XXVII
Tazarv(tustovuq) xiromi tezligida Hudhudning sayrdan so 'z ochgani
Ey noz bilan ishva qiluvchi ra'no Tazarv! Ozoda sarv gulshan aro sening qulingdir. Sening jamoling gulistonga ko'rkamlik baxsh etadi, hattoki gul ham sening qizil yuzing oldida hijolat tortadi. Sen goh bog'larda, goh o'tlog'larda jilva qilasan; bog'u rog'lar sening zeboliging bilan faxrlanadi. Sen ham chaman ahliga sevimlisan: ham vahshiy hayvonlar uchun yoqimlisan. Garchi ra'noliging behad, husn ila zeboliging benihoyat bo’lsa-da, hech qachon o'z husningga mag'rur, o'z jamolingga masrur bo'lmagil. U benuqson husnni ham yod qilib, o't kabi u gulshan tomon yurish qilgil!
Do'stlaringiz bilan baham: |