TARSO QIZINING TUSH KO’RISHI VA SHAYX ORQASIDAN BORISHI
Shayx San’on Rumni tark etib, Makkaga qaytgandan keyin tarso qizi tush ko‘rdi.
Tushida oftob qo‘yniga kirgan emish. Shunda oftob tilga kirib, shayxningorqasidan yo‘lga
tush, dedi. Shayx majoz tariqasida sening yo‘lingga kirgan edi, sen esa uning ketidan
borsang, haq yo‘liga kirasan.
Sen uni yo‘ldan urgan eding, endi uning yo‘liga kir, shayx qaytib haq yo‘lini topdi, sen
ham hamrohi bo‘lgin.
Tarso qizi uyqudan uygongach, qalbida bir nur shu’lalana-yotganini his etdi, go‘yo
oftob ichidan porlab turardi. Ko‘nglida ajib bir dard paydo bo‘ldi va qarorini oldi. Endi
qizning vujudini ishq otashi qamrab oldi. Ko‘nglidagi otash shunday o‘rtar ediki, hech
narsaga qo‘li bormas, hech narsa bilan ovunmas edi. Qizning boshiga ish tushgan edi,
bu - muhabbat edi. Bu dardni birovga aytib bo‘lmas, rozdonu hamdami ham yo‘qedi.
Ilgarigi holidan asar qolmadi, o‘zini bir ajoyib olam ichra ko‘rdi: bir asror zavqidan
sarmastu sarxush bo‘lib, buni tabiiy holat tushunchalari bilan anglatib bo‘lmasdi. Ohurib,
kiyimlarini yirtib, tashqariga otildi, sochlarini yozib, devonalardek lahza-lahza bexud
bo‘lardi. Qiz toqat qilolmay, shayx va muridlari orqasidan yo‘lga tushdi. Qizning ahvoliga
odamlarning rahmi kelar, chunki u ojiz, beqaror edi. Qiz zorlanib derdi:
— Ey, barcha mushkullarni oson etuvchi parvardigor! Bir ayol boshim bilan qaerga
boraman. Balolar girdobiga giriftor bo‘ldim. Agar shayxni qiynagan bo‘lsam, meni
qahring dengiziga tashlama, uzr so‘rayman, rahmli Allohm. Xato qildim, ammo tavba
keltirib, gunohimni bo‘ynimga oldim, menday miskin bechorani qiynama. Dilni qo‘ldan
berdim, bedil jonimni azobga qo‘yma. Agar mabodo o‘lsam, birov madadkor bo‘lmas,
xoru zorlikdan o‘zga martabam yo‘q mening.
Tarso qizi voqeasini Shayx San’onga yetkazdilar, tarso qizi tarsolikdan chiqibdi,
bizningdinga kirib, musulmon bo‘libdi, endi u senga oshiqi beqaror deb aytdilar. Shayx
buni eshitib, qizning oldiga bordi va u bilan suhbatlashdi.
Muridlar unga ta’na qilib:
- Yana but oldiga bordingmi, tavbang qayoqda qoddi, azoblaringni unutdingmi? -
dedilar.
Shayx San’on qizning ahvolini ularga tushuntirdi, tarso qizi haq yo‘liga kirganligini
bildirdi. Muridlar buni eshitib, hayron bo‘ldilar va qizga rahmlari keldi. Bu safar shayx
muridlari, suhbatdoshlarini olib qizning oldiga bordi, ular o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, qanoat
hosil qilsinlar deb shunday qildi. Ular qizni bir ahvolda ko‘rdilar, uning yaqosi chok, boshi
ochiq edi, bir jonsiz jasadday tuproqqa belanib yotardi. Qiz o‘z dardining sababchisi
shayxni ko‘rgach, yurakdan ohi otashnok chiqardi. Shayxga nazar tashlar, ko‘zlari esa
tinmay yosh to‘kardi. Shayxga qarab dedi:
—
Sening ishqing tug‘yonidan jonim quymoqqa, bundan buyon bu dardni
yashirolmayman. Bu dardning boisi nima, parda orqasidagi sirni menga tushuntir,
pardani ko‘tarib ogoh et, meni islom yo‘liga boshla endi!
Shayx San’on unga shahodat kalimasini o‘rgatdi, qiz imon keltirib musulmon bo‘ldi.
Bu voqeadan barcha ashobu yorlar orasida g‘avg‘o ko‘tarildi. Oxir-oqibat, ul sanam haq
yo‘lini topib, imon zavqidan xushnud va munavvar bo‘ldi.
Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor
Do'stlaringiz bilan baham: |