www.ziyouz.com kutubxonasi
13
Ushbu "Saylanma" kitobi Maxtumqulining yilda "Turkmaniston" nashriyotida chop etilgan
ikki jildlik turkmancha "Saylangan asarlari"dan tanlab olindi. Ilgari o‘zbek tilida nashr
qilinmagan she’rlari bilan birga tanish she’rlari ham turkmanchadan qayta tabdil etilib,
kitobga kiritildi. Birinchi bois, u she’rlarga muhabbatimiz kuchli ekani bo‘lsa, ikkinchi
bois – u she’rlarning ba’zilaridan mustabid tuzum qolipiga sig‘magan ayrim bandlar
qisqartirilgani, ayrim so‘z va iboralar esa o‘zgartirilganidir. Bunda ularni to‘liq taqdim
etmoqdamiz. Tarjimada ixtiyorsiz yo‘l qo‘yilgan nuqsonlar uchun kitobxondan uzr
so‘raymiz. To‘plam xususida muhtaram o‘quvchilarning fikr-mulohazalarini kutamiz.
Ushbu kitob, shubhasiz, dunyo va oxirat mohiyatini anglashda insonga madadkor,
ma’naviy oziq, ruhga quvvat, iymonga dalda bo‘lgaydir.
Maxtumquli – turkiy xalqlarning sayroqi tili, sahroning guli, gulning bulbuli, Haqning
sodiq, oshiq va orif qulidir. Alloh muborak aylasin!
Mirzo KENJABEK
Saylanma. Maxtumquli
Do'stlaringiz bilan baham: |