XX asrning 20-yillarida Xarappa madaniyatining kashf etilishi
va uni tadqiq etish qadimgi hind sivilizatsiyasining boy, yuksak
darajada taraqqiy etganini isbotlaydi. Xarappa madaniyatini Hind
vodiysi yoki protohind sivilizatsiyasi deb ham ataydilar. Ushbu
madaniyat yodgorliklarini qazib olish ishlari hamon davom etmoqda.
Sivilizatsiyaning
paydo bo`lishi
180
Protohind sivilizatsiyasi muammolariga bag‘ishlangan asarlar soni
1971-yilda 1500 dan oshib ketdi. Uni o‘rganishning avvalgi bosqichi
Xarappa va Moxenjo-Daro yodgorliklarining ochilishi bilan bog‘liq.