Vasudeva II, Kanishka III, Vasudeva III. Madxura va Sanchi
yaqinida topilgan va 24-28 yillarga oid deb hisoblangan hind
yozuvida Kanishkadan keyin Vasishka hukmdor bo‘lganligi
So‘nggi kushonlar.
215
aytilgan
1
. Vasudeva ham uzoq yillar hukmron bo‘lgan. Uning
yozuvlari va tangalari Panjob va qo‘shni viloyatlardan topilgan. III
asrda buyuk imperiya mayda davlatlarga bo‘linib ketdi. Vasudeva III
davridayoq Kushon davlatining inqirozga uchragani ayon bo‘ldi.
Uning avlodlari qudratli Sosoniylar va Eron davlatlari bilan kurash
olib borgan. Ayrim olimlar III asrning o‘rtalarida Shopur I (241-
272) hukmronligi davrida Kushon davlati Sosoniylar imperiyasi
tarkibiga kirgan deb aytadilar. Ammo X asrda yashab o‘tgan arab
tarixchisi Tabariyning yozishicha, Sosoniylar Sharqda Seyiston,
Abrashahr, (Xurosonning bir qismi), Marv, Xorazm, Balx va
Xurosonning chekka o‘lkalarigacha egallab olganlar. Marvdan Forsga
qaytishda Kushon va boshqa davlatlar hukmdorlari Sosoniylarga itoat
qilishlarini bildirganlar. Kushon imperiyasining so‘nggi yillari uning
ixtiyorida faqat Gandxara viloyati qolgan bo‘lib, shu tariqa qadim
Sharqdagi eng yirik imperiya siyosiy maydonni tark etgan.
Imperiyaning etnik jihatdan turlicha bo‘lganligi numizmatik
tadqiqotlar bilan ham isbotlandi. Bu davr tangalarida eron, hind, ellin
yozuvlari uchraydi. Bu topilmalarga ko‘ra hind ma'budalari orasida
Shiva, Maxasena, Vishkxu, Skandakumar ismlari keng tarqalgan.
Keyingi uch ism Shivaning o‘g‘li hisoblangan urush ma'budasi
Shivaitiga tegishli. Kanishka tangalarida Buddaning tasviri ham
bo‘lgan. Old Osiyo va Ellin xudolari Gelios, Gefest, Selena alohida
guruhni tashkil etgan. Ba'zi olimlar bu nomlarning turli-tumanligi
mamlakat tarixiy jarayoniga bog‘liq deydilar. Bundan tashqari
tangalar faqat pul bo‘lib qolmay, balki g‘oyaviy qurol vazifasini ham
o‘tagan. Chunki bu turli elatlardan iborat imperiyani birlashtirish
yo‘llaridan biri edi.
Bu davr Janubiy Hindistonda savdo-sotiq rivojlandi, madaniyat
yuksalib, shaharlar ko‘paydi. Xususiy yer egaligi yanada taraqqiy etdi.
Shoh o‘z yerlaridan bir qismini xususiy shaxs va braxmanlarga in'om
qilar, bunday yerlar soliqdan ozod etilardi. Feodal tizim, dastlab,
Dekanda shakllana boshladi. Yerni amaldorlar bilan birgalikda
dehqonlarga in'om qilish haqida I asr Dekan qo‘lyozmalarida qayd
etilgan. Ajanta, Amavarati va Nagarjunikandada topilgan mashhur
1
World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin,
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011
216
haykalchalar, ilk tamil dostonlari bizga Dekan va Janubiy Hindiston
aholisining hayoti va mamlakatlari haqida ma'lumotlar beradi.
Qadimgi Hindistonda iqtisodiy taraqqiyot. Qishloq xo‘jaligi.
Kushon va guptalar davlatining qariyb barcha viloyatlari yerlari
qishloq xo‘jaligi uchun yaroqli edi. Ekin maydonlarini faqat botqoq va
chakalakzorlar hisobiga kengaytirish imkoni mavjud bo‘lgan. Gang va
Janubiy Hindiston davlatlari siyosiy mavqyeining oshishi yangi
yerlarni o‘zlashtirishga olib keldi. Bu davrda qishloq xo‘jaligining
iqtisodiyotdagi umumiy salmog‘i chorvachilik, o‘rmon xo‘jaligi,
baliqchilik hisobiga ortdi. Bu hududlarda ekin maydonlariga samarali
ishlov berish usullari qo‘llana boshlandi. O‘g‘itlash, almashlab ekish,
urug‘ tanlash kabi amaliy ishlardan keyin yiliga ikki-uch marta hosil
olish imkoniyati tug‘ildi. Bu davrga kelib guruchning bir necha
navlari ma'lum bo‘lgan. Tabiiyki, ular mamlakat viloyatlarining iqlim
Sharoitiga moslashtirilgan. Katta mehnat talab etgan guruch kabi
dehqonchilik mahsulotining ko‘plab yetishtirilishi bu sohada muayyan
yutuqlarga erishilganidan dalolat beradi. Bu to‘g‘rida yozma
ma'lumotlarda ham aytib o‘tiladi. Shuni ham aytish lozimki, guruch
xorijiy mamlakatlarga ham sotilgan. Paxtachilik rivojlanib, gazlama
va bo‘yoq sanoatida ham ma'lum yutuqlarga erishilgan.
Bu davrda Hind vodiysida o‘rmonlar kamayib ketganligi sababli,
pillachilikka e'tibor bir muncha pasaygan bo‘lsa ham, shimoliy
o‘lkalarda u asosiy mashg‘ulotlardan biri bo‘lib qolaverdi. Baliqchilik
esa yaxshi rivojlanmadi. Tadqiqotchilar buning ikki sababi bor deb
aytadilar:
1. Dengiz qirg‘oqlarining qiyaligi dengizchilik va kemada
suzishni qiyinlashtiradi.
2. Yuqori tabaqalar bu ishga past nazar bilan qarashgan.
Hindistonda sun'iy sug‘orish usuli qadimdan mavjud bo‘lib, biz
o‘rganayotgan davrda ham bunday sug‘orish keng tarqalgandi.
Manbalarda turli to‘g‘on va hovuzlar bunyod etilgani haqida
ma'lumotlar bor. 150-456 yillarda olimlar sug‘orish ishlari uchun
mo‘ljallangan juda katta sun'iy ko‘l bo‘lganligini e'tirof etganlar.
Shuningdek, kanallar qazilgan, eng katta kanallardan biri Orissa
viloyatidagi kanal bo‘lgan.
Hunarmandchilik. Bu davrda hunarmandchilik yanada rivojlandi.
Kushonlar davrida, ayniqsa, kulolchilik taraqqiy etdi. Toshga ishlov
217
berishda ham katta yutuqlarga erishildi. G‘orlarda Ajanta, Ellora va
Bxubaneshvar singari ulug‘vor yodgorliklar saqlanib qolgan. Qadimgi
toshtarosh, rassom va me'morlar san'ati hozir ham odamlar e'tiborini
o‘ziga tortib kelmoqda. Antik mualliflarining yozishicha, ko‘plab
ibodatxonalar o‘z mahobati bilan barchani hayratga solgan. Yer osti
toshlaridan ibodatxonalar qurish ham o‘sha davrda boshlangan.
Bunday ishlar ulkan mashaqqat va mohirlik talab etgan.
Shahar uylari, odatda, bir necha qavatli qilib qurilgan. Bir sayyoh
Do'stlaringiz bilan baham: |