www.ziyouz.com
kutubxonasi
12
shunaqa baquvvat edimki, bunaqa quvvatni tengqurlarim orasida kamdan-kam hollarda uchratganman:
jismonan olganda, men pichan o‘rimida mujiklar bilan tengma-teng ishlay olardim, aqliy ish bilan esa
surunkasiga sakkiz-o‘n soat ishlashim mumkin edi. Ishlaganda ham bunaqa zo‘riqish oqibatida, hech
qanaqa aziyat chekmasdim. Ana shunday ahvolda men shunga keldimki, yashay olmay qoldim va
o‘limdan qo‘rqqanimdan jonimga bexosdan qasd qilib qo‘ymasligim uchun o‘zimga nisbatan ba’zi
chora-tadbirlarni ko‘rib qo‘yishga to‘g‘ri keldi.
Ruhiy holatim men uchun shunday ifodalandi: allakim menga qarshi yomon bir bema’ni hazil qilib,
menga shu hayotimni ato etgan. Men o‘zimning «biror» kimsa tomonidan yaratilganimni tan olmas
edim. Shunga qaramay, bu dunyoda meni barpo eta turib, allakim ustimdan yomon bir bema’ni hazil
qilgan degan tasavvur men uchun eng tabiiy tasavvur shakli edi.
Beixtiyor ravishda menda shunday tasavvur paydo bo‘lardi: yuqorida — allaqaerda kimdir bor. U
mening oz emas — ko‘p emas, 30 — 40 yil umr kechirganimni, bu yillar mobaynida o‘qib o‘sganimni,
jismonan va ruhan baquvvat tortganimni, endi esa aqlim butunlay balog‘atga yetganda, men hayotning
eng baland cho‘qqisiga yetib kelganimni, bu cho‘qqidan butun hayotni kaftdagidek ko‘rib turganimni
va shu ahvolda shu cho‘qqi ustida hayotda hech narsa yo‘qligini, hech narsa bo‘lmaganini va bo‘lishi
ham mumkin emasligini aniq-taniq anglaganimcha ovsarlarcha qaqqayib turganimni ko‘rib ustimdan
rosa mazax qilib kulyapti. «U yana kuladi-ya...»
Ammo mening ustimdan kulayotgan bu allakim bormi yo yo‘qmi — buning menga farqi yo‘q.
Men na butun hayotimga, na undagi biron xatti-harakatimga aql bovar qiladigan hech qanaqa ma’no
bera olmadim. Men faqat bir narsaga hayron edim — qanday qilib hayotimning dastlabki fasllarida
mening bunga aqlim yetmadiykin? Bularning bari ko‘pdan beri hammaga ma’lum edi-ku? Bugun
bo‘lmasa ertaga sevgan odamlarim boshiga xastaliklar yog‘ilib keladi, ajal g‘ippa bo‘g‘adi (ba’zilarni
olib ham ketdi). Xastaliklaru ajal mening boshimga ham tushadi va ulardan keyin qo‘lansa hid bilan
qurtlardan boshqa hech narsa qolmaydi. Nimaiki ish qilgan bo‘lmay ularning hammasi unut bo‘ladi,
ertami-kechmi o‘zimning xotiram ham butkul o‘chadi. Shundoq bo‘lgandan keyin bu sarsonu
ovoragarchilikning nima keragi bor? Qanday qilib odamzod bularning barini ko‘rmasligi va yashashda
davom etaverishi mumkin? Hammadan ham hayron qoladigan joyi shunda. Faqat sarxush holatdagina
yashasang bo‘ladi, kayfing tarqashi bilan esa, bularning hammasi yolg‘on, o‘ta behuda va bema’ni
yolg‘on ekanini ko‘rmaslikning iloji yo‘q. Ha, shunaqa, bu ishning hech qanaqa kuladigan joyi yo‘q,
mazax qilishning ham keragi yo‘q, bu o‘ta shafqatsizlik va bema’nilikdan boshqa narsa emas.
Ko‘pdan beri bir sayyoh haqida sharq masalini aytib yurishadi. Sayyoh dashtu biyobonda qahru
g‘azabdan tutaqqan yirtqichga ro‘para kelibdi. Undan xalos bo‘lish niyatida sayyoh suvsiz quduqqa
sakrabdi. Ammo ko‘rsaki, uning tubida dahshatli bir ajdaho sayyohni yeyman, deb og‘zini ochib
turibdi. Sho‘rlik sayyoh nima qilishini bilmay qolibdi — quduqdan qaytib chiqay desa qonsiragan
yirtqichning changalida halok bo‘ladi, quduqning tubiga tushsa, ajdahoga yem bo‘ladi. Quduq
devoridagi yoriqdan bir buta o‘sib chiqqan ekan — yo‘lovchi shu butaning shoxiga ilinib,
Muallaq osilib qoladi. Borgan sari uning bilaklaridan quvvat ketadi, oradan ko‘p o‘tmay qismati
tugashini, ikki tomondan uni kutib turgan xatarning biriga ro‘para kelishini his qiladi, lekin shundoq
bo‘lsa ham, u butani mahkam changallaganicha osilib turaveradi. Bir mahal sayyoh osilgan holida
o‘girilib qarasa, biri qora, biri oq ikkita sichqon u osilib turgan butaning tevaragida baravar uymalanib,
tagidan kemirayotgan emish. Ana, ko‘p o‘tmay, shox o‘z-o‘zidan qirsillab sinadi-yu, sayyoh
ajdahoning og‘ziga tushadi. Sayyoh buni ko‘rib turibdi, u biladiki, muqarrar halok bo‘ladi. Ammo
hozircha osilib turar ekan, u tevarak-atrofiga alanglaydi va shoxning barglarida bir necha tomchi asal
ko‘radi. So‘ng bir amallab, uni tili bilan yalay boshlaydi. Men ham uulli shu sayyohga o‘xshayman:
men ham hayot butog‘iga zo‘r-bazo‘r osilib turibman, bilaman meni parcha-parcha qilib tashlashga
tayyor turgan o‘lim ajdahosi kutyapti; nima uchun men bu mislsiz qiynoqlar changaliga tushib
qolganimni o‘zim tushunmayman. Shunday bo‘lsa-da, men avvallari menga tasalli bergan asalni
yalashga harakat qilaman, lekin bu asal endi menga ortiq huzur baxsh etmaydi, oq sichqon bilan qora
Lev Tolstoy. Iqrornoma
Do'stlaringiz bilan baham: |