1856-yili ingliz arxeologi Montgomeri Kaningax (hozirgi Pokiston,
Sahival shahri) shahridan 27 km janubi-Sharqda joylashgan Xarappa
yaqinidagi tepaliklardan noma'lum yozuvli muhr va bir necha kremniy
plastinka likopchalar topdi. Oradan bir qancha vaqt o‘tib, 1921-yili
hind arxeologi R.B.Saxni Xarappa tepaliklarida dastlabki qazish
ishlarini boshladi. Ana shu yil fanda Xarappa sivilizatsiyasining
ochilish yili deb e'tirof etildi. 1923-1925 va 1926-1934-yillarda bu
ishlarni olim M.S. Vats davom ettirdi. Xarappa madaniyati kashf
etilishi bilan bir vaqtda, ya'ni 1922-yili boshqa hind olimi
R.D.Banerji Shimoliy Sindning Larkan shahri yaqinidagi Moxenjo-
Daroda dastlabki metall davri madaniyatining qoldiqlarini topdi
1
.
Moxenjo-Daro sindxi tilida «O‘liklar tepaligi» ma'nosini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |