Haq hamisha g’olib (Umar al-Foruq). Ahmad Muhammad
www.ziyouz.com kutubxonasi
7
Laylo Umar bilan gap talashish
befoydaligini his etib, o‘zini qo‘lga oldi-da, hayajonini
yashirib ohista dedi:
– Ha, Umar, bu yurtdan bosh olib ketmoqchimiz. Allohning dargohi keng, shuncha
xo‘rlanganimiz, azob-sitamlarga qolganimiz yetar! Axir sizlar kun bermay qo‘ydingizlar-
ku, ayovsiz xo‘rlab, kamsitib, azoblab tashladingizlar-ku! Ha, Umar, Allohning yeri
bepoyon,
karami keng, biror joydan tinchroq, erkinroq yashash imkoni chiqib qolar?
– Yaxshi o‘ylabsizlar, xudoyingiz sizlarga yo‘ldosh bo‘lsin!
Er-xotin gapni chuvalatmaslik uchun eshaklarini niqtashdi. Umar ularning ortidan
ma’yus tikilganicha qoldi. Laylo buni sezdi. Hatto Umarning tovushida allaqanday
siniqlik, achinish ohanglarini ilg‘aganday bo‘ldi. Yo o‘zining hozirgi holati juda g‘amgin
bo‘lgani, yig‘lab yubormaslik uchun lablarini qattiq qimtib olgani uchunmi, unga shunday
tuyulgan bo‘lishi mumkin edi. Har g‘alay, tug‘ilib o‘sgan joyingni, vataningni, qavmu-
qarindoshlaringni tashlab ketish oson ish emasdi. Ammo bunday
qilmaslikning iloji ham
yo‘q edi. Chunki tarozining narigi pallasiga er-xotinning dini-iymoni qo‘yilgan edi.
Biroz yurishgach, Laylo eri Amirga qalbini kemirayotgan shubhalarini so‘zlab berdi.
Ammo u xotinining kuzatishlariga uncha ahamiyat bermadi:
– Nima, Umar ham musulmon bo‘ladi, deb o‘ylayapsanmi?
– Aniq aytolmayman-u, ammo shunaqaga o‘xshaydi. Gaplaridan qilgan zulmlariga
pushaymon bo‘layotgani sezilganday tuyuldi.
– E, bunga aslo aqlim yetmaydi. Xattobning eshagi musulmon bo‘lishiga ishonish
mumkindir, ammo Umarning Islomga kirishiga ishonish qiyin.
Hijratga otlanib, vatanini tark etayotgan Amir va Laylo zolim va toshbag‘ir Umarning
qalbida
hozir nelar kechayotganini, nimalar tug‘yon urayotganini qayoqdan bilsinlar?
Go‘yoki jilovsiz sel kabi kuch-shijoati vujudiga sig‘mayotgan Umar, kechagina
uchraganga zahrini sochib yoki tekkanga tegib, tegmaganga tosh otib, dilini og‘ritib
yurgan Umar, ayniqsa Muhammad alayhissalomga ergashib, iymon va Islom ne’matiga
musharraf bo‘lgan musulmonlarni qon qaqshatayotgan Umar bugun sal boshqacharoq
bo‘lib qolayotgandi.
Quturgan, vahshatli, dahshatli, yo‘lida uchragan hamma narsani,
jonzot va jonsizni surib, yig‘itib, yanchib borayotgan sel oqimini to‘g‘ri to‘g‘onga yo‘llab
qo‘yilsa, sokin bo‘lib, tinchlanib qolgani kabi jaholat va g‘azab, qaysarlik va shafqatsizlik
uya qurgan Umarning
qalbiga bugun iymon nurlari, Allohning nuri tajalliysi o‘ziga yo‘l
axtarayotgandi.
Do'stlaringiz bilan baham: