www.ziyouz.com кутубхонаси
49
o‘zimdan ketkizolmayman
Boshqasi dedi:
— O’zingga kelib, hushingni yig‘, xotirjam’ bo‘l, yangidan imon keltirib, musulmon
bo‘lgin.
Shayx dedi:
— Mendek hayronu zordan kufrdan boshqasini so‘rama, kofir bo‘lgan odamdan imon
talab qilasanmi?
Shayx San’onga so‘z ta’sir qilmadi. Muridlarning qalbi qonga to‘ldi. Ular oldinda yana
qanday hodisalar yuz beri-shini bilmasdan hayron edilar. G’ayb pardasi ortida ne
hikmatlar bor, qismat kimning boshiga nima soladi — noma’lum edi.
Tun yorishib, yorug‘lik sultoni — quyosh lashkarini tortib chiqib keldi. Shunda xilvatda
o‘ltirgan Shayx San’on tarso qizi uyi tomon yo‘l oddi. Qizning uyiga kirmoqchi bo‘lgandi,
ammo xizmatkorlar uni quvib haydadilar, orqasidan itlarni qo‘yib yubordilar. Shayx
noiloj tashqariga chiqib turdi, tashqarida nigori uyining tuproq yo‘lida o‘tirib oldi. Yorim
chiqarmikan deb ikki ko‘zi to‘rt edi. Ma’shuqasi dargoxi yo‘lidagi tuproqni ko‘ziga surtar,
kecha-kunduz uy yonidan ketmas, dashnom-ta’nalarga, malomatlarga chidab, sabru
trqat bilan qizning tashqari chiqishini kutardi. Oqibatul amr, sillasi qurib, kasal bo‘lib
qoldi. Nola-fig‘on o‘tgan-ketganlarning bag‘rini ezar, odamlar atrofiga to‘planib, qiziqish
bilan tamosho qilardilar, achinardilar. Bu yuqeani eshitgan qiz bir kun tashqariga chiqdi
va shayxni ko‘rib, undan so‘radi:
- Agar sen chindanam oshiq bo‘lsang, bu yo‘lga mardonlardek kirishgan bo‘lsang,
quyidagi to‘rt ishni bajarishing kerak: birinchidan, butga sajda qilasan, ikkinchidan,
Qur’onni o‘tga solib yondirasan, uchinchidan, sharob ichasan, to‘rtinchidan, imondan
qaytasan.
Shayx dedi:
- Mayli sharob ichaman, qolgan uchtasi bilan hech bir ishim yo‘q. Jamoling haqi may
ichishga roziman, husningni mayga qo‘shib icharman, ammo qolgan uch shartni bajara
olmayman.
Qiz dedi:
- Mayli, turgin, may beray, ich, qoningni qizitib, hushingni zoyil etsin, keyin ko‘ramiz.
Shayxni dayri mug‘on — ibodatxonaga olib kirdilar. Murillarning fig‘oni osmonu
falakka ko‘tarildi. Shayxni bir majlisga olib bordilar. Qiz unda tengsiz husnini namoyish
qilib, mezbon kabi mehribonliklar ko‘rsatardi. Shayx bu husnu jamolni mushohada etib,
aqlu hushidan bir zarra qolmadi, oh chekib, bir go‘shada o‘tirdi. Shayx o‘zini qizning
yonida ko‘rdi: uning la’l lablari, xushbo‘y zulfi bilan o‘rtoqlashdi, qizning kulgilarini ko‘rdi,
qiz qo‘li-dan boda olib ichdi, mahbubasi sochlarini ushlab siladi. Din ilmida yuz xil kitobni
to‘rt mazhabda tushirgan edi. Qur’onni yoddan bilardi. Ammo hammasi birdan yodidan
ko‘tarildi, boda kelib barini barbod berdi. May uning zamiridagi lavhni yuvib, xotiradagi
yozuvlarni o‘chirib tashladi. Ul sanam qo‘lidan boda ichib, shayxning butun ixtiyori
qo‘ldan ketdi. May ta’sirida sarxush bo‘lib, qo‘lini qizning bo‘yniga solmoqchi bo‘ldi. Qiz
dedi:
— Ey shayx, sen ma’no odami emas ekansan, ishqda mudtsao ahli - da’vogar kishi
mard emas. Muddao ahlining haqiqiy ishq bilan ishlari yo‘q, oshiqlikni kufr ustuvor
saqlaydi. Agar ishqda qadaming mahkam bo‘lsa, bu halqa zulfimning mazhabiga
kirmokchi bo‘lsang, mening fikru odatimga iqtido qil, o‘shanda men bilan o‘tirib, qo‘lingni
bo‘ynimga solasan. Agar iqtido qilmas ekansan, mana tayog‘ing va mana rido (to‘ning),
ol-da, jo‘na!
Shayx San’on endi oshiq bo‘lib qolgan, ishq domiga giriftor odam edi. Oshiq shayx
mast bo‘lib, dilini qo‘ldan berib, o‘zi ham butkul behush va bexud ahvolda edi. May eski
Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor
Do'stlaringiz bilan baham: |