To’maris xalqimiz orasida Ozodlik uchun kurashchi va Vatanga sadoqat ramzi
sifatida qaraladi. Biz ular to’g’risida yanada ko’plab o’rganishimiz kerak. U kishi
ayol boshi bilan dushmanga qarshi kurashda qo’shinga boshchilik qildi va
dushmanlarga qaqshatgich zarba berdi.
Shiroq. Bizga tarixdan ma’lumki, Ahmoniylar shohi Doro I miloddan oldingi
519 – 518 yillarda Vatanimiz ustiga bostirib keladi. O’sha paytda yilqiboqarlik qilib
yurgan Vatandoshimiz Shiroq ham dushmanga qarshi kurashga bel bog’laydi. U
hiyla ishlatib, dushmanlarni chalg’itib ularni Qizil qumning halokatli jazirama
dashtiga boshlab boradi. Dushmanlar bu jaziramaga chiday olmay cho’lda qirilib
ketadi. Shunday qilib u o’z xalqini yovuzlardan saqlab qoladi va shu bilan o’z jonini
ham qurbon qiladi.
Qahramonlarimiz Shiroqni xalqimizda vatanparvar va milliy himoyachi
sifatida hurmat bilan tilga oladi.
Spitamen. Miloddan oldingi IV asrda yunonistonlik Iskandar Zulqarnayin
(Aleksandr Makedonskiy) Vatanimiz hududiga bostirib kirdi. Xalq qahramoni
Vatandoshimiz Spitamen boshchiligida Samarqandda ko’tarilgan qo’zg’olon
Iskandar Zulqarnayin qo’shinlariga katta talofat keltirdi. Bu qo’zg’olon butun
baqtriyalik va so’g’diyonaliklarni ozodlik uchun kurashga ilhomlantirdi.
Muqanna. VIII asrning boshlarida arab bosqinchilari Movarounnahr
hududini bosib oldilar. Istilochilarga 10 yildan ortiq qarshi kurashda boshchilik
qilgan Muqanna bo’ladi.
Muqanna yurtimizni oyoq osti qildirmaslikka o’z jonini ham ayamagan xalq
qahramonimiz timsoli sifatida hurmat bilan tilga olinadi.
Temur Malik. XIII asrda Chingizxon boshliq mo’g’illar mamlakatimizga
yurish boshladi. Xo’jand shahri hokimi va sarkarda Temur Malik dushmanga qarshi
mardanovor kurasha oldi. Uning Jaloliddin Manguberdi bilan Vatanni qo’riqlashi
tahsinga sazovor. Ular to’g’risida ko’plab asarlar va kinolar ishlangan.
Najmiddin Kubro. Oddiy chumoliga ozor bermaslikni targ’ib qilib yurgan
dindor Najmiddin Kubro jasorati ham tahsinga sazovor. U dushmanga qarshi
kurashda oldingi saflarda bo’ldi. “Yo hayot, yo mamot!”, “Yo Vatan, yo sharafli
o’lim!”, degan xitoblar bilan u xalqni dushmanga qarshi kurashga chaqirdi.
Urganch shahri ichida donishmand Kubro borligini bilgan Chingizxon unga
shahardan bemalol chiqib ketishiga ijozat berdi. Lekin, Kubro Chingizxonning bu
muruvvatini qabul qilmadi va jangga kirdi. Qo’lida ozodlik bayrog’ini mahkam
tutib jon berdi. U ozodlik bayrog’ini shu darajada mahkam tutgan ediki, u