XXVIII
Durroj(qirg’ovul) ravishi nisbatida Hudhudning qadam urgani
— Kel-kel, ey Durroj! Sen nihoyatda go'zalsan, jon qushi kabi barchaga yoqimlisan. Sen — o'rmonlar bezagi, yurishing yashil maysalarga rivoj beradi. Mastona kuylaring dilni o'ziga tortadi, tinglovchilar ko'nglidan sabrni eltadi. Hay'ating chiroyliyu shakling dilpazir, surating kelishganu nutqing mislsiz! Shuncha yoqimtoy ko'rinish, maftunkor tuzilish, chiroyli va ravon sayrashing bilan hammadan avval sen bu kishandan ozod bo'lib, o'sha shohga ov bo'lsang arziydi. U tuzoq yoyganida joningni fido et, bu ishing bilan sen abadiy umrdan bahramand bo'lasan!
Do'stlaringiz bilan baham: |