Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc



Download 437,9 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/75
Sana12.05.2022
Hajmi437,9 Kb.
#602394
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   75
Bog'liq
@Kitobxonuz- G aroyib bolalar

 
VATANIM!
Ey, zarrin liboslarga zap o'ralib olgan,
Ey, bo'liq boshoqlaru bog'-rog'larga to’lgan
Va doston bo’yi osmon bitgan vatanim, hey!
«Hey»ni aytgan zahoti polni zarb bilan bir tepgan edim, turgan joyimda bir gaz osmonga sakratib 


G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
11
yubordi. Bilasanmi, nimaga? Boya o'qituvchi bilan repetitsiya qilayotganimizda poshnadagi mix 
joyidan ko'chgan ekan, bilmabman. O'sha mix shu topda shart etib tovonga kirib ketsa bo'ladimi?! 
Ko'zimdan o't chaqnab ketdi. Tovonimga birov bigiz qadab, o'pkamni teshib yuborgandek bo’ldi. 
Azobning zo'rligidan yod bo’lib qolgan satrlarni ham paqqos unutdim-qo'ydim. Men nima 
ahvoldaman-u tomoshabinlar qiyqirib kulishadi. O'qituvchidan madad kelar, degan umidda o'qtin-
o'qtin orqaga o'girilib qarab qo'yaman. O'qituvchi holimni sezdi, shivirlab aytsa baribir qulog'imga 
kirmasligini fahmlab, ovozini bemalol qo'yib yubordi: 
«Ey, o 'sha buyuk insonni bergan onaning».
Darhol ilib ketdim. 
— Ey, o'sha buyuk insonni bergan onaning... Onaning... Onaning... 
Keyin nima keladi, eslayolmayman... Zora lop etib esimga tushsa, degan xayol bilan yana ikki-uch 
marta shuni qaytarib aytdim. Bo'lmadi. «Onaning» deyman-u ignasi yurmay qolgan plastinkaga 
o'xshab u yog'iga o'tolmayman. Vujudimni qaltiroq bosdi. «Onaning... Onaning...» deb yigiamoqdan 
beri bo’lib turgan edim, qo'qqisdan o'zim yozgan satrlar miyamga kelib qoldi. Tavakkal qilib buyog'ini 
ulab ketdim: 
Onaning... Onaning... Onaning...
Dumbasi borjiqqa moy,
Yelini-chi sutga kon,
Mayingina juni bor...
O'qituvchimiz ham satrlarni ketma-ket yetkazib turibdi. Oldin undan eshitganimni qaytaraman-da, 
keyin o'zimnikini tirkab yuboraman. 
Ey, jabr-ujafo, kurash...
Sop chiqadi shoxidan,
Go'shti 
— 
lazzat uyasi,
Og'itman, der qiyisi, he-ey!
Deklamatsiyani tugatdim-u o'zimni ichkariga urdim. Gulduros qarsaklardan maktabimiz chayqalib 
ketdi. 
— Nima qilib qo'yding axir, Ahmad? — dedi o'qituvchimiz siniq ovoz bilan. 
— Ilojim qancha, afandim, — dedim unga qarab.— Odamzod bilgan narsasini darrov unutib 
yubora olmas ekan, juda qiyin bo’larkan. 
Yana bir nima deydigan bo'lsam, alamimdan yig'lab yuboraman. O'pkam to'lib turibdi. O'qituvchi 
ikkovimiz cho'loqlanib yo'lga tushdik. Yana mix kirib ketishidan qo'rqib, zo'rg'a oyoq bosaman. 
— Katta iste'doding bor ekan-ku, o'g'lim, — dedi uyga qaytgach dadam. — Kuldiraverib 
hammaning ichagini uzding-ku. 
Oyim uning gapiga qo'shildi: 
— Ko'zda yoshim qolmadi kulaverib. Naq jinni bo'layozgandim-a... 
She'rlarni yanglishib aralash-quralash qilib yubor-ganimni hech kim sezmabdi. Hamma jo'rtaga 
qilyapti, deb o'ylabdi. 
Xullis, Zaynab, keyingi kunlarda shunaqa mashmashalar bo'ldi. 
Sening dadang ham maktabda nuqul a'lo olib o'qiganmi, deb so'rabsan. Yo'q, dadam, afsuski, 
a'lochi bo'lmagan. Nega desang, u o'qimagan. Agar maktabga qatnagan bo’lganida menga a'lo 
baholar bilan o'qiganman, deb aytgan bo’lardi, albatta. 
Men zavq bilan o'qiydigan xatlaringni kutaman. Sog' bo'l. 
Sobiq sinfdoshing Ahmad Tarbay.

Download 437,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish