O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKА UNIVERSITETI
ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA FAKULTETI
“INNOVATSIYA VA TADBIRKORLIK ” FANIDAN
MUSTAQIL ISH
MAVZU: Korxonolardagi yangiliklar va innovatsiyalar portfelini shakllanishi.
GURUH: S30-19
BAJARDI: Alimardanov A.E
TEKSHIRDI: Kariyeva I
MAVZU: Korxonolardagi yangiliklar va innovatsiyalar portfelini shakllanishi.
REJA:
1.KIRISH
2. Korxonolardagi yangiliklar va innovatsiyalar portfelini shakllanishi.
3. Korxonalarning faol investitsion siyosati
4.XULOSA
Korxonolardagi yangiliklar va innovatsiyalar portfelini shakllanishi. samarali investitsion dasturlar va ishlab chiqarishni yangilash loyihalari davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yo‘li orqali va bir vaqtning o‘zida bozor o‘z-o‘zini tartibga soluvchilarining ta’siri ostida amalga oshirilmog‘i lozim.Ishlab chiqarishni yangilashning yangi texnikasi va ilg‘or texnologiyasi faqat “innovatsiyalar – investitsiyalar – tarkibiy qayta qurish” bloklarining organik jihatdan bog‘liqligi sharoitida yuqori natijalarni berishi mumkin. Muammoni hal etishga bunday yondashuv korporatsiyalar, firmalar va XYuSlarning faqat uzoq muddatli istiqbolda emas, balki o‘rta muddatli davrda ham ishlab chiqarish-tijoriy faoliyati-da integral samaraning o‘sishiga xizmat qiladi. ishlab chiqarish va investitsion sohani tarkibiy jihat-dan qayta qurishning informatsion qismi ham o‘sib boruvchi ahamiyatga ega. Iqtisodiyotni va takror ishlab chiqarishni butunlay bozor transfor-matsiyalashuvining asosiy yo‘nalishlarini dasturiy ta’minlashning infor-matsion tizimidagi iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish mexanizmidagi kamchiliklar asoslangan ishlab chiqarish-texnologik qarorlari qabul qi-lishni, buyurtmalar portfelini shakllantirishni va ishlab chiqarish quv-vatlaridan samarali foydalanishni murakkablashtiradi.
Innovatsiyalar – bu qandaydir tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish va mukammallashtirishgina emasdir. Innovatsiyalar ijtimoiy ham bo’lishi mumkin: amaliyot davomida amalga oshirilgan va kishilarning jamiyat hayotidagi ishtirokiga o’z hissasini qo’shuvchi yechimlar odatda moddiy boylik va salomatlik, ta’lim va farovonlik darajasini oshirib boradi. «Innovatsiya» tushunchasini kengaytirish – yaxshi va to’g’ri fikrdir. Bizning farovonligimiz faqatgina yangi texnik yechimlarning joriy etilishi va faoliyatga kiritilishiga emas, balki jamiyat rivojlanishi va taraqqiyotga ham asoslangandir. Kitobda ko’pgina o’z tabiatiga ko’ra turli xildagi ijtimoiy ixtirolarning taqdim qilingani, mutolaaning ajoyib va qiziqarli bo’lishini ta’minlaydi. Innovatsiyalarni qaysi biri yaxshiroq, muhimroq yoki mohirroq ekanligi jihatidan ratsional tasniflashning iloji yo’qdir. Innovatsiyalar ro’yxati kundalik hayotni osonlashtiruvchi amaliy yechim va mavzularni o’z ichiga olgani kabi, fuqarolarning farovonligiga salmoqli darajada ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi, jamiyatga aloqador yechim va faoliyat turlarini ham o’z ichiga oladi.
1990 yillardan boshlab biz ijtimoiy innovatsiyalar –ijtimoiy farovonlik davlatimizning asosi sifatida, patentlab bo’lmaydigan innovatsiyalar to’g’risida ham so’z yuritadigan bo’ldik. Ijtimoiy innovatsiyalar tomonidan yaratilgan asos bo’lmaganida edi, texnologik innovatsiyalarning rivojlanishi ham mumkin bo’lmas edi.
Dunyo tezlik bilan o’zgarmoqda. Kelajak tomonidan biz uchun tayyorlanayotgan yangi murakkab muammolarni qanday yengishimiz mumkin? Ko’pgina boshqa korxonalardagi kabi korxonamizda ham innovatsiyalarni yaratish va ulardan samarali foydalanishga yetaklovchi model va tizimlar majmuasi amalga oshmoqda. Biroq, muvaffaqiyat faqatgina tabiiy fanlar yoki texnik ixtirolarga asoslangan emas, garchi ular, albattaki, farovon jamiyat qurilishida beqiyos ko’makchidirlar.
Shuningdek, u ijtimoiy innovatsiyalar yordamida korxonalardagi eng ko’p himoyaga muhtoj ahvolda bo’lgan muommolarning ijtimoiy holatini yaxshilash uchun kurashmoqda.
Iqtisodiy va moliyaviy vaziyatni sog‘lomlashtirish uchun jam-g‘armalarning ichki kapital qo‘yilmalar va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish sifatida real investitsiyalarga aylantirilishini (transformatsiya-lanishini) hamda ulardan samarali foydalanishni ta’minlash muhim hisoblanadi. Xalqaro amaliyotni o‘rganish shundan dalolat beradiki, in-vestitsion loyihalarni moliyaviy tahlil qilish sohasida ularni realizatsiya qilishning maqsadga muvofiqligini asoslash, ekspertizalarni o‘tkazish-ning roli o‘sib bormoqda. Bu muammoni hal etish xalqaro andozala-rining mujassamlashgan shakllari YuNIDO metodikasida o‘z aksini topgan. Biroq har bir mamlakat iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlari bu metodikada mavjud bo‘lgan an’anaviy yondashuvlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri nusxa olishga imkon bermaydi. Shuning uchun ham, ularni har bir mamlakatning xo‘jalik sharoitlariga moslashtirish kerak. Bunda joylashtiriladigan mablag‘larning qoplanishi va avanslashtirilgan kapi-talga investor tomonidan talab qilinadigan daromad normasini olish bo‘yicha investitsion takliflarni sifat jihatdan ekspertiza qilish muhim. Ana shu yo‘nalishda investitsion loyihalarni texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash, qarz oluvchining moliyaviy ahvoli va uning raqobatbardosh-ligi, shuningdek, vakolatli bankning kafolatini xarakterlaydigan tegishli ekspert xulosalariga baho berishning ahamiyati ortadi.
Xorijiy bank bilan kredit bitimini tuzishda, eng avvalo, to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash kerak. Odatda, XYuS kredit bo‘yicha quyidagi to‘lovlarni amalga oshiradi:
bitim summasining 15% idan kam bo‘lmagan avans to‘lovla-rining boshlang‘ich badali (o‘zlashtirish boshlangunga qadar) – kredit bitimi tuzilgandan keyin bir oy ichida;
sug‘urta badali – sug‘urta riskini baholashga nisbatan 3%dan kam bo‘lmagan miqdorda;
xizmat ko‘rsatuvchi banklarga komission to‘lovlar – kreditning o‘zlashtirilmagan qoldig‘iga komissiya, kreditni tashkil qilish uchun haq, xorijiy sug‘urta agentliklarida qayd etilganligi uchun haq.
Xorijiy firmalar bilan hamkorlikdagi investitsion loyihalarni o‘z-lashtirish davrida birinchi bosqichda foiz va mamlakat banklari tomo-nidan operatsion xarajatlar bo‘yicha to‘lovlar amalga oshiriladi. Qayta-rishda esa (to‘liq o‘zlashtirilganidan so‘ng) qarzning asosiy summasi (xorijiy bankning grafigiga muvofiq ravishda) o‘tkaziladi va foizlar bo‘yicha to‘lovlar to‘lanadi. Taqdim etilgan takliflarni realizatsiya qilish mexanizmi, bir tomondan, xorijiy investitsion kreditlarni oluvchilarning tarkibini optimallashtirishga xizmat qiladi. Ikkinchi tomondan esa ular-dan maqsadli foydalanish ustidan ta’sirchan nazoratni bo‘lishini ta’min-laydi. Investitsiyalashtirishning natijaliligini oshirish uchun investitsion loyihalarni, jumladan, xorijiy kredit liniyalariga qo‘shish uchun ham, tanlab olish tartibi tartibga keltirilmog‘i lozim. XYuS va tashkilot-larning arizalarini ularning asoslanganligi bo‘yicha xulosalar uchun tar-moq, korporativ va mintaqaviy darajalarda qayta ishlab chiqish muhim hisoblanadi.
Tanlovning joriy etilishi bitimning eng yaxshi shartlarini – mamlakat XYuSlarining iqtisodiy manfaatlariga to‘liq javob beradigan mahsulotni tanlash – qo‘lga kiritishga imkon beradi. Hukumat kafolati ostida jalb qilinadigan xorijiy kreditlar hisobidan moliyalashtirish uchun innovatsion loyihalarni tanlashda asosiy mezonlarning quyidagi tizi-midan foydalanish maqsadga muvofiq:
iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi va qarz oluvchining boshlang‘ich badalni to‘lash bo‘yicha moliyaviy imkoniyati;
texnik va texnologik ahvoli;
tijoriy samaradorligi va valutaviy qoplanuvchanligi;
huquqiy ta’minlanganligi va ekologik xavfsizligi.
Hukumat kafolati ostida jalb qilinadigan xorijiy kreditlar bo‘yicha moliyalashtirishga qabul qilinadigan loyihalar manfaatdor vazirliklar va idoralar, mintaqaviy ma’muriy organlar, XYuSlar, tashkilotlar va bank-larning roziligi bo‘yicha shakllanadigan ustuvor investitsion loyihalar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lmog‘i darkor.
Investitsion loyihani texnik-iqtisodiy, iqtisodiy, huquqiy va tashki-liy jihatdan asoslashda obyektiv moliyaviy tahlil muhim ahamiyatga ega. Loyihani ishlab chiqarish jarayoni g‘oyaning paydo bo‘lgan vaq-tidan XYuS ishga tushirilgunga va quvvatlar o‘zlashtirilgunga qadar uch bosqichdan iborat bo‘ladi:
Yuqoridagi bosqichlarning har biri bir necha quyi bosqichlardan iborat bo‘lib, ularda turli-tuman tadqiqot, konsultatsion, texnik va sanoat ishlari amalga oshiriladi, loyiha siklining har bir bosqichi esa o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan.
Loyiha siklining bosqichlari bo‘yicha kapital xarajatlarni taxminiy taqsimlanishi dastlabki (tayyorgarlik ko‘rish) va investitsion bosqich-larni o‘z ichiga oladi. Loyihalarni moliyalashtirishning ikki asosiy man-balari mavjud:
O‘z korporativ kapitalini shakllantirish aksiyalarga (imtiyozli va oddiy) ochiq yozilish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Qarz mablag‘lari esa qisqa, o‘rta va uzoq muddatli bank kreditlari shaklida, shuningdek, turli qarz majburiyatlarini emissiya qilish yo‘li bilan jalb qilinadi. Moliyalashtirishning bunday tiplari o‘rtasidagi prinsipial farq qarzdorning kreditorlar oldidagi birinchi darajali javobgarligidadir.
Agar 1990-yilda mamlakatimizning investitsiya portfelida xorijiy investitsiyalar deyarli mavjud bo‘lmagan bo‘lsa, 2000-yilda investitsiya va kreditlarning ulushi 23,2 foizni, jumladan, hukumat kafolati bilan jalb etilgan xorijiy investitsiya va kreditlar 19,8 foizni, to‘g‘ridan-to‘g‘ri
xorijiy investitsiyalar esa 3,4 foizni tashkil qildi. Xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay biznes muhiti, keng huquqiy kafolat va imtiyozlar tizimi, xorijiy investi siyalar ishtirokidagi korxonalarni rag‘batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui mamlakatimiz iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimini tubdan ko‘paytirish
imkonini berdi. Natijada 2010-yilda xorijiy investitsiyalarning jami kapital qo‘yilmalar tarkibidagi ulushi 29,1 foizni, jumladan, to‘g‘ridan- to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 25,3 foizni va hukumat kafolati ostidagi investitsiyalar 3,8 foizni tashkil etdi. Agar 1990-yilda iqtisodiyotga kiritilgan investitsiyalarning 46 foizdan ortig‘i davlat budjeti, budjetdan tashqari fondlar va boshqa markazlashgan manbalar mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, 2010-yilda markazlashgan moliyalashtirish manbalarining jami kapital qo‘yilmalar hajmidagi ulushi 13 foizga tushdi. Bu jarayonda davlat budjeti va boshqa markazlashgan manbalar hisobidan o‘naltirilgan umumiy investitsiyalar hajmi 3,3 barobardan ziyod ortdi. 1990–2010-yillarda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash borasidagi aniq maqsadga yo‘naltirilgan
siyosat natijasi sifatida ishlab chiqarishga jalb qilingan investitsiyalarning ulushi o‘sib, umumiy kapital qo‘yilmalar hajmidagi 58,3 foizdan 73,5 foizga yetdi. Faol investitsiya siyosati iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgar-tirishning eng samarali vositasi hisoblanadi. O‘zbekistonning investitsiya strategiyasida yangi va yuksak texnologiyalarga asoslangan, ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan va xom ashyo resurslarimizni chuqur qayta ishlashni ta’minlaydigan, mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalariga ustuvor ahamiyat berilmoqda. 1990–2010-yillar davomida investitsiyalar tarkibida yoqilg‘i-energetika sohasini (5,2 foizdan 11,8 foizga), transport va aloqa sohasini
(5,4 foizdan 29,9 foizga) hamda metallurgiya sohasini (0,1 foizdan 5,5 foizga) rivojlantirishga yo‘naltirilgan investitsiyalar ulushi ortdi. Yangi ishlab chiqarish obyektlarini tashkil etish hamda mavjud ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilish uchun mashinasozlik, metallurgiya,
kimyo va yoqilg‘i-kimyo, yengil va oziq-ovqat sanoati sohalariga yirik kapital qo‘yilmalar yo‘naltirildi, bu esa iqtisodiyotga jalb qilingan kapital qo‘yilmalar tarkibida ushbu tarmoqlar ulushining sezilarli darajada oshishiga olib keldi. Yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan yuksak texnologiyalar asosidagi mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan investitsiya
loyihalarini amalga oshirishda jahondagi eng yirik va mashhur AQShning «Jeneral Motors», «Teksako», Germaniyaning «MAN», «Daymler Bens», «Klaas», Buyuk Britaniyaning «BAT», Ispaniyaning «Maksam», Yaponiyaning «Isuzu», «Ito-chu», Malayziyaning «Petronas», Koreyaning «Korean Eyr», «CNOS», «LG», Xitoyning «CNPC», Rossiyaning «Lukoyl»,
«Gazprom» kabi kompaniyalari, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki singari yirik xalqaro moliya tashkilotlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy va bir qator arab davlatlarining investitsiya banklari mamlakatimizning asosiy hamkorlari bo‘lmoqda.
Investitsiya va sanoat sohasidagi faol siyosat natijasi sifatida mustaqillik yillarida yurtimizda yengil va yuk avtomobillari, avtobuslar ishlab chiqaradigan yangi avtomobil zavodlari tashkil etildi. Jahondagi yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan hamkrlikda Buxoro neftni qayta
ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi, Qo‘ng‘irot soda zavodi, o‘nlab to‘qimachilik majmualari barpo etildi. Iqtisodiyotning yetakchi, avvalambor, bazaviy tarmoqlarini
modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash bo‘yicha loyihalarni va shuningdek, samarali tarkibiy o‘zgarishlar hamda investitsiya siyosatini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 2006-yilda tashkil etilgan nizom fondi, 2012-yilda qariyb 13 milliard dollardan iborat bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi muhim o‘rin egallamoqda. Jamg‘armaning eng asosiy vazifalaridan biri – iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari rivoji, birinchi navbatda, ishlab chiqarish infratuzilmasining shakllanishi bilan bog‘liq
ustuvor vazifalarni amalga oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan strategik investitsiya loyihalarini moliyalashtirishdan iborat. Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hal etadigan yana bir muhim vazifa xorijiy investorlar, moliya institutlari va sheriklarni investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish va amalga oshirish maqsadida mamlakatimizga keng jalb etish hisoblanadi. Jamg‘armaning qo‘shma loyihalarda ishtirok etishi Osiyo taraqqiyot banki, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi, Islom taraqqiyot banki, Xitoy eksport-import banki, Xitoy Davlat taraqqiyot banki, Koreya taraqqiyot banki, boshqa xorijiy moliya institutlari, bank va kompaniyalarning mablag‘lari hisobidan 3,2 milliard dollardan ziyod chet el investitsiyasi va kreditlarini jalb etish imkonini berdi. O‘tgan yili faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda zamonaviy, yuksak texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishni tashkil yetishni tezlashtirish borasida faol investitsiya siyosati yuritishga alohida e’tibor qaratildi. 2011-yilda moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan qiymati 10 milliard 800 million dollardan ortiq kapital qo‘yilmalar
o‘zlashtirildi, bu 2010-yilga nisbatan 11,2 foiz ko‘p, demakdir. Investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 23,9 foizni tashkil etgani mamlakatimizda investitsiya jarayonlarining jadal faollashib borayotganidan dalolat beradi. Iqtisodiyotimizning real sektoriga qariyb 2 milliard 900 million dollar hajmida xorijiy investitsiyalar jalb qilindi, ularning 78,8 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir. Kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish manbalari va ulardan foydalanish borasida ijobiy sifat o‘zgarishlari ro‘y bermoqda. Jami investitsiyalarning 73 foizdan ortig‘i mamlakatimizning ichki manbalari hisobidan – korxonalar va aholi mablag‘lari, investitsiya
jarayonlarida tobora faol ishtirok etayotgan tijorat banklari kreditlari, shuningdek, davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan shakllantirilmoqda.
Jami investitsiyalarning 73,5 foizidan ortig‘i ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga yo‘naltirilmoqda. Investitsiyalarning qariyb 45,3 foizi zamonaviy, yuksak samarali asbob-uskunalar xarid qilishga yo‘naltirilgani ayniqsa, muhimdir. Mamlakatimizda faol investitsiya siyosati olib borilishi natijasida hisobot davrida o‘nlab zamonaviy korxonalar ishga tushirildi. Jumladan, «Jeneral Motors Pavertreyn O‘zbekiston» qo‘shma korxonasida yuqori texnologiyalar asosida avtomobil dvigatellari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, avtomobil generatori va kompressorlari ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlar barpo etildi, energiyani tejaydigan lampalar ishlab chiqarish bo‘yicha uchta loyiha amalga oshirildi. Shular qatorida «Zenit elektroniks» qo‘shma korxonasida «Samsung» kir yuvish mashinalari ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Ayni paytda maishiy gaz plitalari, konditsionerlar, elektr changyutgich va bir qancha boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» unitar sho‘’ba korxonasida suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish maqsadida propan-
butan aralashmasi qurilmasining birinchi navbatini, Samarqand viloyatida «MAN» yuk tashish mashinalari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi majmuaning dilerlik markazini bunyod etish ishlari yakuniga yetkazildi. Navoiy issiqlik elektr stansiyasida bug‘-gaz qurilmasini barpo yetish, O‘zbekiston-Xitoy gaz quvurining uchinchi yo‘nalishi kabi yirik loyihalarni amalga oshirishda qurilish-montaj ishlari qizg‘in pallaga kirdi. Navoiy shahridagi erkin industrial-iqtisodiy zona muvaffaqiyatli faoliyat yurita boshladi, uning hududida yangi tashkil etilgan korxona-larda spidometrlar, avtomobillar uchun o‘tkazgichlar, kompressorlar, raqamli televizion tyunerlar, energiyani tejaydigan lampalar, yoritish uskunalari, diodli lampalar, modemlar, polietilen va polipropilen quvurlar, kosmetika vositalari hamda tibbiyot mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga
qo‘yildi. O‘zbekiston milliy avtomobil magistralini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihalar doirasida 302,5 kilometr uzunlikdagi yo‘lga zamonaviy qoplama yotqizilib, rekonstruksiya qilindi. Toshkent va Buxoro shaharlari aeroportlarining mahalliy yo‘nalishlarda xizmat
ko‘rsatadigan yo‘lovchi terminallari foydalanishga topshirildi. Toshkent–Samarqand yo‘nalishida mazkur ikki shahar o‘rtasidagi 344 kilometr masofani atigi 2 soatda bosib o‘tadigan, yuqori tezlikda harakat qiladigan «Talgo–250» yo‘lovchilar elektr poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Bu poyezddan foydalanish maqsadida temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish va takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 600 kilometr uzunlikdagi yo‘llar
qaytadan tiklandi, 68 kilometrdan iborat yangi temir yo‘llar yotqizildi, Toshkent va Samarqand shaharlari temiryo‘l vokzallari rekonstruksiya qilindi va qaytadan jihozlandi. O‘tgan yil mobaynida telekommunikatsiya tizimini rivojlantirishga qaratilgan bir qator loyihalarni amalga oshirish
ishlari davom ettirildi. Xususan, Jizzax–Bulung‘ur yo‘nalishi bo‘ylab 73 kilometr uzunlikdagi optik tolali aloqa tarmog‘i o‘tkazildi, mobil aloqa va Internet tarmog‘i ko‘lami tobora faol kengayib bormoqda. Yurtimizda aholiga raqamli televideniye xizmati ko‘rsatish hajmi 38 foizga etgani ham shu boradagi ulkan ishlarimizning amaliy natijasidir. 2011-yilda logistika markazlari faoliyati jadallashdi. Xususan, Navoiy xalqaro intermodal logistika markazi orqali 50 ming tonna yuk
tashildi. «Angren logistika markazi» yopiq aksiyadorlik jamiyati
tomonidan Qamchiq dovoni orqali 4 million 200 ming tonna, ya’ni 2010-yilga nisbatan 1,3 barobar ko‘p yuk tashildi. Mamlakatimiz iqtisodiyotini
rivojlantirishga yo‘naltirilayotgan kapital qo‘yilmalar hajmi ancha oshib, o‘tgan yilga nisbatan ularning o‘sish sur’atlari 109,3 foizni, yalpi ichki mahsulot tarkibidagi ulushi esa 24,5 foizni tashkil etishi kutilmoqda. Shuningdek, xorijiy investitsiyalar va jalb qilinadigan kreditlar hajmi
16 foizga ko‘payib, 3 milliard 300 million dollardan oshadi. Mazkur
mablag‘ning 2 milliard 300 million dollardan ortig‘i yoki qariyb 70
foizini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar tashkil etishi ayniqsa, e’tiborlidir. Bu xorijiy investorlarning iqtisodiyotimizning mustahkamligi
va barqarorligiga, eng muhimi, O‘zbekiston taraqqiyotining istiqboliga bo‘lgan qiziqishi va ishonchi tobora ortib borayotganidan yaqqol dalolat beradi.
Jahon iqtisodiyotida vujudga kelayotgan tendensiyalardan, shuing-dek, mamlakatimizni kelajakda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish strategiyasidan kelib chiqqan holda, 2012-yilda va undan keyingi yillarda quyidagi ustuvor vazifalarning malga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi: birinchi darajali e’tibor mamlakatimiz iqtisodiyotining O‘z-o‘zidan ayonki, raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirmasdan, pirovard natijada esa raqobatdosh mamlakatni barpo etmasdan turib, biz qabul qilgan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da ko‘zda tutilgan maqsadli vazifalarni amalga oshirmasdan turib, bu haqda jiddiy so‘z yuritish mumkin emas. Bu vazifaning o‘rtaga qo‘yilishi, shuningdek, inqiroz jarayonlarining chuqurlashuvi, dunyo miqyosida xarid talabining
pasayishi va shunga muvofiq tarzda jahon bozorida xom ashyo, materiallar, ayniqsa, tayyor mahsulotlar bo‘yicha raqobatning yildan-yilga kuchayib borayotgani bilan ham bog‘liq, albatta. Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o‘rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so‘zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda, iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va
diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslan-gan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko‘rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va raqobatdosh mahsulotlarning yangi turlarini o‘zlashtirish bo‘yicha qabul qilingan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, 2012–2016-yillarda hisob-kitoblar bo‘yicha qiymati 6 milliard 200 million dollar bo‘lgan 270 dan ziyod investitsiya loyihasini, shuningdek, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha tarmoq dasturlarini amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Joriy 2012-yilda iqtisodiyotimizni diversifikatsiya qilishni davom ettirishda o‘ta uhim ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish mo‘ljallanmoqda. Jumladan, Surg‘il koni bazasida Ustyurt gaz-kimyo majmui, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar va Qo‘ng‘irot soda zavodlarining ikkinchi navbatini, sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodini qurish ishlari boshlanadi
X U L O S A
INNOVATSIYA VA TADBIRKORLIK FANIDAN Korxonolardagi yangiliklar va innovatsiyalar portfelini shakllanishi mavzusida juda ko`p ma`lumotlarga ega bo`ldim.
Foydalanilgan adabiyotlar
Internet saytlari 1. www.economics.ru 2. www.stat.uz 3. www.lex.uz 4. www.mineconomu.uz 5. www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |