www.ziyouz.com кутубхонаси
50
va o‘tkir edi, shayxning miyasiga tez ta’sir etdi, may eski, ishq - yosh, oshiq esa qari
edi. Ammo dilbar oshiqning oldida hozir edi, shunday bo‘lgach, sabr qilib bo‘ladimi?
Shayx dedi:
— Ey oy yuzligim, toqatim qolmadi, men bedildan yana nima istaysan, ayt.
Hushyorligimda butparast bo‘lmagan bo‘lsam ham, biroqmastliktsa butga sig‘inib,
Qur’onni ham yondirishga tayyorman.
Qiz dedi:
— Mana, endi mening odamim bo‘lding, mening mazhabim, tab’imga bo‘yin egding.
Shu paytgacha sen ishqda xom eding, endi pishding, vassalom! Bu xabar barcha tarsolar
orasiga
tarqaldi, shunday ulug‘ shayx tarsolar mazhabiga kiribdi deb shodlandilar.
Shayx San’onni mast holida ibodatxonaga olib keldilar va beliga zunnor bog‘ladilar.
Shayx o‘z dinidan ko‘nglini uzdi. Ka’bani ham, shayxlikni ham butkul esdan chiqardi.
Shayx tarso qizga qarab dedi:
- Ey dilbar qiz, nima degan bo‘lsang, qildim, barcha shartlaringni bajardim, xo‘sh,
bizning oramizda mone’lik qiladigan yana nima qoldi? Ishq tufayli may ichdim, butga
sajda qildim. Ishq yo‘lida ko‘rgan azoblarimni hech kim ko‘rmasin. Ellik yil shayxlik
qildim, ko‘nglimda roz daryosi
mavj urardi. Ammo ilmdagi puxtalik ishqda abjadxon — alifbo sabog‘iday gap ekan.
G’aybning sirshunosi ishq yo‘lida sargardonu ovora ekan.
Qiz yana dedi:
- Ey asiri ishq bo‘lgan pir, sen juda faqir - qashshoqsan, ammo mening qalinim katta
- kuching yetarmikin? Men ko‘p miqtsorda oltin va kumush talab qilaman, oltining
bo‘lmasa, ishingning natijasi bo‘lmaydi. Shuning uchun mendan umidingni uz, quyosh
kabi yolg‘izlik yo‘lini tanla,
mardlar kabi sabr qilib, tanholikka chidagin.
Shayx dedi:
— Ey sarv qaddu siymbarim, aytganlaring to‘g‘ri, lekin meni sendan o‘zga odamim
yo‘q bu shaharda. Bu so‘zlaringni qo‘y. Sening ishqing yo‘lida bor-budimdan
ajralganman, barcha yoru muridlarim ham mendan yuz o‘girganlar, mening
dushmanimga aylanib qolganlar. Sen bilan do‘zaxga borishga ham tayyorman, ammo
sensiz bihisht men uchun do‘zaxdir.*
Oqibat ul go‘zalning shayxga rahmi keldi, shayxning sidqu vafosi mustahkamligini
yana sinash maqsadida dedi:
— Qalin puli o‘rniga menga bir yil cho‘chqalarimni boqib berasan. Bir yil o‘tgach,
sening xohishing amalga oshadi. Birga umr o‘tkazamiz.
Ka’ba shayxi, piri kibor shayx San’on cho‘chqaboqarlik kasbini qabul qildi. Voqean,
har bir odam ichida yuz cho‘chqa bor, kishi ichidagi cho‘chqani o‘ldirishi kerak yo zunnor
bog‘lashi kerak. Sen bu ish faqat shayx San’on boshiga tushgan deb gumondasan. Lekin
bu xatar har bir kishi ichida bor. U har zamon boshini chiqarib, odam bolasini bezovta
etadi. Agar sen o‘zingdagi cho‘chqadan ogoh bo‘lmasang, tariqat yo‘liga kirgan solik
emassan, meni ma’zur tut. Ey mard, agar tarikatga qadam qo‘ymoqchi ekansan, bu
yo‘ldagi butlar, cho‘chqalar kabi ming turli balolardan qo‘rqma. Agar tariqat yo‘li
shunday azobli bo‘lmaganda, Shayx San’onday din odami rasvo bo‘lib, Rum shahrida
g‘avg‘o ko‘tarmas, sargardon bo‘lmas edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |