1998 yili Muhammad Yusufga "Oʻzbekiston xalq shoiri" degan yuksak unvon berildi

Download 45,94 Kb.
bet1/10
Sana25.02.2022
Hajmi45,94 Kb.
#257515
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Muhammad Yusuf xalqimiz sevgan shoirlardan edi. U 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyati Marhamat tumanining Qovunchi qishlogʻida dehqon oilasida dunyoga keldi.
Oʻrta maktabdan soʻng Rus tili va adabiyoti institutiga kirib, uni 1978 yili tamomladi. 1978-1980 yillarda respublika Kitobsevarlar jamiyatida, 1980-1986 yillarda “Toshkent oqshomi” gazetasida, 1986-1992 yillarda Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida, “Oʻzbekiston ovozi” gazetasida ishladi.
Umrining soʻnggi yillarida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi vazifasini bajardi.
U oʻnga yaqin sheʼriy toʻplamlar, koʻplab qoʻshiqlarning muallifi sifatida keng kitobxonlar qalbiga kirib ulgurdi. Shoirning dastlabki sheʼrlari “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida 1976 yili eʼlon qilindi. Soʻngra “Tanish teraklar” (1985), “Bulbulga bir gapim bor” (1987), “Iltijo” (1988), “Uyqudagi qiz” (1989), “Halima enam allalari” (1989), “Ishq kemasi” (1990), “Koʻnglimda bir yor” (1991), “Bevafo koʻp ekan” (1991), “Erka kiyik” (1992), “Yolgʻonchi yor” (1994) kabi sheʼriy toʻplamlari, saylanmalari nashr etildi.
1989 yilda esa “Uyqudagi qiz” nomli sheʼriy toʻplami uchun unga respublika Yoshlar tashkilotining mukofoti berildi.
U rostgoʻy shoir, halol va pokiza qalb egasi edi. Shoir muhabbat haqida kuylaydimi, bevafo yor haqida qoʻshiq toʻqiydimi yoki tariximiz sahifalarini qalamga oladimi, ularda hamisha hayotga, haqiqatga hamnafaslik sezilib turadi. Satlardagi ravonlik, soddalik va xalqonalik sabab shoir sheʼrlari tezda yodda qoladi.
1998 yili Muhammad Yusufga “Oʻzbekiston xalq shoiri” degan yuksak unvon berildi.
Shoir 2001 yilning 1 avgust kuni 47 yoshida olamdan oʻtdi.

Shoir 2001 yilning 1 avgust kuni 47 yoshida olamdan oʻtdi
. Muhammad Yusuf ijodiga mansub bo‘lgan “Ona Turkiston” she’ri 6 banddan iborat. Vatanga bo‘lgan muhabbatni ifodalovchi she’r hisoblanadi. Umuman olganda, Muhammad Yusufning hamma she’rlarida ham muhabbat tuyg’usi ifodalangan. Bular qanday muhabbat? Yo vatanga yo yorga bo‘lgan samimiy va beg’araz muhabbatdir. Buni biz shoirning “Ona Turkiston” deb nomlangan she’ri misolida ham kuzatishimiz mumkin. Bu she’rning birinchi bandi quyidagicha:
Ko‘klarga sig’may yayrab ruhi jon, -b
Ko‘zlarga sevinch yoshlari to‘ldi. -v
Ammo sen nechun mahzun, parishon, -b
Ona Turkiston, senga ne bo‘ldi. -a

Bu she’rda shoir Ona Turkistonga murojaat qiladi. Aytadiki, Ona Turkiston senga nima bo‘ldi, sen bir vaqtlar shunaqa darajada yayroq va xursand sevinch yoshlaridan yig’lar eding ammo bu nega buncha mahzunsan senga nima bo‘ldi? Deb kuyinayotganligini ko‘ramiz shu bir misraning o‘zidayoq shoirni Vatanni qanchalik sevishini uning baxtidan qanchalik xursand ekanini baxtsizligidan esa qanchalik g’am-g’ussaga botganligini ko‘ramiz. Shoir vatanga bo‘lgan bu tuyg’usi keyingi bandlarda ham namoyon bo‘ladi. Ikkinchi bandi esa quyidagicha:

Kishanlar ketib, yetgach, murodga, -v
Shahid o‘g’lonlar keldimi yodga. -v
Ko‘ngil-ko‘ngil to‘ldimi dodga, -v
Ona Turkiston senga nima bo‘ldi. -a
Bunda ham shoirning yuqoridagi fikrlariga hamohang tarzida Ona Turkistonga murojaat qiladi. “Kishanlar ketib murodinga yetgandan so‘ng shahid o‘g‘lonlar yodingga keldimu g’amga, g’ussaga botgan kuning dodga to‘ldimu” – deydi.
Bu bilan shoir Vatan mustaqillik (farishtasi)ga erishi uchun qanchalar yigitlarning shahid ketganliklarini eslaydi.
Uchinchi bandda esa quyidagi mazmunni ko‘rishimiz mumkin.
Erk yo‘qlagan chog’ ko‘z yosh nimasi, -g
Ketdi boshingdan ajdor ko‘lkasi, -g
Arslonlar to‘qqan she’rlar o‘lkasi, -g
Ona Turkiston, senga ne bo‘ldi. -a

Shoir birinchi misrada shunday deydi: Ey Turkiston, erking yo‘qolgan chog’da g’am-g’ussaga botib yig’laganing nimasi, sen axir arslonlar to‘qqan she’rlar o‘lkasisanku, bu og’ir holatda yig’lashing nimasi mustaqilliging uchun kurash deb uni olg’a intilishga chorlamoqda agar shoir aytgandek harakat qilsa uning ham hayotiga yaxshi kunlar kelishini boshidan ajdar ko‘lankasi ketishi mumkinligini aytmoqda.

Bu bandlarning har birida shoir aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini majoziy yo‘l bilan aytishga harakat qilgan. Buni isbot sifatida biz kelgusi bandni ko‘rib o‘tsak.

Chorlasang tushib, noringga to‘lar,

Daryoday toshib, shamolday yelar.
Yo‘qlardan yelib Cho‘lponing kelar,
Ona Turkiston, senga ne bo‘ldi.

Shoir o‘z vatani Ona Turkistonni sen bir bo‘ston gullari so‘nmas hattoki qiyomatda ham chiroying so‘nmas menga bir bolam deb qo‘ysang bas men seni shu holga solganlarda albatta qutqaraman deb, lirik qahramon Ona Turkistonga o‘timoqda.

Shoirning yuqoridagi fikrlarini davom etganligini ko‘rishimiz mumkin.

Ey yori aziz, ey bag’ri quyosh,

Jigar go‘shangman joningga jondosh.
Quvonganingdan qildingmu ko‘z yosh,
Ona Turkiston, senga ne bo‘ldi.
Bu band yuqoridagilarning bir xulosasiga o‘xshaydi.
Shoir aytadiki, Ona Turkistonga murojaat qiladi. Ey yori aziz deydi va nima uchun quvonganingdan yig’lamaysanda g’amga botgan holingda yig’laysan seni deb Turkistonning og’ir ahvoliga kuyinadi g’am chekadi.
Abdualla Oripov va Muhammad Yusuf she’rlari sodda tilda, har birimiz kundalik muloqotda foydalaniladigan so‘zlardan mahorat bilan foydalanganligi diqqatga loyiq. She’rda klassik an’anaviy qofiyalanish bilan birgalikda bugungi kun ruhi o‘z ifodasini topgan. Mana shu ruh ham she’rni o‘qimishli bo‘lishiga sabab deb o‘ylaymiz. O‘quvchilar, kitobxonlar ana shuning uchun ham shoir murabba’larini sevib o‘qishadi, qo‘shiq qilib aytishadi. Murabba’ning xalqchiligi ham shunda.

Download 45,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha

yuklab olish