“ ” fakulteti guruh talabasi



Download 446,07 Kb.
bet1/4
Sana30.05.2022
Hajmi446,07 Kb.
#619935
  1   2   3   4
Bog'liq
kurs ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

“___________________________________” FAKULTETI

_______________________ GURUH TALABASI

______________________________________NING

“____________________________________” fanidan



“Amir Temurning Yildirm Boyazidni tor-mor qilini va uning tarixiy ahamiyati” mavzusidagi



KURS ISH







BUXORO-2022

Munarija

Kirish……………………………………………………3-5

I BOB: Amir Temurning 7 yillik urushlari tafsiloti…………….…

1.1 7 yillik urushlari sababi va strategik maqsadi…………………….

1.2. Turkiya sulton sultonligini yakkalash siyosati……………………

II BOB: Temuriylar va Usmoniylar to’qnashuvi……………………...

2.1 Temur va Boyazid o’rtasidagi maktublar va diplomatik munosatlar……………………………………………………………..

2.2. Anaqara jangi…………………………………...………………..

III Xulosa……………………………………………………………..

IV Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………….





















Kirish


Amir Temur – buyuk shaxs, kuragi erga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me’mor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga el-yurtini, xalqini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan xalqimiz farzandi. Amir Temurning tarixi ko‘p jildlik kitoblar yozishga arziydi.Mustaqillikka erishgunimizga qadar buni amalga oshirish imkoniga ega emas edik. CHunki kommunistik g‘oya bunga yo‘l bermadi. Amir Temurning o‘zi tahqirlanib tuhmatu malomatlarga qoldi.
Xaqiqatan ham, Amir Temur jahon tarixida qudratli va gullab-yashnagan davlat barpo etgan buyuk sarkarda va davlat arbobi sifatidagina mavqe tutmaydi. Sohibqiron o‘z poytaxti bo‘lmish Samarqandni er yuzining chinakam madaniy-me’moriy va ilmiy-ma’naviy markazlaridan biriga aylantirgan. Bu ulug‘ zot kurdirgan me’morchilik va xalq san’atining javohirlari yanglig‘ bugungacha qad ko‘tarib turgan osori-atiqalar shahar va qishloqlarimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib kelmoqda. Amir Temur 1336 yilning 9 aprelida Shahrisabzning Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tavallud topdi. Temurning yoshligi va yigitlik yillari mamlakat og‘ir ijtimoiy-siyosiy buhron iskanjasiga tushib qolgan bir davrda kechdi. Amir Temur Mo‘g‘ullarga kuyov bo‘ladi, ya’ni Saroymulkixonim (Bibixonim) mo‘g‘ullar sulosasidan hisoblanadi. SHu bois o‘z qaynotasi tomonidan "Ko‘ragoniy" (Ko‘ragon-kuyov degani) unvoni bilan taqdirlangan. Uzoq va mashaqqatli kurashlardan so‘ng Amir Temur o‘z raqiblarini engib, hokimiyatni qo‘lga kiritdi. Mayda, tarqoq feodallarni birlashtirib, markazlashgan davlat bunyod etdi, mamlakatda iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlar qildi. Xatto Amir Temur Boyazid sulton bilan bo‘lgan "Loy" jangida oyog‘idan yaralandi va bir umrga cho‘loq bo‘lib qoldi. G‘arbliklarning Temurlang nomi bilan atashlariga sabab ham, mashhur "Loy jangi"da oyog‘idan yaralangani va cho‘loq bo‘lib qolganligidadir. Amir Temurning tarix oldidagi xizmati benihoyat katta. Birinchidan u mamlakatda yuqorida aytganimizdek kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o‘z tug‘i ostiga birlashtira oldi, mo‘g‘ullar zulmiga barham berib, markazlashgan yirik feodal davlatni barpo etdi. Bu bilan hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratib berdi. Bugun “Temur va Temuriylar madaniyati”, “Temuriylar davlati”, “Ulug‘bek va astronomiya maktabi”, “Navoiy” va “Bobur” kabi qutlug‘ so‘zlarni nafaqat o‘zbekning, balki jahon xalqlari asarlari sahifalarida uchratar ekanmiz, bu gaplarning zaminida albatta Amir Temurning ulkan xizmatlari yotadi. Ikkinchidan, Amir Temur, o‘zi bilibmi-bilmasdanmi, lekin bir qator xalqlar va yurtlarni mustamlakachilar zulmidan ozod bo‘lishiga yordam berdi. Masalan, o‘sha davrning eng qudratli hukmdorlaridan hisoblangan Boyazid Yildirimni tor-mor keltirib, Bolqon yarim oroli va Evropa xalqlariga ozodlik bag‘ishladi; Oltin O‘rda xoni To‘xtamishni ikki marta tor-mor etib, Rossiyani mo‘g‘ullar hukmronligidan qutulishini tezlashtirdi. Uchinchidan, Turkiston zaminini ziroatchilik, hunarmandchilik, ilm-fan va madaniyati rivojlangan ilg‘or mamlakatga aylantirdi. Shukirki, mamlakatimiz istiqlolga erishgan vaqtdan e’tiboran Amir Temur shaxsi xalqimiz uchun yana Vatan va millat timsoliga aylandi. Mustaqilligimizning har bir tadbirida, O‘zbekistonning har bir qadamida ul buyuk zot ruhi bizga hamrohu hamnafas bo‘lib bormoqda.
Temurbek ibn Tarag’ay ibn Abag’ay 1336-yilning 9-aprelida Movarounnahrning go’zal shaharlaridan biri bo’lmish Kesh (hozirgi Shahrisabz) ga qarashli Xo’ja Ilg’or qishlog’ida dunyoga keldi.
Temurbek yoshlik chog’idan harb ishiga o’zgacha muhabbat va ehtiros bilan qaray boshladi. Unda harbiy san’atga bo’lgan qiziqishning o’ta erta paydo bo’lishida padari buzrukvori , amir Qazag’on (1358-yili shahid bo’lgan) davlatning arkonlaridan biri, mardligi, shijoati va oliyjanobligi bilan nom chiqargan amir Tarag’ayning (vafoti 1360) ma’lum darajada hissasi bor.
Navqiron yoshga yetgan Temur salkam bir yarim asrlik mo’g’ullar istibdodiga chek qo’yish, feodal tarqoqlik natijasida Chig’atoy ulusida hukm surayotgan o’zaro nizolar va urushlarga barham berish, tashqi va ichki zug’um tufayli tinkasi qurigan xalq ommasiga madad qo’lini cho’zish, xarob bo’lgan shahar va qishloqlarni qayta obod qilish, ulusni tashqaridan bo’ladigan bosqinlardan himoya qilish singari olijanob maqsadlarni yuzaga chiqarishni birdan-bir yo’li-hokimiyatni qo’lga kiritish ekanligini yaxshi anglab yetadi.



Download 446,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish