Microsoft Word конструкция doc qisqartirilgan doc



Download 3,39 Mb.
bet69/102
Sana25.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#702768
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   102
Bog'liq
KONSTRUKSION MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI (2) iskasndar

Kiryalash texnologiyasi. Metallarni kiryalash jarayonini umumiy holda tubandagi operatsiyalarga bo‘linadi:

  1. Zagotovka strukturasini yaxshilab, plastikligini oshirish maqsadida yumshatish;

  2. Zagotovkaning sirtidagi oksidlarni tozalash uchun sulfat kislotaning kuchsiz eritmasiga tushirib ma’lum vaqt saqlash;

  3. Zagotovkani qolgan kislota eritmasidan holi etish uchun suvda yuvish;

  4. Zagotovkani bir uchini kirya ko‘ziga kiradigan qilib o‘tkirlash;

  5. Kirya bilan zagotovkaning ishqalanish kuchini kamaytirish uchun moylash;

  6. Kiryalashda olingan buyumni sirt qattiqligini kamaytirish uchun yumshatish;

  7. Olingan buyumning uchini kesib, tekislab, zaruriy o‘lchamga keltirish.



  1. bob. METALLARNI PRESSLASH




l-§. Umumiy ma’lumot


Ma’lumki, havol silindr (konteyner)ga kiritilgan zagotovkani matritsa ko‘zidan siqib chiqarish jarayonga presslash deyiladi. Bunda olinadigan buyumning butun bo‘yi bo‘yicha ko‘ndalang kesim o‘lchami matritsa ko‘zining o‘lchamiga teng bo‘ladi.


Zagotovkaning plastiklik darajasiga ko‘ra presslash sovuqlayin va qizdirilgan holda olib boriladi. Masalan, qo‘rg‘oshin, qalay va ularning qotishmalari sovuqlayin
presslansa, alyuminiy, mis, nikel, magniy va ularning qotishmalari, po‘latlar qizdirib presslanadi.
Presslash usulining ish unumi yuqori, aniq o‘lchamli, murakkab shaklli turli profillar olishga imkon beruvchi istiqbolli usullardan biridir.
Metallardan turli profilli buyumlar olish uchun zagotovka qalin devorli silindr bo‘shlig‘i (konteyner)ga kiritiladi. Uning bir tomoniga matritsa o‘rnatilgan. Presslashda press- shayba konteyner bo‘ylab asta surilib, metallni matritsa ko‘zidan siqib chiqaradi (59-rasm, a). Puansoni esa o‘z nav- batida pressning gidravlik silindrining asosiy porsheni bilan bog‘lanadi.
Ish jarayonida gidravlik silindrga suv 150–200 atm. (14,7-19,6 MPa) bosimda kiradi.
Press-shaybali puansonni orqaga surish esa ikkita maxsus qaytarish silindri vositasida bajariladi.
Presslashda zagotovkaning markaziy qismi zarralarining matritsa ko‘zidan o‘tish tezligi chetroq qismlaridagidan kattaroq bo‘ladi. Shuning uchun ham konteynerdagi zagotovkaning press-shayba tomoni bo‘sh voronkaga o‘xshaydi.
Presslashda voronkaning uchi matritsaga yaqinlashganda jarayon to‘xtatiladi va konteynerda qolgan metall press qoldiq deb ataladi. Odatda, metallarni to‘g‘ri presslashda press qoldiq miqdori zagotovka og‘irligining 15–18 foizini tashkil etadi.
Presslashning asosiy xususiyati shundaki, metallni har tomonlama notekis siqilishi uning plastik deformatsiyalanish darajasini orttiradi. Bu esa plastikligi pastroq metallarni ham ishlashga imkon beradi. Sanoatda metallarni presslashning ikki usuli bo‘lib, bulardan biri to‘g‘ri presslash, ikkinchisi esa teskari presslashdir. Yuqorida metallarni to‘g‘ri presslash usuli bayon etildi. Quyida teskari presslash usuli
bilan tanishamiz.



Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish