1-mantiqiy savol
Ijtimoiy tarmoqlarda ko’chadagi daydi itni tosh bilan urib o’ldirayotgan profilaktika inspektori videotasviri tarqalib ketdi.Virtual jamoatchilik mazkur xolatda xodimning xatti- xarakatlarini qoralab,hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo’lganlikda ayblab,norzilik bildirdi.Vaholanki,it aslida quturgan,qarovsiz haybvonlarni tutish xizmatidagi mutaxasislar ham uni tutishga uringan,biroq jaroxatlanishgan edi.IIO xodimi esa fuqarolar xavfsizligini o’ylab itni o’ldirishga qaror qilgan.
Mana shu xolatda xodimning xatti-xarakatini oqlovchi dalillarni keltiring,iqtiboslardan foydalaning va mavzuni muqaddiyma,asosiy qism,xotimaga to’g’ri joylashtirgan xolatda matn yozing.Inspektor uchun intervyu matnini tayorlang.
Hozirgi kunda insonlarning internet tarmoqlaridagi ishtiroklari,u yerda faol bo’lishlari,tarmoqqa joylanayotgan har bir video,sur’atlarga fikr bildirishlari ko’payib boryapti.Ular shunday postlar qoldirishadiki,xuddi ashaddiy tanqidchi mutaxasisning fikrlaridek.Shuningdek, ular bilib bilmay aybsiz insonlarga noo’rin gaplarni aytishmoqda.Buning oqibatida begunoh kishilar o’z obro’laridan,egallab turgan mavqelaridan,xatto ishlaridan ayrilishmoqda.Yaqinda shunga o’xshash bir voqea yuz berdi.Gap shundaki,bir Ichki ishlar organi (keyinchalik IIO deb yuritiladi)xodimi ko’chadagi daydi itni tosh bilan o’ldirmoqchi bo’lgan.Shundan so’ng videotasvir internet tarmog’ida mashhur bo’lib ketdi.Uni ko’rgan internet foydalanuvchilari IIO xodimini qoralashdi.Voqea yuzasidan Zarnews sayti bloggerlari shunday xabar berishdi:
2019- yilning 28-avgust kuni soat 01:30 da Samarqand shahar davlat sanitariya-epidomiologiya nazorati markazi tomonidan shaharda bir guruh fuqarolarni it tishlagani haqidagi shoshilinch xabarnoma kelib tushdi.
Xabarga ko’ra,soat 03:00 da shahar IIB PPXB va JTSB karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi xodimlari va it ovlash brigadasi voqea joyiga yetib borib,quturganlikda gumon qilingan itni ushlash choralarini ko’rgan.Ushbu jarayomda it tadbir ishtirokchisi bo’lgan ichki ishlar xodimiga ham tashlangan.Shu sababli itni ushlashda zarur choralar ko’rishga to’g’ri kelgan.
Odamlarga tashlangan it ushlangach,shahar veterinariya bo’limi tomonidan belgilangan tartibda viloyat veterinariya boshqarmasining virusologiya laboratoriyasiga yuborilgan.
Ma’lum bo’lishicha,ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan videoda aks etgan it 15 nafar fuqaroga tashlanib,ularga jarohat yetkazgan.Bu fuqarolarning barchasi shifoxonaga yotqizilib, antirabik emlash kursi olib borilmoqda.1
Xabarda ko’rinib turibdiki it aslida quturgan edi.Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi ham,it ovlash brigadasi ham barcha zaruriy choralarni ko’rishgan.Ammo o’zlari jarohatlanishgan.Keyingi chorani IIO xodimi qo’llagan,ya’ni itni o’ldirmoqchi bo’lgan.Menimcha ham bu yo’l to’g’ri edi.Chunki quturgan itni jarohatlarsiz ushlash oson emas.IIO xodimi barchasini tog’ri qilgan.Internet foydalanuvchilari xodimga nisbatan bir qancha xaqoratli so’zlarni yozishgan.”Bu insoniylikka tog’ri kelmaydi”,”Itga nisbatan shavqatsizlik” degan ma’nodagi fikrlarni bildirishgan.Bir tomondan ularning fikrlari ham to’g’ri.Itga bir necha marotaba tosh otilishi,uni mashina g’ildiraklari tagida qolishi bu shavqatsizlik ,albatta.Lekin IIO xodimini ham tushunish kerak.U ham oz vakolatlaridan kelib chiqib ish tutgan.Shu o’rinda “xodim itni qiynamay quroldan o’t ochib o’ldirsa ham bo’lar edi” degan fikr tug’ilishi mumkin.Ammo bunga qonunlarimiz yo’l qo’ymaydi.IIO xodimi qurolni qay maqsadda,qanday qilib,kimlarga nisbatan,qachon qo’llashi 2Ichki ishlar organlari to’g’risidagi qonunda belgilab qo’yilgan
Davlatimizda har bir davlat organi xodimi fuqarolar manfaatlarini,uning huquq va erkinliklarini himoya qilishlari shart va zaur,Shu qatorda IIO xodimi ham.Bundan kelib chiqadiki har qanday huquqni himoya qiluvchi organ xodimining maqsadi fuqarolarni xavfdan himoya qilishga qaratilgan bo’ladi.Ular kerak bo’lsa o’z jonlarini xavf ostiga qo’yib bo’lsada bizni himoya qilishadi.Afsuski jamiyatda tirnoq ichidan kir qidiradigan kimsalar mavjud.Aynan shu insonlar jamiyatda yuz berayotgan har qanday voqea hodisani faqat yomon tomonini ko’rishadi va “bitta tirraqi buzoq butun bir podani buzadi”(o’zbek xalq maqoli)deganlaridek bo’shqalarning fikri salbiy tomonga o’zgarishiga sababchi bo’lib qolishadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda shu kabi hodisalarni oldini olish,ular sodir bo’lgan vaqtda axolini yomon fikrga bormasliklari,voqeaga to’g’ri va huquqiy baho berishlari uchun huquqiy savodxonlikni oshirish islihotlari o’tkazilmoqda.Bunday islihotlarga muxtaram prezidentimizningshu yil 19-yanvardagi farmonlarini misol tariqasida keltirishimiz mumkin.Ushbu farmonda “Yuksak huquqiy madaniyat – mamlakat taraqqiyoti kafolati”degan konsptual g’oya asosida aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari,yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo’lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo’llay olishlari uchun tizimli va keng qamrovli huquqiy targ’ibot tadbirlarini tashkil qilish davlat organlari va tashkilotlarning ustuvor vazifalaridan biri etib tayinlangan3.
XULOSA
Dunyoda 7 milliardan ortiq insonlar bor.Shunga yarasha fikrlar ham ko’p.Bugungi tezlik bilan otib borayotgan davrimizda anashu insonlarning fikri ko’p masalalarni hal qilib qo’ymoqda.Bunda ularga internet yordam bermoqda.Chunki bugungi kunda internet qaysidir ma’noda muhokamalarning o’chog’i bo’lib qolgan.Unda yaxshi ham yomon ham birdek muhokamada bo’ladi. Agar e’tibor bilan nazar solsak hamma narsaning sababchisi internet bo’lib qolayotganini ko’rishimiz mumkin.U hoh oilaga tegishli masala bo’lsin,hoh siyosatga.Yuqorida so’z yuritilgan quturgan it mojarosi ham aynan internetda bildirilgan fikrlar sabab bunchalik mashhur bo’lib ketgan.Ushbu video tasvirni ko’rgan insonlar zudlik bilan shosha-pisha unga izoh qoldirishgan.kimningdir gapi to’g’ri kimningdir gapi notog’ri.Nima bo’lgan taqdirda ham masala yopildi.Internetdagi muhokamalar ham tugadi.Ammo natijada bir yaxshi bir xodim qandaydir o’zini aqilli hisoblagan kimsalarning kasriga qoralandi va o’z obrosini yo’qotdi.U bilan esa hech kimni ishi yo’q.
Mening fikrimcha insoniyat o’z o’zini ayog’idan tortib rivojlanishiga o’zi halal berayapti.Agar birdamlikda ish tutib, hamma bir birini aybini yopib ketsa, biz ,albatta, huquqiy rivojlangan,barqaror davlat qura olamiz.Shu qatorda davlat organi xodimlarini ham hurmat qilishimiz talab qilinadi.Axir bitta odam organ xodimini qoralasa qolganlar ham uni qoralashi kerak degani emasku.Bugungi kundagi IIO xodimlarining obro’si pastligi,ularga nisbatan bo’lgan fikrlarni yomonligining sababchisi aynan oramizdagi aqilsiz tirraqi buzoqlarning noo’rin ayblovlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |