www.ziyouz.com кутубхонаси
60
O’N YETSHNCHI MAQOLA
BIR QUSH MUSHKULOTINING BAYONI
Bir qush savol berib dedi:
- Ey, ilmu saboq o‘rgangan kishi. sen nimang bilan Haq oldida bizdan afzalsan,
bizning ilmu odobimizdan sening ilmu odobing, xizmatu martabang nimasi bilan baland?
Sen bizga o‘xshamaysan, biz senday emasmiz. O’rtamizdagi bu tafovut nimadan hosil
bo‘ldi?
Hudhud dedi:
- Ey savol berguvchi, bizga bir karra bo‘lsa-da, Sulaymonning nazari tushgan. Men bu
martabani oltin-kumush evaziga topganim yo‘q, bu davlat menga Podshoning bir
nazaridandir. Bu davlatni kishi toat-ibodat bilan topolmaydi. Zero Iblis bunday toatni
ming yillar amalga oshirgan edi. Ammo toat-ibodatning hojati yo‘q, deguvchi kishiga
ham har sohada la’nat yog‘iladi. Sen bir nafas ham toatni kanda qilma, biroqo‘z
toatingga bino qo‘yib, ortiqcha baho ham berma. Sen umringni toat bilan shunday
o‘tkazki, toki shoh Sulaymon senga nazar qilsin. Sen Sulaymonga maqbul bo‘lsang,
nimaniki afzal deb aytsam, undan-da afzalroq bo‘lursan.
Do'stlaringiz bilan baham: |