Nabonid 17 yillik (miloddan avvalgi 555-538-yillar)
hukmdorligi davrida mamlakat butunligini saqlash uchun qattiq
kurash olib borgan. U shohligining dastlabki yillari shimoliy Suriyada
ko‘tarilgan qo‘zg‘olonni bostirib, Xamat hamda Amurru
mamlakatiga qo‘shin tortib, to Edemning janubigacha yetib boradi.
Ammo Bobil uchun asosiy xavf uyasi bu yerda emas edi. Suriya bilan
Falastin bostirilgan, shuningdek, kuchsizlanib qolgan Misrdan yordam
kuta olmasdilar. Tir shahrini Nabonid podsho qilib ko‘targan Xiram
II idora qilar edi. Mesopotamiyaning shimoliy qismida Bobil uchun
ancha mushkul ahvol yuzaga keladi. Midiya hukmdori Astiag
(Ishtuvegu) Shimoliy Mesopotamiyaga yurib, Xarran o‘lkasiga kirib
boradi. Yozuvlardan ma'lum bo‘lishicha, Nabonid
Do'stlaringiz bilan baham: |