93
so‘zidan olingan; chunki u juda oson eriydi. Metallurgiyada rangli va
qora metallarning
erishini osonlashtiruvchi, shlaklarni suyultiruvchi
va oquvchanligini oshiruvchi sifatida ishlatiladi.
Oyna sanoatida
shishalarning tiniqligini oshirishda, shisha va emal bo‘yoqlarga sutdek
oq rang berishda keng qo‘llaniladi (28-rasm). O‘lchamlari 6×6×6 mm
dan katta bo‘lgan, shaffof, rangsiz, yoriqlari
va boshqa nuqsonlari
bo‘lmagan flyuorit optik asboblarda ishlatiladi. Undan plavik kislotasi
olinadi. U
shisha va billurlarni yemiradi; shuning uchun ularga gul
solishda ishlatiladi.
Flyuoritning asosan gidrotermal konlari ahamiyatli hisoblanadi.
Yirik konlari qozog‘iston, AQSH, Meksika, Kanada,
Ispaniyada joy-
lashgan. O‘zbekistonda Obirahmat, Takob,
Haydarkon, Novgarzon,
Shabriz, Chibargatan konlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: