Miloddan avvalgi VII asr boshlarida Bobil
quldor zodagonlari katta nufuzga ega bo‘lganlar.
Katta ibodatxonalarning bosh kohinlari shular
tarkibiga kirgan. Bobil podsholigining
chegaralarini mustahkamlash muhim siyosiy vazifalardan biri bo‘lgan.
Bobil uchun ikki daryo oralig‘ining shimoliy-g‘arbiy qismida
mustahkamlanib olish zarur edi. Ossuriyaning kuchsizlanganidan
foydalangan Psamtik Misrning Falastinga bo‘lgan siyosiy ta'sirini
qaytadan tiklash maqsadida miloddan avvalgi VII asr oxirida bu
yerga bostirib kiradi. Misrning navbatdagi fir'avni Nexo nafaqat
Falastinni, balki Finikiya bilan Suriyani ham bosib olish maqsadida
ishga kirishadi. Misr fir'avni Megiddo yaqinidagi jangda yahudiy
qo‘shinlarini tor-mor keltirib, Quddusga xiroj solib, Finikiya
shaharlarini qo‘lga kiritadi. U Sidon shahrida zafarnomasini yozib
qoldirgan.
Harbiy kuchlari yetarli bo‘lmagan Nexo butkul mag‘lub bo‘lib,
shoshilinch ortga chekinishga majbur bo‘lgan. Navuxodonosor II
Do'stlaringiz bilan baham: |