Mantiqut-tayr (nasriy bayon).
Farididdin Attor
www.ziyouz.com кутубхонаси
46
SHAYX SAN’ON VA TARSO QIZI QISSASI
Shayx San’on o‘z zamonasining piri murshidi edi. Ilmu irfon, karomatu kashfda
yagona edi. Uning kamoli haqida so‘z aytish ortiqcha, chunki Makkaning o‘zida ellik yil
shayxlik
qilgandi, to‘rt yuzta muridi bor ediki, har biri tariqatda bir yorqin siymo edi.
Ammo o‘zi ham, muridlari ham riyozat va toatdan to‘xtamas edilar, kecha-kunduz
Allohni yod etib yashardilar. Shayxning ilmi va amali barobar bo‘lib, yashirin va oshkora
ravishda ishora va asror ko‘rsatib turardi. Ellik marta haj qilgandi, bundan tashqari umra
hajini ham umr bo‘yi kanda qilmadi. Biror sunnatni tark etmadi va namozu ro‘zani
behad
ko‘p ado etar edi. Barcha peshvolar bu peshvo shayxni o‘zlaridan baland hisoblardilar.
Bemorlar va kasalmand odamlar undan shifo topardi. Xullas, shodligu g‘amda xalq bilan
birga va madadkor edi u.
Davrining yagonasi bo‘lgan bu ulug‘ murshid bir kecha tush ko‘rdi. Tushida ko‘rsaki,
Rumda sayr etib yurgan emish va bir but-sanamga sajda qilayotgan emish. Ko‘ngli
bedorlarning bedori, ogohlarning ogohi bo‘lgan bu ulug‘ shayx ko‘rgan tushidan g‘amgin
bo‘ldi:
- Ey attang, imon eltay deb shuncha jon chektim, nahotki toatlarim Allohvandi
karimga ma’qul bo‘lmadi? Doyunlar oshib, manzilga yetaman
degan odam oxirgi
dovonda butun ishlari abas ekanini sezganday, nahotki men ham parvardigor
marhamatidan noumid bo‘lib qolsam?
Oqibat, Shayx San’on muridlarini yig‘ib, Rumga borishni niyat qilganini aytdi. Bu
tushningta’birini bilmoqchiman, dedi u. To‘rt yuz muridi ham shayxga ergashib, Rum
safarida unga yo‘ldosh bo‘ldilar. Ka’badan Rum mamlakatigacha uzoq yo‘l bosishga
to‘g‘ri keldi.
Billo nihoya, shayx bilan muridlari bir necha oy yo‘l yurib,
oxiri Rum mamlakatiga
yetib keldilar. Ular bir shaharning ko‘chalaridan o‘tayotganda, baland ayvonli hashamatli
bir binoga ko‘zlari tushib, unga yaqinlashdilar. Baland ayvonda bir go‘zal nasroniy qiz
o‘tirardi. Ruhoniy qiyofali (monax qizi) bu nasroniy qiz husnu jamolda tengsiz, nafosat
olamining quyoshiday porlab turardi. Uningjamoliga qara-ganning ko‘zi qamashar, aqlu
hushi shoshar edi. Halqa-halqa
zulfi oshiqlar domi, fatton ko‘zlari, kamon qoshlaridan
yuraklarga sinon o‘qini otar, qip-qizil yoqutday lablari cho‘g‘ bo‘lib dilni o‘rtar, og‘zi obi
hayotday jonbaxsh edi. Sochlarining har tolasi ming musulmonni kufrga yo‘llab, beliga
zunnor bog‘lashga majbur etardi. Olovday lovullab turgan yuzining yarmini bir dasta
sochlari berkitib turar, go‘yo quyosh bulut pardasi ortidan boqqanday edi. Qizning bugun
vujudi
dilkash va malohatli, dilbar va halovatbaxsh edi. Nafosat haykaliday muhtasham
ayvonda o‘tirar, sochiga taqilgan bir dona gavhar kunday porlar, yuziga tortilgan qora
harir to‘r goh-gohida shamoldan lipillab, ochilganday bo‘lardi.
Qizga yaqinlashganda, Shayx San’on otini to‘xtatib, unga tikildi. Ne ajabki,
shu payt
tarso qizi yuzidan harir qora parda ko‘tarildi - bulut ortidan quyosh charaqlab
chiqqanday olam munavvar bo‘ldi. Shayx San’on bu go‘zal chehrani ko‘rdi-yu, o‘zini
yo‘qotdi, holsizlanib, a’zoyi badani bo‘shashdi. Avva-lida sir boy bermaslikka harakat
qilib ko‘rdi, ammoyshq otashi nishona urib, atrofidagilarga sirini oshkor etdi. Bu qiz
o‘sha Makkada shayx tushiga kirgan sanam edi.
Shayxning
vujudi titrar, ichga olov tushganday betoqat bo‘lar edi. Uning ixtiyoru inoni
qo‘ldan ketgan, dili dilbar ixtiyoriga o‘tgan edi. Shayx ellik yillik toat-ibodati, obro‘-
e’tibori, imon-e’tiqodini tarso qizi ishqiga almashdi-qo‘ydi, tarsozoda uning imonini sotib
olgan, imonu din o‘rniga rasvolik va badnomlik in’om etgan edi. Shayx San’on
hammasiga ko‘nika boshladi. Ko‘nglidan umidini uzdi, chunki ko‘ngil endi unga itoat
etmas edi. Jonini ham jononasi uchun qurbon qilishga tayyor turardi. Shayxning so‘zi