6-seminar: O‘zbekiston Respublikasidagi
ijtimoiy o‘zgarishlar (2-soat).
Reja:
1.Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi, bosqichlari va
rivojlantirilishi. Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi.
2.Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real
daromadlarini izchil oshirib borish, sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish,
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, aholini uy-joylar bilan
ta’minlash,
yo‘l-transport
muhandislik-kommunikatsiya
va
ijtimoiy
infratuzilmalarni rivojlantirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport
sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish.
3.Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy
yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki.
4.O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi
Qonunning mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini
yuksaltirish,
jamiyatda
korrupsiyaga
nisbatan
murosasiz
munosabatni
shakllantirish.
Aholini ijtimoiy himoyalashga alohida e’tibor berilmoqda. O‘zbekistonda
islohotlar boshlangan dastlabki paytdayoq, uning asl maqsadi insonga munosib
turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat, deb belgilangan
edi. Bozor munosabatlariga o‘tishning ilk davridan boshlab aholini oldindan
ijtimoiy himoyalash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rib borildi. Shu maqsadda
miqdori muntazam o‘zgartirib turilgan ish haqi, pensiyalar, turli nafaqalar,
stipendiyalar, kompensatsiya to‘lovlari tarzidagi pul to‘lovlari keng qo‘llanildi.
Mamlakatning 2 mln. 640 ming fuqarosi pensiya va moddiy yordam oladi.
Bunday to‘lovlar miqdori 2000 yilda 187,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Faqat 2000 yilning o‘zida aholining kam ta’minlangan qismiga
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari- mahalla yig‘inlari orqali 54,2 mlrd.
so‘m miqdorida nafaqa, ko‘mak va boshqa turdagi yordamlar berildi.
Mustaqillik yillarida mamlakatda 70 mln. kv.m. turar joylar, 19,5 ming
o‘rinli kasalxonalar, 95,7 ming marta tashrifli poliklinikalar, 805,9 ming o‘rinli
maktablar, 15,3 ming o‘rinli akademik litseylar, 126,5 ming o‘rinli kasb-hunar
kollejlari qurilib foydalanishga topshirildi.
Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash va gazlashtirish bo‘yicha keng
qamrovli dasturlar amalga oshirilmoqda. 1991-2000 yillarda 22,6 ming km. Suv
quvurlari va 54,1 ming km. gaz tarmoqlari yotqizildi. Aholining uy-joylarini
gazlashtirish darajasi 46,2 foizgacha, ichimlik suvi bilan markazlashgan holda
ta’minlash esa 64,2 foizdan 77,6 foizgacha ko‘tarildi.
Yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash dasturi amalga oshirilmoqda.
Respublikada aholiga tibbiy va ijtiomiy xizmat ko‘rsatishning rivojlangan
tizimi bunyod etildi. Mustaqillik yillarida ambulatoriya-poliklinika
muassasalarining soni3 mingdan 4,8 minggacha yoki 1,6 baravar ortdi. Qishloq
joylairda 1600 ta vrachlik punktlari ochildi.
Aholiga 81,5 mingdan ortiq shifokorlar turli ixtisosliklar bo‘yicha
malakali tibbiy yordam ko‘rsatmoqda.
1994 yilda aholining dori-darmonga bo‘lgan ehtiyoji Respublikada ishlab
chiqarilgan mahsulot hisobiga bor-yo‘g‘I 4,5 foizga qondirilar edi. 2003 yilga
kelib, katta miqdorda sarmoya jalb etilganligi hisobidan, bu ko‘rsatkich 25
foizgacha o‘sdi.
Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida iqtisodiyotning boshqaruv
tizimi tubdan o‘zgartirildi, xo‘jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga mos yangi
tizimi yaratildi. Bozor infratuzilmasi asoslari barpo qilindi. Mamlakatimiz
iqtisodiy tanazzul davridan o‘tib oldi, makroiqtisodiy va moliyaviy
barqarorlikka erishildi, iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi zarur shart-sharoitlar
vujudga keldi. Xususiy mulkchilikning huquqiy asoslari yaratildi. Davlat
mulkini xususiylashtirish natijasida ko‘p ukladli iqtisodiyot shakllandi. Eng
muhimi, odamlarimizning tafakkuri, hayotga bo‘lgan munosabati tubdan
o‘zgarmoqda. Turmush darajasi, oilasining farovonligi o‘ziga bog‘lik ekanligini
tushunib etayotgan odamlar tobora ko‘payib bormoqda
Jamiyat ma’naviyati mamlakat barqarorligi va taraqqiyotinig muhim sharti va
kafolatidir.
Biron-bir mamlakat o‘z ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida
ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay, xalqning milliy ruhini
uyg‘otmay va mustahkamlamay turib yuksak taraqqiyot darajasiga ko‘tarila
olmaydi. SHuning uchun ham jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish O‘zbekiston
taraqqiyotining ustivor yo‘nalishi deb belgilandi.
Tarixdan ma’lumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar
hujumiga duchor bo‘lgan, qaramlik va zulm ostida qolgan. Buning oqibatida
xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlari qadrsizlanishga mahkum bo‘lgan.
Ayniqsa, chor mustamlakachiligi va sovetlar tuzumi davrida milliy
qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy
merosimiz qadrsizlantirildi, ko‘plab masjidu-madrasalar, milliy maktablar, tarixiy
yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga
kiritgan kundan boshlaboq mamlakatimizda boy ma’naviy merosimizni tiklash
va rivojlantirish, jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga
ko‘tarildi. Jamiyat ma’naviyatini tiklash va yuksaltirishni ta’minlovchi ma’naviy-
ma’rifiy islohotlarning yo‘nalishlari belgilab olindi.
Mustaqillik yillarida boy ma’naviy merosimizni tiklash tadbirlari amalga
oshirildi. Milliy madaniyatimizga, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga buyuk
hissa qo‘shgan bobolarimiz-Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Bahouddin
Naqshband, Xo‘ja Ahmad YAssaviy, Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Ibn Sino,
Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur va boshqa ko‘plab
ajdodlarimizning milliy va ma’naviy merosi xalqimizga qaytarildi, tavallud
topgan kunlari butun mamlakat bo‘yicha nishonlandi, ruhlari shod etildi, asarlari
nashr etildi. Ularning ma’naviy merosi bugungi kunda xalqimizga yangi
jamiyat qurishda ma’naviy kuch-qudrat bag‘ishlamoqda, jamiyatimizni
ma’naviy yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda tarixiy xotira, ajdodlar tarixini bilish,
milliy axloqiy qadriyat hamda an’analar va muqaddas dinimizning o‘rni va
ahamiyati katta. Biron-bir xalq o‘z tarixini bilmay, asrlar osha yaratilgan ma’naviy
merosga tayanmay va uni yanada rivojlantirmay turib o‘z kelajagini tasavvur eta
olmaydi. SHu bois mustabid tuzum davrida soxtalashtirilgan xalqimiz tarixini
xolisona, haqqoniy yoritish, barcha o‘quv maskanlarida Vatan tarixini o‘qitish
borasida muhim tadbirlar amalga oshirildi.
O‘zbek xalqi va o‘zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa
sahifalarini xolisona ilmiy asosda yoritish vazifalari Prezident I.A.Karimovning
bir guruh tarixchilar bilan 1998 yil iyun oyida bo‘lgan suhbatida, Vazirlar
Mahkamasining 1998 yil 27 iyulda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi
qarorida belgilab berildi.
Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o‘rganish masalalari
Do'stlaringiz bilan baham: |