Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Download 168,76 Kb.
bet20/172
Sana05.08.2021
Hajmi168,76 Kb.
#139294
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   172
Bog'liq
Alisher Navoiy. Lison ut-tayr

XXI


Hudhud qushlarga ko'nib, ularni bu yo'lga targ'ib etgani
Hudhud qushlarning bu so'zlaridan shodu xurram bo'lib, ularga shunday dedi:

  • Ey aftodahol to'da! Bizga falak baxtiyorlikka erishishda madad bersa, chindan ham bu safarni ixtiyor qilgan bo'lsangiz, men ham bu yo'lda jonim boricha, balki jism ichra darmonim qolguncha yordam berayin. Hammangizga hamrohlik qilib, sizni barcha manzillardan ogoh qilayin. Yo'lda har qanday g'am yetsa hamdamlik, biron yashirin dard bo'lsa mahramlik qilayin. Oldingizda mushkul ish ko'ndalang bo'lsa, jonim bilan uni hal qilay. Sizga har qanday yaxshi-yomon ro'para bo'lsa, uni daf etishga doim tayyor bo'lay. Uchayotgan paytingizda hamkorlik, qo'nar joyingizda esa posbonlik qilayin.

Hudhud qavmidan bu muddaoni anglagach, ularga tahsin va duolar o'qidi. Mastona bir holda ularga har xil sirlarni bir boshdan ochib bera boshladi:

  • Ey siz! Hammangiz bilish sirlariga moyilsiz, zotingiz bu pinhon xazinadan so'zlaydi. Siz yaratilish ibtidosida abadiy jannat bog'idagi daraxtlar shoxida yoqimli dostonlar kuylar edingiz. Hammangiz shoh siriga mahramlik qilmoqchisiz. Sizning yoqimli sayrashingiz uning tasbehidandir, qo'shiq va dostonlaringizda ham uni ta'rif etasiz. Uning yodi sizga doimo baxt kabi; vaqtingiz esa uni eslab, fikrlash bilan o'tadi. Bir tuban odam sizning to'dangizni hurkitib yuborganda, ko'zingizdan yorug' sham yashirindi.

Qushlar to'dasiga bundan qo'zg'olon yetishib, har biri ovorayu bexonumon bo'ldi. Asl gulshan sari yo’l topa olmayin, balki u xotirdan butunlay ko'tarildi. Bu tuproqni oshyon aylagan ularga dahr bog'i sari mayl etishlikni ayon qildi.

  • Bu g'aribistonda turg'un bo'lganlar ko'nglingizdan u nozu ne'matlar ketgan chog'da, haq ko'mak bersa, men tezlik bilan jahd etib, yana sizni u bilan yondosh etayin.

Bu safarda qiyinchilik va azob-uqubatga bardosh berish kerak va ko'nglingiz unga chidash bersa, bu manzillardan o'tib, g'alabaga erishsangiz, jismingiz ruh kabi sof bo'lsa, sizda o'sha avvalgi hoi yana jilva etadi va visol ayyomiga erishasiz. Shunda shoh sifatlarini bilib olasiz va joningiz abadiy barhayot bo’ladi. Sayr mashaqqatlarining voqifi, shoh bilan kimligingizning orifi bo'lasiz.


Download 168,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish