www.ziyouz.com кутубхонаси
63
O’N SAKKIZINCHI MAQOLA
BOSHQA QUSH MUSHKULOTI
Boshqa bir qush dedikim:
- Ey, hazratim, men bir notayunman, qanday qilib yo‘lga tushaman. Men juda
ojizman, quvvatim yo‘q, bunaqa uzoq yo‘lga toqat qilolmayman. Vodiy uzoq, yo‘li azobu
uqubatli, men birinchi manzildayoq o‘lib qolaman. Yo‘lda olovli tog‘lar ko‘p, har kim ham
bunga chidash berolmaydi. Bu yo‘lda yuz minglab boshlar chavgon to‘piday yumalab
ketdi, bu talab yo‘lida qancha-qancha qonlar to‘kilib, ariqday oqdi. Yuz minglab oqillar
bu yerga bosh qo‘ydilar, bosh qo‘ymaganlar esa boshdan ajraldilar. Mardlar hech
ikkilanmay, hayodan boshlariga soyabon olib yashiringan bu yo‘lda men miskin bechora
nima qilardim. Bir zarraday yo‘qolib ketaman, azm etib yo‘lga tushsam, muqarrar
o‘laman.
Do'stlaringiz bilan baham: |