“ummanmand”larga (midiyaliklarga) qarshi chiqadi-yu, lekin
midiyaliklarni undan avval Anshana shohi Kayxisrav tor-mor
keltiradi. Midiya hukmdorligining yemirilib, Eron yuksalayotganini
ko‘rgan
Nabonid o‘zining shimoliy-g‘arbiy chegaralarini
mustahkamlashga qaror qilgan va shu sababli, o‘z so‘zlariga ko‘ra,
Xarranda bu yerga midiyaliklarning xurujidan katta zarar ko‘rgan
muqaddas qadamjolarni tiklashga alohida e'tibor bergan.
Eron bosqini xavfini avvaldan sezgan Nabonid Arabiston bilan
aloqalarini mustahkamlash niyatida Teymaga lashkar tortib, uni bosib
olib, o‘z qarorgohiga aylantiradi. Nabonid Teymada o‘zini bir qadar
tinch sezardi. Siyosat maydonidagi vaziyat Bobil saltanati uchun
tobora xavfli bo‘lib bordi. Eron shohi Kayxisrav miloddan avvalgi
550-yilda Midiyani bo‘ysundirib, Lidiyaga qarshi otlanadi. Lidiya
saltanatini egallab, shu orqali Mesopotamiyani Sharq va shimoldan
o‘ziga qarashli yerlari bilan o‘rab oladi. Eron shohining barcha
yutuqlari Bobil qaydlarida batafsil ko‘rsatilgan. Qaydnomaning
Do'stlaringiz bilan baham: |