Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor
www.ziyouz.com кутубхонаси
55
- Sen qaerdayu podsho qaerda, agar bu ishing podshoning qulog‘iga yetsa, seni
qattiq jazolaydi, o‘z xuningga o‘zing zomin bo‘lasan, - der edilar.
Ammo darvesh bu
gaplarga e’tibor qilmas, shahzodani o‘z qiblasi, ka’basi deb bilar, uning husnu jamolini
maqtar, beqarorligini, oshiqligini izhor etar edi.
Podsho bu gapni eshitib, ranjidi va darveshni ushlab, qatl etishga hukm etdi.
Darvesh
bu gapni eshitib, xafa bo‘lish o‘rniga shod bo‘ldi, na’ra tortib, boshini toshlarga ura
boshladi, aql-hushini yo‘qotdi. Shu holda uni qatlgohga olib bordilar. Darvesh qatlni
uyushtiruvchi hokimdan bir muddat muxlat so‘radi, bir rakaat namoz o‘qib olayin, dedi.
Hokim ijozat berdi.
Darvesh ko‘zidan issiq otashli yoshlarini to‘kib. yuzini tuproqqa qo‘yib dedi:
- Ey Allohi hoziru nozir, ey parvardigori qodiru qahhor, shohimning
umrini uzun,
davlatini fuzun et, uning hech bir gunohi yo‘q. Ammo jonim tanimdan chiqishdan oldin
menga shahzodani jamolini bir bor ko‘rsat, buni menga nasib et. Hech bo‘lmasa, axir bir
bor uning yuzini ko‘rayin, keyin o‘lsam mayliga, mayliga uning oldida jon berayin,
jonimni unga topshirib, Ismoil singari qurbon bo‘layin.
Bir emas, ming jonim bo‘lganda
ham unga bag‘ishlagan bo‘lardim. Ey parvadigor, minglab odamlarning hojatini
chiqarasan, mening ham hojatimni chiqar...
Parvardigor ul darveshning nolasini eshitdi va podshoh ko‘ngliga rahm soldi. Hokim
shoh oldiga odam yubordi va darveshning o‘lim oldidan aytgan iltimosini bildirdi. Faqir
darveshning holati va so‘zi shohga ta’sir qildi, shohning qalbida ham dard paydo bo‘ldi.
Shoho‘g‘lini chaqirib, dedi:
- Darveshdan yuz o‘girma, uni o‘zingga yaqinlashtir, hozir esa vazir bilan birga o‘sha
bechora oshiq oldiga boringlar va uning ko‘nglini ko‘taringlar.
Shahzoda otasining so‘ziga kirib, darvesh oldiga yo‘l oldi. Go‘yo gavhar
sadaf tomon,
daryo esa qatra tomon yo‘l olganday bo‘ldi. Yo‘q, quyosh tuproq oldiga kelganday bo‘ldi.
Shahzoda dor ostiga, darvesh oldiga yetib kelganda, butun yig‘ilgan xaloyiq hayratdan
qichqirib yubordilar. Qiyomat qo‘pganday bo‘ldi. Shahzoda gadoni tuproqqa belangan
holda ko‘rdi. Darvesh go‘yo mahv bo‘lgan, yo‘qolgan edi. Uning jismi qariybki ko‘rinmas,
xalq nazaridan yashiringanday edi. Shahzoda bechora darveshni bu holda ko‘rib,
ko‘zlariga yosh oldi, rahmi keldi.
Voqean, kimki ishkda sodiq va sobit bo‘lsa, ma’shuq huzuriga keladi, oshiqu ma’shuq
bir-biridan
ajralmasdir, ishq bor joyda husn, husn bor joyda ishq mavjud. Darvesh
shahzodaning ovozini eshitgan bo‘lsa-da, lekin yuzini ko‘rmagan edi. Shahzoda otdan
tushib. gadoning yuzini tuproqdan ko‘tardi va tizzasiga qo‘ydi. Gado shohining yuzini
yaqindan ko‘rdi. Gado bir olov, shahzoda esa bir daryoi rahmat edi.
Olov nur daryosiga
yetgan edi. Gado shahzodaga qarab dedi:
- Ey, shahriyor, muncha zor etding!
So‘ngra bu baxtu saodatni yetkazgan Allohga shukr etdi va bir na’ra tortib, jonini
jabborga topshirdi. Go‘yo u olamda yo‘q edi. Bir sham’ lip etib o‘chganday bo‘ldi.
Dilbarining visoli ma’lum bo‘lgach, mutlaqfoniy bo‘lib, yo‘qoldi-ketdi. Buni soliklar
bilurlar, ishq ne kuylarga solishi, ne-ne mo‘‘jizalar ko‘rsatishi ularga ma’lumdir.
Mardlarning bari yo‘lda fano bo‘ldilar, Haqqa foniy bo‘lib, Haqdan ogoh bo‘ldilar. Ey
vujuding yo‘qlikka yo‘g‘rilgan, sening lazzating alam bilan omuxtadir,
bir muddat ostin-
ustun bo‘lmaguncha, oromu xotirjamlikni ko‘rmaysan. Ishq — kimyo, seni poklovchi
xumdon. Muncha fikrga g‘arqsan. Aql - qo‘rquv keltiradi, aql mardlikni bo‘g‘adi, aqlni
qo‘y. Xumdonga kir, men kabi o‘zingdan kechgin, bir nafas o‘z olamingni tark et. Menga
qaragin: menki, men emasman, men yo‘qman, mendan boshqa ham qolgan emas. Men
istagan
narsa aqldan ham, xayru sharrdan - yaxshi va yomondan ham balavdshir.
Menga faqr oftobi nurini sochgach, ikki olam ko‘zimga tariqcha qimmatsiz bo‘lib qoldi, ul