5-Variant
1.Bozor islohotlari qanday kechayotganini bayon eting.
2. “Brutto” va “netto” foydalarni farqlang.
3. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi shart” asarining qisqacha mazmuni bayon etilsin.
4. “O‘zbekiston Respublikasida aholi bandligi to‘g‘risida” gi qonun mazmuni ochib berilsin.
5. Uslubiyot bo‘yicha klaster tuzing.
6. “Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati” mavzusi bo‘yicha B/B/BO usulini qo‘llab, jadval tuzing.
7. Noelastik taklif egri chizig‘i chizilsin.
8. Bazis yilida mahsulot narxi 150 birlik bo‘lib, keyingi vaqtda u 200 ni tashkil etgan bo‘lsa, inflyatsiya darajasi qanday bo‘ladi? Hisoblang
9. Moliya – kredit yo‘nalishi bo‘yicha boshqotirma tuzing.
10. Ta’lim tizimida keyingi vaqtda qanday ijobiy o‘zgarish bo‘lganligini bayon eting.
1.Bozor islohotlari qanday kechayotganini bayon eting.
Har bir mamlakat iqtisodiyotining ravnaqi xalqiga munosib turmush tarzi yaratib berilgani bilan belgilanadi. Olimlarimiz oʻtgan asrda mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining Amerika, Yevropa, Yaponiya, Janubiy Koreya, Janubi-Sharqiy Osiyo, Osiyo va Afrika davlatlari modellarini oʻrganib, tahlil qilgan. Lekin ushbu mamlakatlar tajribasini toʻgʻridan-toʻgʻri tatbiq etib boʻlmasligi amaliyotda isbotlangan. Bu davlatlarda bozor munosabatlarining rivojlanishi tekis va benuqson kechmaganligi esa tahlillarda koʻrsatib oʻtilgan.
Oʻzbekistonda iqtisodiy rivojlanishning milliy strategiyasi ishlab chiqilgan. U yurt manfaati, shart-sharoitiga toʻla mos keladigan bozor iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
– Mamlakatimizdagi iqtisodiy islohotlar xalqimizning orzu-intilishlari, manfaatlarini roʻyobga chiqarishga qaratilgan, – dedi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi dotsenti Sharif Qobilov. – Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida bu borada ustuvor vazifalar belgilab berildi. Xususan, davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini taʼminlash, sud-huquq tizimini tubdan isloh qilish, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash, oʻzaro manfaatli, amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish bozor iqtisodiyotiga oʻtishning muhim tamoyillaridan sanaladi. Mamlakatimiz iqtisodiy islohotlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bozor iqtisodiyotining asosini tashkil etadi. Prezidentimiz Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida hamda 2018 yilning 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida aynan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratgani bejiz emas. Negaki, bora-bora mamlakat iqtisodiy rivojlanishida tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchilarning hissasi yuqori boʻlib boraveradi. Bugun davlat tomonidan yaratilayotgan qulayliklar ular faoliyatini yoʻlga qoʻyish va muvaffaqiyatlarga erishish uchun katta imkoniyatdir.
Demak, bozor iqtisodiyoti turli xil mulk shakllari, yagona moliya, tovarlar, kapital va ishchi kuchi bozori, tovar ishlab chiqaruvchining maksimal mustaqilligi, davlatning xoʻjalik yuritish faoliyatiga aralashuvining chegaralangani va erkin raqobatga tayanadigan iqtisodiy oʻsish jarayonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |