Microsoft Word конструкция doc qisqartirilgan doc


-§. Metallarni uzluksiz prokatlash



Download 3,39 Mb.
bet65/102
Sana25.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#702768
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   102
Bog'liq
KONSTRUKSION MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI (2) iskasndar

2-§. Metallarni uzluksiz prokatlash


Zagotovkani bo‘ylama prokatlashning boshlanishida uni qarama-qarshi tomonga aylanuvchi jo‘valar oralig‘iga ma’lum R kuch bilan suriladi. Bunda zagotovkaning jo‘valar bilan uchrashgan A nuqtasiga zagotovkaga (jo‘valar yuzasiga tik bo‘lgan) ta’sir etuvchi reaksiya kuch R hosil bo‘ladi va bu kuch jo‘valarning vertikal o‘qi bilan qamrash burchagi deb ataluvchi a burchakni hosil qiladi.


R kuchning zagotovkaga ta’siri, o‘z yo‘nalishiga tik va jo‘valar yuzasiga urinma bo‘lgan ishqalanish kuchi T ni uyg‘otadi.

Agar bu kuchlarni vertikal va gorizontal kuchlarga ajratsak, unda R kuch Rx va Ru kuchlarga, T kuch esa Tx va Tu kuchlarga ajraladi. Vertikal kuchlar Ru va Tu bir tomonga yo‘nalgan bo‘lib, zagotovkani jo‘valar oralig‘iga qisadi. Gorizontal kuchlar (Rx va Tx) esa turli tomonga yo‘nalgan bo‘lib, Rx kuch zagotovkaning jo‘valar oralig‘iga surilishiga qarshilik ko‘rsatsa, Tx aksincha ko‘maklashadi.
Binobarin, prokatlashning borishi uchun Tx > Rx bo‘lmog‘i lozim.
Ma’lumki, Rx = R sin α; Tx - T cos α. Agar yuqorida keltirilgan shartdagi ko‘rsatkichga bu qiymatlarni qo‘ysak, T cos α > R sin α bo‘ladi.
Mexanikadan ma’lumki ishqalanish kuchi T=R·f, bo‘ladi bundagi f – ishqalanish koeffitsiyenti. Agar T ning o‘rniga uning qiymatini qo‘ysak, qamrash sharti
R·f cos α > R sin α

yoki,

ko‘rinishga o‘tadi.


f > tg α



Ma’lumki, ishqalanish koeffitsiyenti ishqalanish burchagining tangensiga teng φ > α ko‘rinishga o‘tadi.
Bu ma’lumotlardan shunday xulosaga kelsa bo‘ladiki, prokatlashni borishi uchun ishqalanish burchagi qamrash burchagidan katta bo‘lmog‘i kerak.
Amalda po‘latlarni qizdirib ishlashda silliq jo‘valar uchun α = 20-24° oralig‘ida olinadi. Qamrash burchagi α, jo‘valar diametri D va zagotovkaning absolyut qisilishi (No- N) qiymatlariga bog‘liq. Bular orasidagi bog‘lanish bilan tanishaylik.
59-rasmdan AV = OV - OA, = R - OA
OA1= R- cos a.
Shuning uchun

AB = H0 - H = R - Rcos a
1 2
H0 - H = D - D cos a D · cos a = D - (H0 - H)
cos a = D (H0 - H) = 1 - H0 - H Dh
D D D
Bu bog‘lanishlardan tubandagi xulosaga kelish mumkin:

  1. bir xil siqishda jo‘valar diametri ortgan sari qamrash burchagi kichrayadi;

  2. qamrash burchagi o‘zgarmaganda jo‘valar diametri ortgan sari siqish qiymati ortadi;

d) jo‘valar diametri o‘zgarmaganda qamrash burchagi ortishi bilan siqish qiymatlari ortadi.
Ma’lumki, metallarni bo‘ylama prokatlashda prokatlash tezligi ish unumini xarakterlovchi asosiy ko‘rsatkichdir. Amalda prokatlash tezligini jo‘valarning aylanishidagi chiziqli tezlikka teng deb olinadi, ya’ni
  2 r n м / sek,
60
bunda, υ – prokatlash tezligi, m/sek; r – jo‘valar radiusi, mm; n – jo‘valarning bir minutdagi aylanishlari soni.
Prokatlash tezligi prokat turiga, zagotovkaning holatiga va boshqa faktorlarga bog‘liq. Masalan, list prokatlashda 15 m/sek, sim prokatlashda 35 m/sek ga yetadi. Aslida metallni prokatlash tezligi (zagotovkaning jo‘valar oralig‘idan vaqt birligida o‘tish tezligi) jo‘valarning aylanishidagi chiziqli tezligidan 3–5% ortiq bo‘ladi, chunki metall prokatlash yo‘nalishi tomon oqadi. Metallarni prokatlash uchun foydalaniladigan zagotovka odatda quyma bo‘lib, prokatlash natijasida olingan mahsulotga prokat deyiladi. Prokatning profillari va o‘lchamlari xilma-xil bo‘ladi, shu sababli, ularni sortamentlar deb ataladi.
Prokatlarni quyidagi asosiy guruhlarga ajratiladi: l.Sortli prokat. Bu mahsulotlarni o‘z navbatida yana ikki guruhga ajratiladi:

  1. oddiy geometrik shaklli prokatlar – list, polosa, doiraviy, kvadrat va boshqalar;

  2. murakkab geometrik shaklli profillar shveller, rels, qo‘shtavr va boshqalar (bu guruhga turli maxsus tayyor- lanuvchi profillar ham kiradi).

  1. List prokat. (Listning qalinligi 4 mm gacha bo‘lsa –

yupqa, 4–60 mm bo‘lsa – qalin listlar deb ataladi).

  1. Trubaga mo‘ljallangan po‘lat prokat. Bu prokat mahsulotlari choksiz va chokli trubalar olishga mo‘ljallangan bo‘ladi.

  2. Maxsus po‘lat prokat. Bu mahsulotlarga vagon g‘ildiraklari, tishli g‘ildiraklari kiradi.

  3. Davriy prokat. Bu mahsulotlarning ko‘ndalang kesimi uzunligi bo‘yicha o‘zgaruvchan bo‘ladi. Masalan, vagon o‘qi, shatunlar va boshqalarning zagotovkalari kiradi.




Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish