Shundan keyin Hudhud minbarga chiqib, chiroyli ohang bilan nutq so‘zlay boshladi.
Boshiga toj kiygan Hudhud taxtga o‘tirdi, uning pok yuzini ko‘rgan har bir kishi oliy
baxtga erishdi. Yuz minglab qushlar uning oldida saf tortib turdilar. Bulbul bilan qumri
birgalikda qorilik qilish uchun sirdoshlarday oldinga o‘tib oldilar. Ular sirdoshgina emas,
balki xushovoz hamdirlar. Har ikkalasi nola chekib xonish qilganda, qushlar orasida
g‘ulg‘ula qo‘zgolib, ovozlari jahonni tutdi. Bundan har bir qushda bir holat yuz berdi,
ularning hushi goh o‘zlari bilan bo‘lsa, gohida behush yiqilardilar. Shundan keyin Hudhud
so‘z boshladi, pardalar-ni ko‘tarib, ma’nolarni oshkor etdi.