Savollarga Javob



Download 39 Kb.
bet1/2
Sana29.12.2021
Hajmi39 Kb.
#85257
  1   2
Bog'liq
Savollarga Javob 9


Savollarga Javob.

1. Psixikaning individual jihatdan o‘ziga xos, tabiiy jihatdan shartlashgan dinamik ko‘rinishlar majmui kishining temperamenti deb ataladi.

Temperament haqidagi dastlabki nazariya antik dunyoga borib taqaladi. Masalan: eramizdan oldingi 6-asrda yashagan yunon meditsinasining yirik vakili Gippokrat birinchi bo‘lib odamlarning har xil xususiyatga ega ekanligiga e’tibor bergan va bu har xillikning sababini aniqlashga harakat qilgan. U kishilar temperamentining organizimdagi suyuqliklarga (qon, shilimshiq parda, o‘t)ga karab uch turga bo‘ladi. Nemis psixiatri E.Krechmer Keyinchalik ham temperament va uning asosi haqida olimlar tomonidan xilma-xil nazariyalar yaratildi. Masalan, 18-asr oxirida yashagan Immanuel Kant qonning invidual xususiyatlari temperamentning tabiiy asosi hisoblanadi, degan edi. P.F.Lesgaftning g‘oyasi ham shu nuqtai-nazarga yaqin edi. Bu olim temperamentning asosida qon aylanishi (jumladan, qon tomirlari kengligi va tarangligi, ularning bo‘sh joyi diametri, yurakning shakli va hokazolar) xususiyati yotadi deb yozgan edi.

Temperamentning nerv-fiziologik mexanizimini ilmiy asosda tushuntirib bergan kishi I.P.Pavlov bo‘ldi. U o‘z umrining ko‘p qismini oliy nerv sistemasi faoliyatini o‘rganishga bag‘ishladi. Uning tadqiqotlari natijasida odamdagi individual farqlar asosida qo‘zg‘alish va tormozlanish o‘rtasidagi vazminlik yotishi aniqlandi.


2. Nerv sistemasi kuchi tipning eng muhim ko‘rsatkichdir.Nerv faoliyatining tipi - organizimning tabiiy xususiyatidir. U nasliydir, lekin butunlay o‘zgarmas hisoblanmaydi, u rivojlanishda va ma’lum darajada atrofdagi sharoit, muhit ta’siri tufayli o‘zgaradi.

Temperament tiplarining kelib chiqishida, yuqorida aytganimizdek, irsiyat asosiy rol o‘ynaydi. Agar irsiy fiziologik xususiyatlari bir xil bo‘lgan bitta tuxumdan paydo bo‘lgan (gomozigot) egizaklarning temperament xususiyatlarini irsiy fiziologik xususiyatlari unchalik bir xil bo‘lmagan, ikkita tuxumdan paydo bo‘lgan (geterozigot) egizaklarning temperament xususiyatlari bilan solishtirsak, bu narsa juda yaqqol ko‘rinadi. Temperament tiplari xususiyatlarini mumkin qadar o‘quvchilar tarbiyasi jarayonida ham hisobga olish zarur. Masalan, melanxolik o‘quvchini harakatlari uchun keskin koyish uning ruhini tushurib yuboradi. O‘ziga ishonmasligini yana orttirib yuboradi va o‘z kuchiga shubha bilan qaray boshlaydi.


3. Xarakter yunoncha so‘z bo‘lib «zarb qilish», «belgi qo‘yish» degan ma’noni bildiradi. Haqiqatdan ham xarakter kishining jamiyatda yashab egallaydigan alohida belgilaridir. SHaxsning individualligi temperament singari xarakterda ham namoyon bo‘ladi. Xarakter – bu shaxsning faoliyat va muloqoti jarayonida tarkib topadigan va namoyon bo‘ladigan individual xususiyatlari bo‘lib, individ uchun u tipik xulq-atvor xislatlari bo‘lib hisoblanadi.
4. Xarakterning strukturasi uning ayrim xususiyatlari o‘rtasidagi qonuniy bog‘liqlikda namoyon bo‘ladi. Agar kishi qo‘rqoq bo‘lsa, u tashabbuskorlik, qat’iylik va mustaqillik, fidokorlik va oliyhimmatlilik fazilatlariga ega bo‘lmaydi, deb aytish uchun asoslar bor. SHu bilan birga xarakteri bo‘yicha qo‘rqoq kishidan itoatkorlik va xushomadgo‘ylikni, kuchli kishiga nisbatan konformlilikni, qizg‘onchilikni, sotqinlikni, ishonchsizlik va ehtiyotkorlikni kutish mumkin.

Yuqoridagilardan kelib chiqib xarakterning to‘rtta sistemasini farqlash mumkin:

1. Jamoaga va ayrim odamlarga bo‘lgan munosabatlarni ifodalovchi xarakter xususiyatlari: yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takaburlik va boshqalar.

2. Mehnatga bo‘lgan munosabatni ifodalovchi xarakter xislatlari: mehnatsevarlik, vijdonlilik, ishga mas’uliyat bilan qarash, boshlagan ishni oxiriga etkazish, yalqovlik, mas’uliyatsizlik kabilar.

3. Narsalarga bo‘lgan munosabatlarni ifodalovchi xarakter xislatlari: ozodalik yoki ifloslik, narsalarni ayab ishlatish yoki ayamaslik, ularga nisbatan ehtiyotkorlik yoki aksincha kabilar.

4. Odamning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlarini ifodalovchi xarakter xislatlari: izzat-nafslilik, o‘z sha’nini ehtiyot qilish, kamtarlik, o‘ziga ortiqcha baho bermaslik yoki shuhratparastlik, mag‘rurlik, dimog‘dorlik, o‘zini kata olish kabilar.

Xarakterning kishida ko‘rinadigan va tilimizda o‘z ifodasini topgan xususiyatlari behad ko‘p bo‘lib, mingdan ortiqni tashqil etadi. SHu sababli xarakterning o‘zgarib turadigan xususiyatlarini sanab va tasniflab berish juda qiyin. Bundan tashqari hozirgacha psixologiyada aniq bir tasniflash sxemasi ishlab chiqilgan emas. Xarakterning u yoki bu xususiyati miqdoriy ifodaliligi oxirgi marraga etib va norma chegarasiga borib qolganda xarakterning aksentuatsiya /ortiqcha urg‘u berilishi/ deb ataladigan vaziyat paydo bo‘ladi. Xarakterning ortiqcha urg‘u berilishi – ayrim xarakter xususiyatlarining kuchayishi natijasi sifatida normaning oxirgi chegarasidir.


Download 39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish