi:  
- Yo Rab, holimni kimga aytay, Mahmudni o‘z hammolim — xizmatkorimga aylantirib 
qo‘yibman-ku! 
Shoh unga qarab dedi:  
- Ey mening darveshim, mening oldimda nima uzring, nima talabing bor?  
Chol dedi:  
- Mening ishimu ahvolimni bilasan, o‘smoqchilab, o‘zingni bilmaslikka olma. Men bir 
ayolmand, o‘tin, tikanaklar terib, sotib kun ko‘ruvchi cholman. Kecha-kunduz cho‘lu tog‘ 
kezib, tikan yig‘aman. Tikan sotib non olaman, agar qo‘lingdan kelsa, menga bir parcha 
non ber. 
Sulton dedi:  
- Ey zahmatkash qariya, tikanlaringning narxini ayt, sotib olaman!.  
Chol dedi:  
- Ey shoh, buni mendan arzonga olma, bir hamyon oltindan kamiga sotmayman». 
Lashkar ahli cholga o‘dag‘aylab dedilar:  
- Og‘zingni yum, ey ablah, bu tikanlaring ikki pulga qimmat, arzonroq narx qo‘y! 
Chol dedi:  
- Hay, mayli, bu tikanlar ikki pulga qimmat bo‘lsin, ammo bunday yaxshi xaridor kam 
uchraydi. Xushbaxt bir inson bu o‘tinga qo‘l tekizdi va bu tikanlar gulzor gullariga 
aylandi. Kimki bundayin tikanni sotib olmoqchi bo‘lsa, har bir alohida tikan novdasini bir 
dinorga sotib oladi. Bu inson qo‘liday qutlug‘ qo‘l tikanimga tekkuncha behad azoblar 
ko‘rdim. Garchi bu arzimas bir tikandir, ammo Uning qo‘lidan olganim uchun ming jonga 
arziydi. 
 


Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor 
 
 

Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish