1845-1847-yillarda ingliz diplomati G.A. Leyyard Nimrud
tepaligida arxeologik qazishlarni amalga oshirdi. Bu mutaxassis Sharq
tillarini yaxshi bilib, YAqin Sharq bo‘ylab ko‘p sayohat qilgan edi.
G.A. Leyyard Nimrud tepaligi ostida saqlanib qolgan Ossuriya
shahri - Kalxu xarobalarini kashf etdi. Bu shaharda podsholar
saroylari, qasrlar, insu jinslardan saqlaydigan ho‘kiz-odam, sher-odam
tasvirlari tushirilgan yirik haykallar, turli manzaralarni aks ettirgan
relyeflar va boshqa madaniy yodgorlik qoldiqlari topilgan.
1847-yilda G.A. Leyyard yana bir ajoyib kashfiyot qildi. U
Kuyunjik tepaligida qazish ishlarini olib borib (E.P.Botta «bu
tepalikda qazish ishlarini amalga oshirish natija bermaydi», deb
aytgan), Ossuriyaning dushmanlar tomonidan yondirilgan va vayron
qilingan poytaxti - Nineviya shahri, shu bilan birga miloddan avvalgi
VII asrda yashagan podsho Sinaxerib hamda nevarasi
Ashshurbanipal saroyi va kutubxonasini topdi. Kutubxonadan loydan
ishlangan mixxatli yozuvlar topildi. Mutaxassislarning fikricha,
Ashshurbanipal kutubxonasi saroyning ikkinchi qavatida joylashgan
bo‘lib, yong‘in chog‘ida qulab tushgan. Mixxatli jadvallar katalogida
o‘sha vaqtdagi asarlar ro‘yxati berilgan. Har bir jadvalga
Do'stlaringiz bilan baham: |