Seket Propersiy va boshqa shoirlar Metsenat to‘garagiga a'zo
bo‘lganlar. Vergiliy Metsenatning iltimosiga binoan, “Georgiklar”
dostonini yaratib, hayotining so‘nggi yillarida Avgustning talabiga
binoan katta epik doston ustida ishlagan. Gomer dostonlari yunonlar
uchun shunday zo‘r asar bo‘lishi Shart edi. Vergiliy “Eneida”sida
Gomer dostonlarining syujetiga taqlidan troyanlik Eneyning yurtma-
yurt yurishi va Italiyaga kelishini tasvirlagan. Doston qahramoni Rim
patritsiylari - Yuliylar urug‘ining afsonaviy asoschisi bo‘lib, dostonda
Yuliy Sezar ham shu urug‘ vakili sifatida tilga olinadi. “Eneida” lotin
she'riyatining cho‘qqisi bo‘ldi: Rimda biron-bir shoir Vergiliydan
oldin ham, keyin ham bunday o‘tkir, xushohang va kuchli she'riy
obraz va tasvirlar bilan to‘lib toshgan, yorqin asar yaratmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |