Tarix. Qadimgi Rim va Rim imperiyasining o‘tmishi to‘g‘risida
ko‘p asarlar bitilgan. Avgust pritsipati davrida Tit Liviy 142 traktatdan
iborat “Rimning ta'sis qilinganidan buyongi tarixi”ni yozgan.
Milodiy I asr oxirida Dionisiy Galikarnasskiy Avgustga xushomad
qilib, yunonlar etnik jihatdan rimliklarga yaqin deb, bu fikrni
isbotlashga uringan. U yaratgan yirik tarixiy asarlar bizga qadar yetib
kelmagan. Shuningdek, tarixchi Yusuf ben Mattafinning asarlari
dunyo yuzini ko‘rdi. Ko‘proq Yusuf Flaviy nomi bilan tanilgan bu
tarixchi milodiy 66-73 yillarda Yahudiyada bo‘lib o‘tgan
qo‘zg‘olonda qatnashgan. U o‘zining “Yahudiy urushi to‘g‘risida” va
Do'stlaringiz bilan baham: |