Ey bo'ston Qumrisi! O'z ahvoling haqida bir sayrab bergin. Ajoyib kuylaring bilan qushlar to'dasini bir nafas lol qilib, ularni behol etgil. Yusr(dengiz o’simligi) tasbehini bo'yningga solib olding, bu haqda so'z aytishdan til og'ir ahvolda qoldi. Chunki sen har bo'ston aro sarson kezasan, bu bilan qonga belanib, tuproqqa ham qorishasan. Goho ishq savdosida majnunlar kabi mahzun nolalar chekasan. Go'yo sen visol bog'ini yod etib, bu yanglig' oshuftahol bo'lgandeksan. Senga quvonchli xabar shuki, bu g'amda
benavo qolmasdan, tezda o'sha gulshan tomon havoga ko'tarilgil!