Haq hamisha g’olib (Umar al-Foruq). Ahmad Muhammad
www.ziyouz.com kutubxonasi
4
shu payt ko‘zi sal nariroqda otdan tushmay, o‘g‘lining olishuvini tomosha qilib o‘tirgan
otasiga tushdi.
Yuragini vahima chirmadi. Tuyalarni o‘z holiga tashlab, kurash tushayotganidan
otasining jahli chiqishini o‘ylab, oyoq-qo‘liga titroq kirdi. Qattiqqo‘lligi, toshbag‘irligi,
qahri kuchliligi bilan butun Makkaga dovrug‘i ketgan Xattobdan o‘g‘li
u yoqda tursin,
hatto kattalar ham hayig‘ib yurishardi. Uning jahli chiqib qolganida yoki biror narsadan
achchiqlanganida ro‘para bo‘lishdan Xudoning o‘zi asrasin. U nafaqat qullarning, balki
kichkina Umarning yelkasida ham qamchisini tez-tez sinab ko‘rar, jonidan yaxshi ko‘rgan
o‘g‘lini
ayovsiz kaltaklab turar, buning sababini so‘raganlarga yoki o‘rtaga tushmoqchi
bo‘lganlarga: «Qo‘yaver, mayli pishisin, Xattobning o‘g‘li bo‘shang, qo‘rqoq va noshud
bo‘lib o‘sishini xohlamayman», deb o‘zini ovutardi. Shuning
uchun Umardan kaltak
yegan yoki kurashda yengilgan bolalar uning badanidagi, oyoq-qo‘lidagi kaltak, qamchi
izlarini ko‘rib tasalli topishardi. Hozir ham unga qamchi tushib qolishi hech gap emasdi...
Umar qo‘rqa-pisa otasiga qaradi. Ammo uning vajohatli yuzida qahr-g‘azab
alomatlarini emas, nimtabassum va mamnunlik ko‘rinishlarini o‘qidi. Vujudidagi
taranglik, zo‘riqish bo‘shashdi. U ham otasiga jilmayib boqdi.
– Yasha, o‘g‘lim, mening arslon o‘g‘lim, - degan xitoblar
bilan Xattob otdan tushdi,
o‘g‘lining yelkasiga zalvorli qo‘llari bilan bir-ikki urib qo‘ydi. Umar munkib ketay dedi.
Otasi yana uni rag‘batlantirib qo‘ydi: «Bolalar bilan kurash tushganingni ko‘rdim. Har
g‘alay tarbiyam behuda ketmabdi. Chavandozlik va merganlikda qanchalik ilgari
bo‘lsang, kurashda ham shunaqa maqomga ega bo‘libsan. Xattoblar xonadoniga, Bani
Maxzum qabilasiga munosib o‘g‘lon bo‘libsan!»
O’g‘li tuyalarni qaytarish uchun chopib qolarkan, Xattob u tug‘ilgan
paytni xotirlab,
jilmayib qo‘ydi. Xotini Xontamaning oy-kuni yaqinlashganida unga: «Qiz tug‘ishni
xayolingga keltira ko‘rma, Makkada hech kimga gap bermaydigan Xattobning qiz farzand
ko‘rishi mumkin emas, agar shu safar o‘g‘il tug‘sang, keyinchalik qancha qiz ko‘rsang
ham roziman», deb dag‘dag‘a qilganlarini esladi. O’shanda Alloh unga o‘g‘il ato etdi.
O’sha o‘g‘li Umarni endi o‘ziga o‘xshash botir, shijoatli, haybatli bo‘lishini orzu qilardi.
Umarni qanchalik yaxshi ko‘rmasin, ana shu niyat yo‘lida uni kaltaklashdan ham o‘zini
tiya olmasdi.
Umar ham otasining yuzini, qabilaning yuzini yerga qaratadigan bola bo‘lib
ulg‘aymayotgandi.
Do'stlaringiz bilan baham: