XXII
Hudhudning To'tiga xitob qilib, uni maqsad yo'liga targ'ib etgani
Ey o'z nutqining shuhrati bilan oliy maqom tutgan shirinso'z To'ti, sayra! Egningdagi yashil libosing bilan shohni izla, yo'ldan ozganlarga Xizr kabi yo'l ko'rsat.
Eng avval o'z manzilingni yodga keltir va ko'nglingni bu umid bilan shod aylagin. Sening asl vataning Hindiston edi. Sen shoh bo'stonining maxsus ichkarisida yashar eding. U yerda shakarlarni yeb, shirin-shakar so'zlarding. Sayrashing — visol shakkaristoni edi. Shoh qo'li — maskanu manzilgohing, o'zi esa so'zlashing holidan ogohing edi. Endi sen bu g'urbatdan ko'chgil va yana o'sha chaman sari parvoz etgil!
Do'stlaringiz bilan baham: |