Miloddan avvalgi IX-VIII asrlardayoq midiyaliklar jamoasida
urug‘chilik tuzumining yemirilish jarayoni boshlangan va ijtimoiy
tabaqalanish yuzaga kelgan. Bir tomondan, urug‘doshlar orasidan
zodagonlar ajralib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa
dehqonchilik va o‘troq chorvachilikning rivojlanishi bilan bir qatorda
qulolchilik ham paydo bo‘lgan. Miloddan avvalgi IX-VIII asrlarda
ossuriyaliklarni midiyaliklar bosqinidan muntazam ravishda muhofaza
qilish uchun qulchilik muhim o‘rin tutgan. Bu hol midiyaliklarni
qabila ittifoqiga birlashishini va Midiya quldorlik davlatini tashkil
topishini tezlashtirdi. Bunga mulkiy tengsizlik hamda qullar sonining
oshib borishi ham sabab bo‘lgan. Lekin shunga qaramay, bu davlat
endigina shakllanayotgan edi. Ossur yozuvlari va boshqa manbalarda
qayd etilishicha, Midiya davlatini shohlar boshqargan.
Do'stlaringiz bilan baham: |