www.ziyouz.com
kutubxonasi
13
sichqon, ya’ni tun bilan kun men ushlab olgan shohni kemirgandan kemiryapti. Men ajdahoni aniq-
ravshan ko‘rib turibman va endi asal menga shirin tuyulmayapti. Ko‘zim faqat bir narsani — muqarrar
ajdahoniyu sichqonlarni ko‘ryapti, xolos. Va men Ulardan nigohimni ayirib ololmayapman. Bu esa
masal emas, bu chinakam, hech qanday shubha tug‘dirmaydigan va hammaga ayon bo‘lgan haqiqatdir.
Avvallari yolg‘on hayot quvonchlari ajdahodan taraladigan dahshatni bosib turardi, endi bu meni
ortiq alday olmaydi. Menga «sen hayotning ma’nosini tushuna olmaysan, bu haqda hadeb
o‘ylayverma, yashayver» deb har qancha uqtirishmasin, men buni qilolmayman, chunki avvallari buni
ancha uzoq muddat davomida qilganman. Endilikda qarshimda yugurib ketayotgan va meni o‘lim sari
eltayotgan kun bilan tunni ko‘rmasligimning iloji yo‘q. Men faqat shuni ko‘raman, negaki faqat
shugina haqiqatdir. Qolgan narsalarning hammasi — yolg‘on!
Mening ko‘zlarimni shafqatsiz haqiqatdan boshqa narsalardan ko‘ra uzoqroq vaqt mobaynida
to‘sib turgan anavi ikki tomchi asal esa, ya’ni oilaga muhabbat va men san’at deb atagan yozuvchilikka
ishtiyoq, men uchun ortiq shirasini yo‘qotdi.
«Oila...» — derdim men o‘z-o‘zimga, lekin oila degani — xotin, farzandlar... ular ham odam. Men
qanday sharoitda yashasam, ular ham shunday sharoitda hayot kechiradi; ular ham yo yolg‘onga botib
yashamoqlari kerak yoki dahshatli haqiqatni ko‘rmoqlari zarur. Ular nima uchun yashamoqlari kerak?
Nima uchun men ularni sevmog‘im kerak? Ularni avaylab, ularga g‘amxo‘rlik qilib, o‘stirib nima
qilaman? Ular ham menga o‘xshash tushkunlik o‘tlarida qovrilsinmi yo hamoqat uchunmi? Ularni
yaxshi ko‘radigan bo‘lsam, men ulardan haqiqatni yashira olmayman — bilish bobida qo‘yilgan har bir
qadam shu haqiqatga olib boradi. Haqiqat esa — o‘lim!
«San’at, poeziya?..» Odamlarning maqtovi ta’sirida men uzoq vaqt davomida o‘z-o‘zimni
ishontirib keldimki, bu ishni bajarsa bo‘ladi. Ha, qay bir soniyada o‘lim keladi, u hamma narsani —
meni ham, ishimni ham, ular haqidagi xotirani ham mahv etadi, ammo shunga qaramay, bari bir, u
ishni bajarish kerak. Biroq ko‘p o‘tmay ko‘rdimki, bu ham yolg‘on ekan. Menga shu narsa ayon ediki,
san’at hayotning bezagidir, kitobxonni avrab, hayot qo‘yniga chorlaydi. Ammo hayot men uchun
o‘zining jozibasini yo‘qotib bo‘lgan, shunday bo‘lgach, men qanday qilib boshqalarni avrashim
mumkin? Men hali o‘z hayotim bilan yashay boshlamagan kezlarda, begona hayot to‘lqinlarida suzib
borar ekanman, hali men ifodalashni bilmasam-da, «hayotda ma’no bor» deb ishonib yurgan
paytlarimda har xil tusdagi hayotning she’riyatda va san’atda aks etishi menga huzur baxsh etar edi,
men san’at ko‘zgusidagi hayotni tomosha qilib zavqlanar edim, ammo men hayotning ma’nosini qidira
boshlaganimdan keyin, men o‘zim yashamog‘im zarurligini his qila boshlagandan so‘ng, bu ko‘zgu
men uchun yo ortiqcha, keraksiz va kulgili buyumga aylandi yoki menga azob bera boshladi. Ko‘zguda
ko‘rgan narsalarim, unda aks etgan ahvolimning bema’niligi va tushkunligi menga ortiq tasalli bermay
qo‘ydi. Qalbimning ich-ichida mening hayotimda ma’no bor deb ishongan paytimda men bajonidil bu
ko‘zgudagi narsalarni ko‘rib xursand bo‘lardim. U kezlarda ana shu nur va soyaning o‘yini —
hayotdagi kulgili, fojiona, ta’sirli, go‘zal, dahshatli narsalarning hammasi menga bir ermakday edi.
Ammo hayot bema’ni va dahshatli narsa ekanini bilganimdan so‘ng ko‘zgudagi o‘yin meni ortiq
mashg‘ul qilmay qo‘idi. Mening tayanchimni kemirayotgan sichqonlar bilan ajdahoni ko‘rganimdan
keyin asalning toti men uchun sira ham totli bo‘lmay qoldi.
Ammo bu hali hammasi emas edi. Agar men hayotning ma’nosi yo‘q ekanini shunchaki tushunib
qo‘ya qolganimda, buni bilib xotirjam bo‘lib qo‘ya qolishim, «ha, endi qismatim shu ekan-da» deb
ko‘nib qo‘ya qolishim mumkin edi. Ammo men shuning o‘zi bilan xotirjamlanib qo‘ya qolmas edim.
Agar men bir o‘rmonda istiqomat qilsamu shu o‘rmondan chiqib ketadigan yo‘l yo‘q ekanini bilsam,
yashayverishim mumkin edi. Biroq men o‘rmonda adashib qolgan bir kimsa edim. U adashganini bilib,
yanada tahlikaga tushadi, har tomonga bosh urib, yo‘lni topib olgisi keladi, har bir qadami uni yanada
chalg‘itayotganini yaxshi biladi, biroq shunga qaramay, o‘zini har yonga urishdan to‘xtata olmaydi.
Ana shunisi dahshatli edi. Bu dahshatdan xalos bo‘lmoq uchun men o‘zimni o‘zim o‘ldirmoqchi
bo‘ldim. Men boshimga tushajak dahshatni o‘ylab, benihoya dahshatga tushdim, bu dahshat yuz
Lev Tolstoy. Iqrornoma
Do'stlaringiz bilan baham: |