Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc



Download 437,9 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/75
Sana12.05.2022
Hajmi437,9 Kb.
#602394
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   75
Bog'liq
@Kitobxonuz- G aroyib bolalar

www.ziyouz.com
кутубхонаси
10
— Mana, qarab tur, yana bir marta ko'rsatib beraman! 
O'qituvchi «hey» deb o'kirganicha polni gursillatib bir tepgan edi, sinfning deraza oynalari 
sharaqlab ketdi. 
— Ana, ko'rdingmi endi. Turk o'g'loni depsinganida yer mana shunday larzaga kelmog'i kerak. Ha, 
shundoq bo'lsin. 
— Sizday qilolmayman, o'qituvchi. Chunki siz eng kamida yuz kilo kelasiz, men bo'lsam bor-yo'g'i 
qirq ikki kiloman, — javob berdim unga o'zimni oqlash uchun. 
Mehnati zoye ketdi, aytganini hecham eplolmadim. Qattiq darg'azab bo'ldi. Yana bir gal: «Va 
osmon bo'yi doston bitgan diyorim, hey!» deganicha jahl bilan oyog'ini ko'tarib polga bir urgan edi
qattiq dodlab yubordi. 
O'zing yaxshi bilasan, sinfimizning pollari chirib ketgan. Shu chirigan taxtalardan bid sinib, oyog'i 
kirib qolipti. Darhol yordamga keldim. Ikkovlashib oyog'ini kovakdan zo'rg'a tortib oldik. Shovqinni 
eshitib, boshqa o'qituvchilar ham chopib kelishdi. Hamma: «Nima bo'ldi, tinchlikmi?» deb so'raydi. 
— Endi ko'rdingmi, bo'tam, — dedi o'qituvchi bir oyog'ini sudrab tashqari chiqar ekan. — Oyoq har 
gal yerga tekkanida hammayoq larzaga kelsin, xuddi yer qimirlaganga o'xshab chayqalib ketsin. 
O'qituvchi chiqib ketganidan keyin bundoq oyog'imga razm solib qarasam, ishning pachavasi 
chiqipti, hadeb heylayverib tovonni shishirib qo'yibman. 
Konsert naq ikki soat davom etdi. 
Men o'zim yozgan «Qo'y» she'rimni salkam bir oy yod olib yurgan edim. Shuning uchun ham 
uning satrlari miyamga qattiq o'rnashib qolgan ekan, hadeb esimga tushaveradi. «Vatanim» she'rini 
yodlab yurganimda ham beixtiyor o'zimning satrlarim ko'z oldimda turdi. Bu yangi she'rni bir amallab 
yodlab oldim-u, lekin hadeb oyoq ko'taraverganim uchun satrlarini adashtira boshladim. Aftidan, 
oyoqqa zo'r berib, miyani ishdan chiqarib qo'yganga o'xshayman. 
— Navbating keldi! Tez bo'l, sahnaga chiq! — deb bolalar meni orqamdan turtib sahnaga 
chiqarishdi. 
Zal ota-onalar bilan liq to'la ekan. O'qituvchimiz sahna ortida bizga suflyorlik qilishi kerak. 
Men sahnaga chiqdim. Mehmonlarga boshimni silkib, salom berdim. Ammo boshimni qimirlatishim 
bilanoq deklamatsiyaning sarlavhasi xayoldan qochdi. Bu qanday bedavolikki, Zaynab, shu topda 
miyamga o'zimning «Qo'y» she'rim kelsa bo'ladimi! Men tushmagur ilgari yodlab olgan narsalarimni 
unutish o'r-niga, yangi o'rgangan she'rimni esdan chiqarib o'tiribman-a. 
Qanchalik mushkul ahvolda qolganimni o'zing bir tasavvur qilib ko'r. Men sahnadan turib zalda 
o'tir-ganlarga termulaman, ular esa menga. Xullas, ancha vaqtgacha bir-birimiz bilan ko'z urishtirib 
turaverdik. 
Xayriyat, o'qituvchimiz jonimga ora kirdi — orqadan she'rning nomini pichirlab aytdi. Darhol 
ovozimning boricha «Vatanim!» deb qichqirdim. Uyog'i yana esda yo'q. Nima qilish kerak? Indamay 
turgan bilan bo'lmaydi. Sarlavhani yana bir qaytaray, zora ungacha buyog'i esga tushib qolsa, degan 
maqsadda yana bir marta «Vatanim!» deb hayqirdim Yana jim bo'ldim. Zalda qarsaklar yangradi. 
Hayron bo'ldim. «Vatanim!» deganimda nimaga chapak chalishganiga tushunolmadim. Shu payt yana 
o'qituv-chimizning nim ovozi eshitildi. Kelgan joyidan boshlab yubordim. Ammo oldingi gal tomoqqa 
qattiq kuch berib qo'ygan ekanman shekilli, ovoz chiqmay qoldi, xirillab, zo'rg'a «Ey!» deyoldim, 
xolos. Yana cha-pakvozlik bo’ldi. Ochig'i, gangib qoldim. Miyamda satrlar bir-biriga qorishib ketdi. 
Zo'rg'a o'zimni qoiga olib, deklamatsiyani boshlab yubordim. Bolalar keyin gapirib berishicha, bu 
ajoyib she'rni shundoq deb boshlabman: 

Download 437,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish