UCHINCHI BOSQICH
: Bu bosqichda mustaqillik qahramonlari haqidagi
ma’lumotlarni keltiramiz.
108
Karimov Islom Abdug’aniyevich. Muhtaram Yurtboshimiz 1990 – yil 24–
mart kuni O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti etib saylandi va
O’zbekiston Respublikasi, degan “
BUYUK OILAGA
” bosh bo’ldi.
I.A.Karimovning dovyurakligi va tashabbuskorligi tufayli 1991 – yil 31 –
avgust kuni O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilindi va 1 –
sentyabr “O’zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi kuni” bayrami, deb
e’lon qilindi.
1991 – yil 29 – dekabrda muqobillik asosida o’tkazilgan umumxalq saylovida
I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
I.A.Karimov namunali oila boshlig’i, uning ikki nafar farzandi va 3 nafar
nevarasi bor, hamda iqtisodchi ilmiy xodim turmush o’rtog’i T.A.Karimova bilan
hayot kechirib, nafaqat o’z oilasi, balki O’zbekistondek buyuk oila, buyuk
qo’rg’onning himoyachisi va yo’lboshchisidir.
Yurtboshimiz mamlakatimizda amalga oshirilgan ulkan ishlar, tarixiy
o’zgarishlarning tashabbuskori va rahnomasidir.
Umuman olganda, Islom Abdug’aniyevich Karimov O’zbekiston davlati va
davlatchiligini barpo qilish, demokratik fuqarolik jamiyati qurish asoslarini yaratdi,
yangi asrda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqdi,
yurtimizning yorug’ istiqboli yo’lida ko’pmillatli xalqimizni bosh milliy g’oya sari
birlashtirib, uni ulug’ maqsadlar sari boshlab bormoqda.
Muhtaram Prezidentimizda fidoyilik va jasorat uyg’un holda kamol topganligi
uchun ham u qahramonlik ko’rsata oldi. Fikrimizning dalillaridan biri sifatida
quyidagi ma’lumotni keltiramiz: “1991- yilning 9 - dekabrida Namangan shahrida
bir guruh qo’poruvchi kuchlar viloyat ijroiya qo’mitasi binosini egallab olib,
O’zbekistonni islom davlatiga aylantirishni da’vo qilib chiqishdi va respublika
rahbari bilan uchrashiishni talab qilishdi. Islom Karimov ertasi kuni tongda
Namanganga yetib keldi va aqidaparastlik g’oyalari bilan ongi zaharlangan,
jazavaga tushib qora kuchga aylangan johil olomon orasiga soqchi va hamrohlarsiz,
bir o’zi hyech ikkilanmasdan, shijoat va shiddat bilan kirib bordi. Bu o’ta keskin,
dramatik holat video tasmasida tasodifan muhrlanib qolgan.
Shuni aytish kerakki, Islom Karimovning ana shunday qat’iyati va jasorati
binoni boshiga ko’tarib baqir – chaqir qilib yotgan minglab eng ashaddiy
ekstremistlarni ham dovdiratib, sarosimaga solib qo’ydi. Mamlakatimiz rahbari
hayajonga berilmasdan, vazminlik bilan ular talab qilayotgan yo’l qonunga zid
ekanligini va hyech qachon yaxshilikka olib kelmasligini uqtirdi, o’zining salobati
va irodasi bilan guvullab yotgan olomonning shashtini so’ndirishga, behuda qon
to’kilishining oldini olishga muvaffaq bo’ldi.
1992 – yil 16 – yanvarda Toshkent shahridagi Talabalar shaharchasida
alamzada, ekstremistik kuchlar tomonidan yana janjal chiqarildi. Hali ongi tafakkuri
shakllanib ulgurmagan, hayotiy tajribaga ega bo’lmagan talaba yoshlardan
foydalanib, bir guruh manfaatparast, amalparast kimsalar yurtimizdagi vaziyatni
izdan chiqarishga va shu tariqa dunyo hamjamiyatidan o’z o’rnini topishga
intilayotgan yosh O’zbekistonning obro’siga putur yetkazishga, uni o’z tanlagan
yo’lidan qaytarishga urinishdi.
109
Ana shu va shu kabi boshqa qaltis vaziyatlarda Prezidentimizning xalqimiz
irodasiga, qonunlarimizga tayangan holda olib borgan vazmin siyosati, o’z vaqtida
qat’iyat bilan ko’rgan chora – tadbirlari tufayli bunday xavf – xatarlar bartaraf
etilgani, ozodligimiz, hurriyatimiz saqlab qolingani, haqiqatan ham, istiqlol
yo’lining biz uchun naqadar murakkab, og’ir va mashaqqatli bo’lganidan dalolat
beradi” [4. 28 – 29 b]. Bu fikrni bolalarga so’zma – so’z o’qib, so’ng ma’nosini
tushuntirish kerak. Bundan tashqari Narzulla Jo’rayevning “Agar ogoh sen...” nomli
kitobiga ham e’tibor beradigan bo’lsak Muhtaram Prezidentimiz jasorati va
fidoyiligiga oid ko’pgina qimmatli fikrlar bildirilgan. U kishi o’z asarida Birinchi va
Ikkinchi Renessansning mazmun – mohiyatini yaxshigina izohlab bergan.
Ushbu kitobda Uchinchi Renessans haqida quyidagi fikrlar bildiriladi: “Milliy
uyg’onish, Milliy o’zligini anglash mustaqillik bergan buyuk ne’matdir. Ayni ana
shu tufayli millat qadrini rostlamoqda. Qadimiy, asrlar mobaynida to’plagan
nufuzini qaytadan tiklamoqda. Darhaqiqat, hamisha uyg’oq xalq yaratuvchilikka,
bunyodkorlikka qodir bo’ladi. U o’z imkoniyatlarini tabora boyitib boradi.
Ana shu nuqtai nazardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, Mustaqillik,
Istiqlol tushunchalari va bevosita uning tashabbuskori Islom Karimov nomi bilan
bog’liq bo’lgan uchinchi Renessans davri boshlandi. Albatta, bunday milliy
taraqqiyot bir necha o’n yilliklar va hatto asrlarni qamrab oladi. Biroq, shuni
ishonch bilan aytish mumkinki, XXI asr O’zbekiston va o’zbeklar hayotida yangi
sivilizasiya davri bo’lib qoladi” [10. 212 – 213 b.].
Madaliyeva Manzura.
“O’zbekiston Qahramoni” Manzura Madaliyeva Ho’qandi latifning faxri va
g’ururi. U matematika fanini sahnaga chiqarib targ’ib qila olgan qalbi ummon
novatar o’qituvchi.
Uning “O’zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan paytda xayolidan
o’tgan fikrlar quyidagilar bo’lgan:
- Otajonim! Onajonim! Qahramonlik qulliq bo’lsin! Sizlarning halollik bilan
tarbiyalagan qizlaringiz Qahramon bo’ldi.
- Qiyin ishda lazzat bor deguvchi Soraxon opa, Siz emasmi, bizlarni qiyin
ishlarga egiltirgan! Qahramonlik Sizga muborak bo’lsin!
- Bir men emas, barcha fidoyi o’qituvchilar – Qahramon! Kasbini boshiga
ko’targan qanoatli ustozlarning hammasi – qahramon! Bu – Sizlarga ham berildi,
azizlarim.
Qahramonimiz Bahromjon aka bilan oila qurib, ular bu oilani “Muqaddas
qo’rg’on”, deb bilganlar. Ayniqsa bu oilani Manzuraxonning onalari juda ham
qo’llab – quvvatlagan. Buni onaning qiziga nisbatan aytgan quyidagi fikri ham
tasdiqlaydi: “Bolalaringdan boxabar bo’lib turamiz. Sen maktabingni, kitoblaringni
yaxshi ko’rasan. Senga qolsa, har kuni to’garak o’tkazasan”.
“- Halollik! Mehnat! Muhabbat! Bu uch buyuk hikmat meni ana shunday
cho’qqiga yetkazdi, - pichirlaydi u. Quvonchdan, baxtdan yana ko’zlari namlanadi.
Yana ko’ngil bulog’i toshadi” – bu fikr “O’zbekiston Qahramonlari” nomli
kitobning “Matematikaning shoirasi yoki ho’qandi latifning opoyisi” mavzudagi
ocherkidan olindi [25. 177- b].
110
Quvoqov Masharip.
Har qanday odam ham hayotning turli suqmoqlaridan chidam bilan o’tib,
turmushning achchiq – chuchugiga chidab, qiyinchiliklar bilan kurashib va ularni
engib, yorug’ kunlarga intilib, sog’lom turmush tarzini o’ziga shior qilib olib
yashasa, o’z niyatiga va istiqbolli maqsadlariga erisha oladi. Oiladagi va ish
faoliyatdagi omadlar bardavonligi esa oq ko’ngil, fidoyi, jasoratli, dono, ulug’
maqsadli insonlarga kulib boqadi.
Masharip Qovoqov ana shunday insonlardan biri va uning ibrat – namunasi bir
butun hayot maktabidir.
Quyida “O’zbekiston Qahramonlari” nomli kitobdan bu insonga tegishli
quyidagi ma’lumotlarni keltirishni lozim topdik:
“Men ularni “Bir ibratli insonning hayot maktabi” deb atadim: sizning
e’tiboringizga undagi ayrim fikrlarni havola etmoqchiman (Jabbor Razzoqov. “Bir
inson ibrati” nomli ocher muallifi).
* * *
“Otam oddiy dehqon bo’lganlar. Kunduzgi kolxoz ishini bajargan bo’lsalar,
kechalari tomorqamizda ishlaganlar.
Keyinchalik brigada boshlig’i bo’lganlar. Bu davr urush yillariga to’g’ri
kelgan. Front orqasida oziq – ovqat mahsulotlari yetishtirib, g’alabani ta’minlashga
o’z hissalarini qo’shganlar. Ammo urush tugagan yili qattiq betob bo’lib, terlama
kasali bilan og’riganlar va eng navqiron yigit paytida – 35 yoshlarida olamdan
o’tganlar. Men o’shanda 7 yoshda edim.
Bizni onam Guljahon Matyoqubova, xudoga shukur, hozir 100 yoshni
qarshiladilar, 2 o’g’il va bitta qizni bir o’zlari katta qilib, avaylab – asrab voyaga
yetkazdilar.
Men juda kichikligimdan ota – onamdan o’rnak olib, faqat mehnat evazigagina
inson o’z orzu – umidiga, niyatiga yetishini ko’nglimga solganman. Oddiy
kolxozchilikdan ish boshlab mehnatning achchiq – chuchugini, lazzatini totganman.
Bugun nimaga erishgan bo’lsam, faqat shular evaziga”.
“Hozirgi bolalarni ko’rib, ko’zim quvnaydi. Hamma narsa yetarli. Bizga,
urushdan keyingi yillardagi bolalarga juda qiyin bo’lgan. Shuning uchun yoshlarga
keksalar bilan ko’proq urushuvlar tashkil etib, bu kunlarning qadriga yetishni,
Vatanni sevishni, haqiqiy vatanparvar bo’lishni, qiyinchiliklardan cho’chimaslikni
o’rgatishimiz kerak”.
* * *
“1997 – yil 26 – avgust. Bu kun hayotimizdagi eng baxtli, unutilmas kun. Shu
kuni O’zbekiston Mustaqilligining 6 yilligi arafasida Prezidentimiz Islom
Karimovning Farmoni bilan menga “O’zbekiston qahramoni”, degan yuksak unvon
berildi. Bu jamoa a’zolarimiz bilan erishgan muvaffaqiyatlarga, mehnatimizga,
butun faoliyatimizga berilgan yuksak baho edi. Ana shu beqiyos katta ishonchni
oqlash uchun butun umrimni bag’ishlashga tayyorman”.
* * *
111
“1998 yilning ayni pishiqchiligi mahali. Xo’jaligimizda “Kitob bayrami”
bo’ldi. Toshkentdan man – man degan shoirlar, yozuvchilar, olimlar, jurnalistu
noshirlar kelishdi. Chunonam kitoblar sovg’a qilishdiki, asti qo’yaverasiz. Bu
chinakam ma’naviy boylik. Keyingi o’n yil ichida xo’jaligimizga bunchalik ko’p
kitob kelmagan edi. Men ularni “yorug’lik belgisi”, deb bildim”.
* * *
“Yer haqiqatdan ham hayot va tirikchilik manbai. U insonga Alloh tomonidan
berilgan buyuk in’om. Lekin undan oqilona foydalangandagina insonga o’zining
bitmas – tuganmas xazinasi eshigini ochib beradi. Biz yerga ana shu nuqtai
nazardan yondashib kelayapmiz”.
* * *
“Biz o’z kuchimiz bilan barcha imkoniyatlarni yaratyapmiz. Bizga hyech kim
chetdan imkoniyatni ham yaratib bermaydi, mablag’ni ham ikki qo’llab
topshirmaydi” [25. 217 – 227 b.].
Bu oddiy dehqon oilasida tarbiya topgan bir insonning hayot yo’lida
shakllangan fikrlaridan lavhalar xalos. Biz o’ylaymizki bu insonning sog’lom
turmush tarzi yuzlab, minglab yoshlarga ibrat bo’ladi. Bu esa ayniqsa,
mustaqilligimizni mustahkamlashda faollik bilan faoliyat yuritayotgan, Ozod va
Obod Vatanimizning, oddiy Qahramonlaridan birining hayot yo’li. Bunday ibrat –
namunaga xos va mos insonlar yurtimizda ko’plab topiladi.
Oripov Abdulla
Abdulla Aripov bugungi o’zbek adabiyoti osmoniga yorqin yulduzdir. U
jahonning qasridan qarasak ham yaqqol ko’rinib turadigan shoirlar shoiridir, uning
ijodi esa odamlarning bayramona kayfiyatini yuzaga chiqaruvchi ilhomlantiruvchi
kuchdir. Mashhur shoir Qaysin Quliyev Abdulla Oripovning xalq oldida
chiqishlariga shunday baho bergan edi: “Abdulla Oripovning har bir chiqishi
Do'stlaringiz bilan baham: |