www.ziyouz.com kutubxonasi
20
– Ijozat ber va jannati ekanini aytib, xushnud qil, - dedilar. Abu Muso shoshqich eshik
oldiga borib, Umar ibn Xattobga (r.a.) xitob qildi:
– Kiring, janobi Rasululloh sizning jannati ekaningizni bashorat qildilar.
Xuddi shu taxlitda hazrati Umar (r.a.) ham boqqa kirib keldilar va janobi
Rasulullohning (s.a.v.) chap yonlariga borib, oyoqlarini quduq ichiga osiltirib o‘tirdilar.
Birozdan so‘ng Usmon ibn Affon (r.a.) ham boqqa keldilar va jannatga kirishi
bashorati bilan kutib olindilar. Faqat hazrati Usmon (r.a.) quduq labidagi taxtada joy
qolmagani uchun quduqning janobi Rasulullohga (s.a.v.) qarama-qarshi tarafiga borib
joylashdilar.
Sa’id ibn al-Musayyib bu voqeani, ya’ni janob Rasuli akramning (s.a.v.) o‘ng
tomonlarida Abu Bakr Siddiq, chap tomonlarida Umar ibn Xattob, oyoq tomonlarida
Usmon roziyallohu anhuning o‘tirganlarini ularning qabrlari keyinchalik qay tartibda
joylashganiga yo‘ygan ekanlar.
Ikki shahid
Bir kuni Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining eng sodiq
sahobalaridan Abu Bakr, Umar, Usmon roziyallohu anhumlar bilan Uxud tog‘iga
chiqdilar. Shunda hatto ongsiz, zabonsiz tog‘ ham azboroyi xursand bo‘lganidan titrab
ketdi. Shunda Payg‘ambar alayhissalom uni tinchlantirdilar: «Ey Hud, tek tur, chunki
Payg‘ambar va hamisha rostgo‘y (Abu Bakr) hamda ikki shahid (Umar va Usmon)
ustingdadir», dedilar. Darhaqiqat, Abu Bakr Siddiq har qanday sharoitda ham biror
marta yolg‘on so‘z aytmadilar, ikki xalifa Umar ibn Xattob va Usmon ibn Affon din
dushmanlari qo‘lida shahid bo‘lishdi.
MO’MINLAR AMIRI
«Allohdan qo‘rq!»
Umar ibn Xattob (r.a.) chinakamiga mo‘minlarning amiri, odil va foruq xalifasi edi.
Hazrati Umar (r.a.) o‘z oilasi va bolalari uchun ovqat va unni o‘zi org‘alab tashidi. Xalifa
o‘z qo‘li bilan ovqat pishirib, yetimlarga tarqatdi. U Allohdan qo‘rqardi, hamisha
Allohning rizoligini istardi, Allohga maqbul ishlarni qilishga intilardi. «Dajla qirg‘og‘ida bir
cho‘ponning qo‘zisini bo‘ri olib qochsa, Alloh xalifa Umardan so‘raydi», deb ko‘z yoshini
to‘kardi. Bir gal otda ketayotib o‘ziga-o‘zi: «Yo Umar, Allohdan qo‘rq!» dedi va shu
zahoti otdan tushib, boshini yerga qo‘yib, sajda qildi va ovozi bo‘g‘ilgan holda «Umar
kimki, Allohdan qo‘rqmasin!» deya nola qildi. U har ishda odillik qilardi, nochor, mazlum,
ojiz kishilarning himoyachisi edi. Hatto, bir gal bir voliyga shahodatnoma berib, viloyatga
rahbar qilib jo‘natayotib, suhbat chog‘ida uning o‘z farzandlarini biror marta quchog‘iga
olib erkalamaganini bilib qolgach, shahodatini yirtib tashlab, quvib chiqargan ham shu
hazrati Umar (r.a.) edi. U kishining yana bir odatlari bor edi. Har kuni qosh qoraygach,
o‘zidan-o‘zi: «Ayt-chi, ey Umar, bugun Alloh yo‘lida nima ish qilding?» deb so‘rardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |