XVIII
Qushlarning Hudhuddan Simurg'ning zuhur etish ibtidosin so'rashgani hamda Hudhud ularga bu haqda afsona va bu sirli qushdan nishona aytib bergani
Barcha qushlar dedilar:
Ey yo'lboshchi, bizga bu ishning qanday boshlanishi haqida xabar ber. Agar u sulton bo'lib, barcha qushlar unga sipoh bo'lishsa, u xalq orasida avvalo qay tarzda ko'rindi? Uning holati, fe'li, nomi, sifati va zotini kirn ko'rgan? Uni qanday qilib ziyorat qilish mumkin? Bu yo'lda nimalar buyurilganu nimalar man etilganligi to'g'risida ma'lumot ber. Chunki bularni aytish qiyin, aql esa ojizlik qiladi, yuzta donishmand ham bundan devona bo'lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |